Avitaminoz nima

Avitaminoz
KXT-10 E50-E56
KXT-9 264-269
KXT-9-KM 269.1 va 269.2
MeSH D001361
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Avitaminoz (lot. avitaminosis) — kasallik, u uzoq vaqt davomida to‘laqonli bo‘lmagan ovqatlanish oqibatida yuzaga keladi. Bunda ratsionda butunlay yetishmaydigan ayrim moddalar — vitaminlar.

Agar vitamin ovqatlanish ratsionida butunlay yo‘qolmay, faqat qisman yetishmasa, bu holat — gipovitaminoz — vitamin yetishmovchiligi.[manba 1737 kundan beri ko‘rsatilmagan]

Avitaminozning kelib chiqish sabablari

  • Noto‘g‘ri, yetarli bo‘lmagan yoki sifatsiz ovqatlanish natijasida vitaminlarning oziq-ovqat orqali organizmga yetarli miqdorda kirmasligi.
  • Ovqat hazm qilish jarayonlarining buzilishi (disbakterioz) yoki oshqozon-ichak trakti faoliyatining izdan chiqishi — ya’ni ovqat hazm qilishda bevosita qatnashadigan a’zolar ishining buzilishi.
  • Organizmga antivitaminlarning kirishi. Bunga qon ivuvchanligi oshganda uni davolashda qo‘llaniladigan sinkumar va dikumarol kabi dori vositalari misol bo‘ladi.