Elektroluminessensiya nima

XX asr o‘rtalariga oid elektrolyuminessent tungi chiroq

Elektrolyuminessensiya — lyuminessensiya; uni qo‘zg‘atuvchi omil — elektr maydoni.

Bu hodisa yarimo‘tkazgichlar va kristallofosforlar kabi moddalarda kuzatiladi; ularning atomlari (yoki molekulalari) o‘tkazilgan elektr toki yoki qo‘llangan elektr maydoni ta’sirida qo‘zg‘algan holatga o‘tadi.

Mexanizmi

Elektrolyuminessensiya — yarimo‘tkazgichdagi elektronlar va kovaklarning nurlanishli rekombinatsiyasi natijasidir. Qo‘zg‘algan elektronlar o‘z energiyasini fotonlar ko‘rinishida chiqaradi. Rekombinatsiyagacha elektronlar va kovaklar bir-biridan ikki usuldan biri bilan ajratiladi: p-n o‘tish hosil qilish uchun materialni faollashtirish orqali (yarimo‘tkazgichli elektrolyuminessent yoritgichlarda, masalan, yorug‘lik diodida) yoki elektrolyuminessent panellarning kristallofosforlarida yuqori energiyali elektronlar bilan qo‘zg‘atish orqali (bu elektronlar kuchli elektr maydoni ta’sirida tezlashtiriladi).

Elektrolyuminessent materiallar

Elektrolyuminessent panellar odatda organik yoki noorganik materiallardan tayyorlangan yupqa plyonkalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Kristallofosforlardan foydalanilganda, nurlanish rangi kiritilgan qo‘shimcha — aktivator bilan belgilanadi. Tuzilishi jihatidan elektrolyuminessent panel yassi kondensator hisoblanadi. Elektrolyuminessent panellar yetarlicha yuqori kuchlanish (60 — 600 volt) berilishini talab qiladi; shu sababli, odatda, elektrolyuminessent yoritgichli qurilmaga o‘rnatiladigan asosiy qism — kuchlanish o‘zgartirgichi.

Yupqa plyonkali elektrolyuminessent materiallarga misollar:

  • Mis yoki kumush bilan faollashtirilgan kukunsimon rux sulfidi (ko‘k-yashil rangda nurlanish);
  • Marganes bilan faollashtirilgan rux sulfidi (sariq-to‘q sariq rangda nurlanish);
  • III—V guruh yarimo‘tkazgichlari InP, GaAs, GaN (yorug‘lik diodlari).

Qo‘llanilishi

Elektrolyuminessent yoritgichlar (panellar, displeylar, simlar va boshqalar) turli elektronika qurilmalarida (jumladan, harbiy maqsadlarda) hamda yoritish texnikasida keng qo‘llanadi. Xususan, suyuq kristalli displeylarni, asboblar shkalalarini (masalan, sovet radiometr-indikatori DP-63-A ning keyingi rusumlarida) va tugmalarni yoritish, binolar va landshaftni dekorativ bezash va hokazo.

Harbiy va sanoat maqsadlarida qo‘llash uchun elektrolyuminessent grafik va belgilarni sintezlovchi displeylar. Bu displeylar tasvirning yuqori sifati va harorat rejimlariga nisbatan ancha past sezgirligi bilan ajralib turadi.

Adabiyotlar

Havolalar