Chichen-Itsa haqida

Mayyalar shahri
Chichen-Itsa
20°40′59″ sh. k. 88°34′07″ g‘. u.HGYaO
Mamlakat
Asos solingan taxminan 455
Boshqa nomlari Uk Abnal
Vayron qilingan 1178
Vayron qilinish sabablari shaharni vayron qilgan qo‘shin sardori — Hunak Keel
Hozirgi joylashuvi
Butunjahon merosi ro‘yxatidagi madaniy obyekt — YUNESKO
№ 483 ro‘yxatga kiritilgan yil: 1988 yil (12-sessiya)
Nomi Ispanlargacha bo‘lgan davrdagi Chichen-Itsa shahri
Mintaqa Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari
Mezonlar (i), (ii), (iii)
Чичен-Ица на карте
Чичен-Ица
Chichen-Itsa
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Chichen-Itsa (isp. Chichén Itzá, atstek. Chichen Itzā, yuk. Chi’ch'èen Ìitsha) — mayya xalqining siyosiy va madaniy markazi bo‘lib, shimoliy Yukatan yarimorolida , Meksikadajoylashgan, itsa xalqining muqaddas shahri. Undan 120 km g‘arbda joylashgan shahar — Merida.

2007-yilda New Open World korporatsiyasi tomonidan mutaxassis bo‘lmagan oddiy odamlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra, shahar dunyoning yangi yetti mo‘jizasidan biri deb tan olingan.

Nomlanishi

Mayya tillarida Chichen-Itsa «itsa qudug‘ining og‘zida» yoki «suv sehrgarlari qudug‘ining og‘zi» degan ma’nolarni bildiradi. Chi «og‘iz» yoki «chet», chen esa «quduq/buloq» ma’nosini bildirishi mumkin. Itsa — bir vaqtlar shahar atrofidagi hududda siyosiy va iqtisodiy ustunlikka erishgan etnik guruh. « Itsa» nomi, ehtimol, «suv sehrgari» degan ma’noni bildiradi. Aniqrog‘i, u tarkibiy qismlarga ajratilganda, its — «sehrgar», xa esa «suv» degan ma’noni anglatadi.

« Chilam-Balam » kodeksida shaharning, ehtimol, itsalar hukmronligi boshlanishidan oldin ishlatilgan boshqa nomi keltirilgan. Biroq imlo qoidalari hali to‘liq o‘qib chiqilmagani sababli, bu nomning faqat taxminiy shakllari ma’lum. Ular: Yuuk Yabnal (Uuc Yabnal — «Yetti buyuk uy»), Yuuk Hab Nal (Uuc Hab Nal — «Yetti butazorli hudud»), Yuukuabnal (Uucuabnal — «Yetti buyuk hukmdor») va Uk Abnal (Uc Abnal — «Abnalning yetti yo‘li»). Bu nom mayyalarning kechki klassik davriga oid xattotlik matnlarida uchraydi.

Tarixi

Rasadxona

Shaharga, ehtimol, taxminan 455-yilda asos solingan. Uni shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin. Birinchi qismga milodiy VI—VII asrlarga oid, mayya madaniyati davrida qurilgan inshootlar kiradi. Ikkinchi guruhdagi binolar esa tolteklar ning milodiy X—XI asrlariga tegishli.

Milodiy X asrda shahar tolteklar tomonidan bosib olingan. Milodiy XI asr o‘rtalarida Chichen-Itsa tolteklar davlatining poytaxtiga aylangan. Milodiy 1178[2197 kundan beri manba ko‘rsatilmagan] -yilda shahar uchta shahar-davlat — Mayyapan, Ushmal va Itsmalqo‘shinlarining birlashgan hujumi natijasida tor-mor etilgan. Qo‘shinga Hunak Keelboshchilik qilgan. Ispanlar istilosi davriga (ya’ni XVI asro‘rtalariga) kelib, Chichen-Itsa xarobaga aylangan.

