| Triumfal arka | |
|---|---|
| fr. Arc de triomphe de l'Étoile | |
| | |
| 48°52′26″ sh. k. 2°17′42″ shq. u.HGЯO | |
| Turi | triumfal arka |
| Mamlakat | |
| Joylashuvi |
Parijning VIII okrugi Parijning XVI okrugi Parijning XVII okrugi |
| Me'moriy uslubi | neoklassitsizm |
| Me'mor |
Jan-Fransua Shalgren (1806–1811) Lui-Rober Gyust[fr.] (1811–1814, 1823–1830) Jan-Nikola Yuyyo[fr.] (1823–1825, 1826–1832) Giyom Abel Blüe[fr.] (1832–1836) |
| Asos solingan sana | 1836 |
| Balandligi | 49,54 m |
| Materiali | ohaktosh |
| Holati | saqlanib qolgan |
| Rasmiy sayti | paris-arc-de-triomphe.fr (fr.) |
Triumfal arka (fr. Arc de triomphe de l'Étoile) — 8-okrugda, Parij shahrining Sharl de Goll maydonida joylashgan yodgorlik. Uning qurilishi 1806—1836 yillar oralig'ida davom etgan.
Arkaning «qadimgi Rim uslubi»dagi loyihasi muallifi — me'mor Jan-Fransua Shalgren, buyurtmachi esa Napoleon Bonapart. Uning «Buyuk armiyasi» g'alabalarini sharaflash uchun bu arka loyihalashtirilgan. Namuna sifatida bir ravoqli Tit triumfal arkasi — Rim forumidagi inshoot tanlangan. Qurilishni me'mor Giyom Abel Blüe[fr.] qirol Lui-Filipp hukmronligi davrida yakunlagan.
Arkaning ichida uning qurilish tarixi va ostidan o'tkazilgan marosimlarga bag'ishlangan muzey joylashgan.
Tarixi

Qirol Lyudovik XIV hukmronligi davridan boshlab, qirollik qarorgohi — Luvr bilan Etoil maydonini «qirollik perspektivasi» deb atalgan to'g'ri yo'l bog'lab turgan. Hozir bu yo'l «tarixiy o'q» deb ataladi. Shahar tashqarisidagi Versal saroyiga borish uchun yo'l chapga, to'g'ri g'arbga — hozirgi Fosh xiyoboniga[fr.] yoki undan ham chaproqqa, Viktor Gyugo xiyoboniga[fr.] burilib, Parij chegarasidan tashqariga chiqqan. XIX asrda bu yo'lda ikkita triumfal arka: Karruzel maydonidagi arka — Luvr yaqinida, ikkinchisi esa Etoil maydonida joylashgan edi. 1989-yilda 200 yilligi nishonlangan Fransuz inqilobi munosabati bilan, ishbilarmonlik mavzesi joylashgan Nanterda shu tarixiy o'q bo'ylab yangi yodgorlik ochildi — Defansning Katta arkasi.

Fevral oyida, 1806-yilda, Austerlits jangidan keyin , Napoleon Fransiyada inqilob va Birinchi imperiya davrida qo'lga kiritilgan harbiy g'alabalarni sharaflash uchun Parijda triumfal arka qurishni buyurdi. Poydevor qurilishiga ikki yil ketdi. 1810-yilda Napoleonning ikkinchi rafiqasi, yangi imperatritsa Mariya-Luiza poytaxtga Yelisey maydonlari orqali tantanali ravishda kirib kelishi kerak edi. Shu munosabat bilan tosh poydevor ustiga bo'lajak arkaning taxta va dag'al matodan yasalgan vaqtinchalik maketi shoshilinch o'rnatildi. 1811-yilda me'mor Shalgren vafot etganida arka loyiha bo'yicha belgilangan balandlikka yetishiga 5 metr qolgan edi. Qurilish to'xtatildi: 1810-yillarning boshida Fransiya siyosiy va iqtisodiy inqirozga yuz tutdi. Bundan tashqari, 1812-yildan boshlab, Rossiyaga bostirib kirish ortidan Napoleon ketma-ket harbiy mag'lubiyatlarga uchradi. Arka qurilishini me'mor Giyom Abel Blüe[fr.] 1836-yilda qirol Lui-Filipp hukmronligi davrida, 20 yildan ko'proq vaqt avval sodir bo'lgan Napoleonning taxtdan voz kechishi ortidan yakunladi.
15-dekabr 1840-yilda Napoleonning xoki ortilgan motam karvoni Muqaddas Yelena orolidan yetib kelib, Triumfal arka ostidan o'tdi. Keyinchalik vafotlaridan so'ng Triumfal arka ostida to'xtash bilan o'tkaziladigan tantanali dafn marosimiga yozuvchi Viktor Gyugo, siyosatchilar Adolf Tyer, Leon Gambetta, Lazar Karno, Patris de Mak-Magon, marshallar Ferdinand Fosh, Jozef Joffr, Filipp Leklerk va Jan de Latr de Tasini.
