Har qanday aralashma tarkibiy qismlardan iborat boʻlib, ularni bir-biridan ajratishning turli usullari mavjud.
Haydash (distillash) usuli suyuq aralashmalarni va eritmalarni ajratishda qoʻllaniladi. Aralashmani tashkil etgan moddalarning qaynash temperaturalariga asoslanib har bir komponent ajratib olinadi.
Masalan: neftni shu usul bilan bir necha moddalarga ajratish mumkin. Bunda har bir ajratib olinadigan modda past qaynash temperaturasidan yuqori qaynash temperaturasiga qarab boradi. Bu fraksion haydash usuli deyiladi.
Agar ajralayotgan komponent qisman ikkinchi modda bilan aralashib qolsa, moddalarni toza holda ajratish uchun qayta haydash usulidan foydalaniladi. Masalan: suv bilan spirt aralashmasini 78°C da spirt va suvga ajratish mumkin. Lekin “spirt-suv” tarkibli oz miqdordagi aralash- ma ham spirtga o'tib ketgani uchun spirt suv bilan "iflos"lanadi. Shu aralashmani toza holda ajratish uchun u yana qayta haydaladi.
Ba'zi mexanik aralashmalar magnit xossalariga koʻra suvda yoki boshqa moddalarda eruvchanligiga, aktiv sirtga yutilishi (adsorbsiyalanishi)ga qarab ajratiladi. Moddalarning boshqa modda sirtiga yutilish xossasidan foydalanib havoni zaharli gazlardan tozalash mumkin (protivogazning ishlashi). Bunda havodagi boshqa gazlar bilan aralashgan zaharli gazlar molekulalari gʻovak sirtga yutiladi va havo tozalanadi. Shu usuldan foydalanib, moddalarni bir-biridan ajratish va konsentrlash usullari “xromatografiya” va “ekstraksiya” usullari ishlab chiqilgan.

Ajratib olingan yoki yangi sintez qilingan moddalarni alohida (individual, ya'ni toza) modda ekanligini aniqlash kerak. Moddalarning individual ekanligini aniqlash va tasdiqlash "identifikatsiya”lash deyiladi. Moddalarni identifikatsiyalash turli usullar yordamida quyidagicha amalga oshiriladi.
Moddalarning rangi va agregat holati oʻrganiladi. Agar modda qattiq bo'lsa, uning suyuqlanish temperaturasi (tsuyuq.) aniqlanadi (bu kattalik har bir modda uchun asosiy foydalanish tavsifi hisoblanadi). Suyuqlanish temperaturasi deb, qattiq holdagi modda qizdirilganda uning suyuq holga oʻtish temperaturasiga aytiladi. Masalan, muz 0°C dan yuqorida suyuq holga oʻtadi, kumush 960°C da suyuqlanadi, saxaroza (shakar) uchun tºsuyuq, 185°C.
Ba'zi moddalar qizdirilganda suyuqlanishga "ulgurmasdan" bug'ga aylanib ketadi. Koʻpchilik organik moddalar parchala- nish (ko'mirlanish) temperaturasiga ega. Ayrim qattiq moddalar qizdirilganda suyuq holga oʻtmasdan bug' holatiga oʻtib ketadi. Masalan: J, (kristall) qizdirilsa 184,5°C da to'g'ridan-to'g'ri bug' holiga oʻtadi, bu hodisaga “sublimatsiya” deyiladi. Suyuq moddalar uchun qaynash temperaturasi (t) aniqlanadi.
Masalan: spirt 78°C da, qay metil spirti 53°C da, atseton 59°C da qaynaydi. 2. Modda tarkibini sifat va miqdoriy analiz (tahlil) qilish. Bunda har bir modda tarkibiga kiruvchi elementlarning turi va ularning foiz miqdorlari aniqlanadi. Shu natijalar asosida moddaning empirik formu- lasi (modda molekulasi tarkibiga qanday element necha atomdan kir- ganligi) aniqlanadi. Masalan, H₂SO4, bir molekula sulfat kislota ikki 4 atom vodorod, bir atom oltingugurt va toʻrt atom kisloroddan iborat. Bunda fizikaviy va kimyoviy usullardan foydalaniladi. Moddalarning tarkibini analiz qilish usullari va ular bilan bogʻliq qonun-qoidalarni oʻrgatuvchi kimyo fani boʻlimiga analitik kimyo deyiladi.
Hozirgi vaqtda moddalarni identifikatsiyalashda turli maxsus asbob (qurilma)lar ishlatiladi. Koʻpchilik rangli va rangsiz moddalar yorug'lik nurining koʻrinish sohasi (400-800 nm nanometr) va ultrabinafsha (180-300 nm) nurlarni yutadi. Moddalarning nur yutish xossasini aniqlab beruvchi maxsus qurilma spektrofotometr deyiladi. Bu qurilma yutilgan nurning to'lqin uzunligi λ (nm, mkm-mikrometr) yoki chastota v (sek-¹) bilan nur intensivligi (%) bogʻlanishi koʻrinishidagi spektrni chizib beradi. Shu spektrdagi yutilish sohalariga koʻra moddaning tuzilishi va tarkibi haqida toʻgʻri xulosa qilinadi.
Moddalar infraqizil nurni yutish xossasiga ega. Infraqizil spektroskopiya (IQS) usuli bilan ham moddalar identifikatsiya- lanadi. IQ-spektrda (400-3700 sm-¹) molekuladagi atomlar oʻrtasida hosil boʻlgan turli bogʻlanishlarga mos keluvchi tebranishlar to'lqin sonlari sohalari aniqlanib, shular asosida moddaning tuzilishi toʻgʻrisida xulosa qilinadi.