Nihoyat, 1194-yildan keyin shahar butunlay huvillab qolgan. Bunga aynan nima sabab bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Meksika hududiga bostirib kirgan ispan istilochilarining siyosati mayyalarning qo‘lyozmalarini yoqish va ruhoniylarini o‘ldirishni ham o‘z ichiga olgan. Biroq arxeologlar XIII asrda Chichen-Itsaga hujum qilinib, shahar talon-toroj etilganini aniqlashgan. Shu davrda shaharning qo‘shni hududlarga iqtisodiy ta’siri ham susaya boshlagan. Ehtimol, aynan shu holat shahar zodagonlarining ko‘chib ketishi va Chichen-Itsaning bo‘shab qolishiga olib kelgan. Meksikaga ispanlarbostirib kirganida, ular shaharni huvillagan holda topishgan. Ammo ispan manbalariga ko‘ra, shahar ichida yoki uning atrofida mayyalarning kichik, zich joylashgan manzilgohlari mavjud bo‘lgan. Ispan manbalarida aytilishicha, shahar xarobalari mahalliy hindular uchun ziyoratgohga aylangan.

Siyosiy boshqaruv va iqtisodiyot

1980-yillarda arxeologlar Chichen-Itsa, kechki klassik davrdagi ko‘pchilik mayya shaharlaridan farqli ravishda, yagona hukmdor yoki sulola tomonidan boshqarilmagan degan xulosaga kelishgan. Ularning fikricha, hokimiyatni elita tabaqasi vakillaridan tuzilgan kengash amalga oshirgan. Bu nazariya 1990-yillarda ham ommabop bo‘lib qolgan. Biroq keyinchalik, boshqa mayya shaharlaridagi kabi an’anaviy yakka hokimlik mavjud bo‘lganini ko‘rsatuvchi dalillar tobora ko‘paygani sababli, mazkur nazariya shubha ostiga olingan.

Chichen-Itsa eng gullab-yashnagan davrida qudratli iqtisodiy markaz bo‘lib, uning ta’siri mayyalarning shimoliy yerlariga ham yoyilgan. Xususan, shahar aholisi olish qiyin bo‘lgan resurslarni, jumladan, Meksikaning markaziy qismidan obsidian va Markaziy Amerikaning g‘arbiy-markaziy hududlaridan oltin olib kelish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Milodiy 900 va 1050-yillar oralig‘ida Chichen-Itsa shimoliy va markaziy Yukatan iqtisodiyotini nazorat qiluvchi qudratli savdo markaziga aylangan.

Me’moriy yodgorliklar

Jangchilar ibodatxonasi
Shahar markaziy qismining sxemasi

Chichen-Itsa hududida ko‘p marta arxeologik qazishmalar olib borilgan. Natijada mayya-tolteklarning me’moriy yodgorliklari topilgan:

  • «Kukulkan ibodatxonasi» — har bir tomonida keng zinapoyalari bo‘lgan 9 pog‘onali, balandligi 24 metrli piramida;
  • 4 pog‘onali piramidadagi «Jangchilar ibodatxonasi»;
  • «Yaguarlar ibodatxonasi» (ikkala ibodatxonaning devorlarida rasmlar bor);
  • «Karakol» — rasadxona;
  • 7 ta «stadion» to‘p o‘yiniuchun mo‘ljallangan. Ulardan «Uego de Pelota» (so‘zma-so‘z «To‘p o‘ynash uchun katta maydon») mayyalar bunyod etgan barcha o‘yin maydonlari ichida eng kattasidir. Maydonning uzunligi 135 m;
  • «Ming ustun guruhi» — 4 ta ustunli yo‘lak qoldiqlaridan hosil bo‘lgan to‘rtburchak;
  • Muqaddas senot — taxminan 50 m chuqurlikdagi tabiiy quduq bo‘lib, undan qurbonliklar uchun foydalanilgan.
  • «turar joy majmuasi»

Shuningdek, ilohlar haykallari, plastik shakllarning o‘ziga xos uslublashtirilishi, o‘simliksimon va geometrik naqshlarga boy bo‘rtma tasvirlar, kichik haykaltaroshlik hamda badiiy hunarmandchilik asarlari saqlanib qolgan.

Hozirgi holati

Chichen-Itsa YUNESKO tomonidan Jahon madaniy merosi obyekti sifatida e’tirof etilgan va Meksikada sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan arxeologik yodgorliklar orasida ikkinchi o‘rinda turadi.

Galereya

Sharhlar

  1. ↑ Uuc Yabnal становится Ук Абнал, что означает Семь Абналов или Семь путей Абнала, где слово Абнал может означать имя семьи, согласно утверждению Ральфа Ройса (Roys 1967, p.133 n7).

Manbalar

Adabiyotlar

  • Gallenkamp Ch. Mayyalar: yo‘qolgan sivilizatsiya siri / Charlz Gallenkamp; ingliz tilidan V. I. Gulyayev tarjimasi. — M.: Nauka, 1966. — 216 b. — 40 000 nusxa

Havolalar