25-avgust, 1944-yilda fransuz ko'ngillilarining kolonnasi Normandiya operatsiyasi yakunlangani va Yevropada Ikkinchi front ochilganini nishonlash uchun Triumfal arka ostidan o'tdi.
2025-yil sentabr oyida Rossiya fuqarosi arka devorlariga Rossiyani qo'llab-quvvatlovchi plakatlar yopishtirdi. Kuzatuv kameralari yozuvlari yordamida uning shaxsi aniqlandi va noyabr oxirida u politsiya tomonidan qo'lga olindi.
- Bo'lajak arkaning taxta va dag'al matodan ishlangan maketi, 2-aprel, 1810-yil
- Qayta dafn etish marosimi: Napoleonning xoki, 15-dekabr, 1840-yil
- 1868-yilda Yulduz maydonining ko'rinishi
- Parijning ozod qilinishi, 26-avgust, 1944-yil
Tavsifi
Triumfal arka, ampir uslubida qurilgan bo'lib, uning o'lchamlari nihoyatda katta: balandligi — 49,51 m, eni — 44,82 m, ravoq balandligi — 29,19 m.
Ravoq teshigi ustidagi burchaklarda shon-sharaf allegoriyalari — barelyeflar joylashgan. Ular haykaltarosh Jan-Jak Pradye tomonidan yaratilgan bo'lib, karnaylar chalib turgan qanotli qizlarni tasvirlaydi. Arka to'rtta bo'rtma relyefli haykaltaroshlik guruhi bilan bezatilgan:
- Tomoni — Yelisey maydonlari:
- chapda — «1810-yil triumfi», Shyonbrunn tinchlik shartnomasi imzolanishiga bag'ishlangan, haykaltarosh Jan-Pyer Korto;
- o'ngda — «1792-yilda ko'ngillilarning Prussiya qo'shinlariga qarshi yurishi»; bu qo'shinlar Lotaringiyani bosib olgan edi («Marselyeza»), haykaltarosh Fransua Ryud;
- Tomoni — Grand-Arme xiyoboni[fr.]:
- chapda — «1815-yil tinchligi», haykaltarosh Antuan Eteks;
- o'ngda — «1814-yil qarshiligi», haykaltarosh Antuan Eteks.
- «1810-yil triumfi»
- «1792-yil ko'ngillilarining yurishi» («Marselyeza»)
- «1815-yil tinchligi»
- «1814-yil qarshiligi»
Haykaltaroshlik guruhlaridan yuqorida, arkaning to'rt yon fasadida oltita barelyef joylashgan. Ularda Buyuk Fransuz inqilobi va Birinchi imperiya tarixidagi voqealar tasvirlangan:
- Tomoni — Yelisey maydonlari:
- chapda — «Bonapartga asirga olingan turk sarkardasi Said Mustafo poshoning Abukir jangidan keyin, 25-iyul, 1799-yilda taqdim etilishi», haykaltarosh Bernar Syorr;
- o'ngda — «general Marsoning 21-sentabr, 1796-yildagi dafn marosimi», haykaltarosh Anri Lemer;
- Tomoni — Grand-Arme xiyoboni[fr.]:
- chapda — «Kanob uchun jang, Misr, 3-iyul, 1798-yil», haykaltarosh Jan-Etyen Shaponyer;
- o'ngda — «Arkole jangi, 15-noyabr, 1796-yil», haykaltarosh Jan-Jak Fesher;
- yon tomonlarda:
- «Jemapp jangi, 6-noyabr, 1792-yil», haykaltarosh Karlo Maroketti;
- «Austerlits jangi, 2-dekabr, 1805-yil», haykaltarosh Teodor Geshter.
- «Jemapp jangi,
6-noyabr, 1792-yil» - «Austerlits jangi,
2-dekabr, 1805-yil»
- «Abukir jangi,
25-iyul, 1799-yil» - «General Marsoning dafn marosimi,
21-sentabr, 1796-yil» - «Kanob uchun jang,
3-iyul, 1798-yil» - «Arkole jangi,
15-noyabr, 1796-yil»
Arka devorlariga 158 ta jangning nomi, bu janglarda respublika va imperiya armiyalari g'alaba qozongan; shuningdek, 660 nafar fransuz harbiy qo'mondonining ismi o'yib yozilgan.
- Triumfal arkaga o'yib yozilgan janglar
Napoleonning «Yuz kunlik hukmronligi» sharafiga arka atrofiga 100 ta granit ustuncha o'rnatilgan. Ular bir-biri bilan cho'yan zanjirlar orqali bog'langan.
- Triumfal arkadan Parij manzarasi
Noma'lum askar qabri
28-yanvar 1921-yilda arka ravog'i ostida joylashgan Noma'lum askar qabriga jasadi dafn etilgan askar Birinchi jahon urushida halok bo'lgan.
- Shom paytida Triumfal arka
- Mangu olov noma'lum askar qabri ustida
- Arkaning ichki devorlari
Adabiyotlar
- Parij. ABBYY Michelin yo'lko'rsatkich kitobi. — Moskva: ABI Press, 2009. — 496 bet. — ISBN 978-5-391-00024-2