Elektroskop nima

Eng sodda elektroskop

Elektroskop (yunoncha «elektron» va «skopeo» — kuzatmoq, aniqlamoq) — zaryad mavjudligini ko‘rsatuvchi asbob, ya’ni elektr zaryadi.

Tarixi

Gilbert elektroskopi

Birinchi elektroskop Angliyada fizik Uilyam Gilbert tomonidan taxminan 1600-yilda yaratilgan. 1754-yilda ingliz ixtirochisi Jon Kanton sharchali elektroskopni yaratdi.

Tuzilishi

[tavsif?]

Elektroskopning ishlash prinsipi bir xil ishorali zaryadlangan jismlarga ta’sir qiluvchi elektrostatik kuchlar ularni o‘zaro itarishiga asoslangan. Elektroskopning tuzilishi shu qadar soddaki, uni qo‘l ostidagi materiallardan o‘zingiz ham yasashingiz mumkin.

Eng sodda elektroskopning bir varianti metall sterjen — elektrod va unga osib qo‘yilgan ikkita folga yaproqchasi yoki qog‘oz yaproqchasidan tashkil topgan. Zaryadlangan buyum bilan elektrodga tegilganda, zaryadlar elektrod orqali folga (qog‘oz) yaproqchalariga oqib o‘tadi. Yaproqchalar bir xil ishorali zaryadga ega bo‘ladi va shu sababli bir-biridan itariladi. Folga yaproqchalari havo harakati tufayli tebranmasligi uchun ular odatda shisha idishga joylashtiriladi. Folgadagi zaryadning tez sizib chiqishining oldini olish uchun idish ichidagi havoni so‘rib olish mumkin.

Agar zaryadlangan elektroskopga qarama-qarshi ishorali zaryadga ega jism yaqinlashtirilsa, uning yaproqchalari orasidagi burchak kichraya boshlaydi. Demak, elektroskop elektrlangan jism zaryadining ishorasini aniqlash imkonini beradi.

Elektroskop fizik asbob sifatida elektrni o‘rganishning dastlabki bosqichlarida muhim rol o‘ynagan. Elektroskop prinsipi zaryadni o‘lchashda ham qo‘llanadi, shu jumladan, ayrim turdagi shaxsiy dozimetrlarida.

Adabiyotlar

Havolalar