| Tuman (ma’muriy birlik) | |
| Zangiota tumani | |
|---|---|
| o‘zb. Zangiota tumani / Зангиота тумани | |
| To‘q binafsha rang bilan Zangiota tumani ko‘rsatilgan | |
| 41°12′00″ sh. k. 69°07′19″ sh. u.HGЯO | |
| Mamlakat |
|
| Tarkibiga kiradi | Toshkent viloyati |
| Ma’muriy markazi | Eshonguzar |
| Tarix va geografiya | |
| Tashkil etilgan sana | 1933 |
| Maydoni |
|
| Balandligi | 386 m |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Aholisi | |
| Rasmiy til | o‘zbek tili |
Zangiota tumani (tuman; o‘zb. Zangiota tumani / Зангиота тумани) — tuman bo‘lib, Toshkent viloyatida (O‘zbekiston) joylashgan. Ma’muriy markazi — Eshonguzar shaharchasi.
Tarix
Tuman 1933-yilda Kalinin tumani nomi bilan tashkil etilgan. 1938-yilda Toshkent viloyatining Orjonikidze tumani tarkibiga kiritilgan. 20-iyun 1941-yilda tuman markazi Toshkent shahridan Keles qishlog‘iga ko‘chirilgan.
26-noyabr 1975-yilda Orjonikidze tumani hududida Toshkent tumani tashkil etilgan. 1992-yilda u Zangiota tumani deb qayta nomlangan.
12-avgust 2010-yilda Zangiota tumani Toshkent tumani bilan birlashtirilgan. Yangi tuman Zangiota tumani deb atalgan, biroq uning ma’muriy markazi Keles shahri bo‘lgan. Birlashishdan avval Keles Toshkent tumanining markazi edi.
20-iyul 2017-yilda Prezidentning 20.07.2017-yildagi №ПП-3142-son qarori bilan markazi Keles shahri bo‘lgan Toshkent tumani qayta tashkil etilgan.
Zangiota tumani 2010-yilda tumanlar birlashtirilishidan oldingi hududiy holatiga qaytgan. Eshonguzar shaharchasi yana Zangiota tumanining ma’muriy markaziga aylangan.
Ma’muriy-hududiy bo‘linishi
1-yanvar 2011-yil holatiga ko‘ra, tuman tarkibiga quyidagilar kirgan:
21 ta shaharcha:
18 ta qishloq fuqarolar yig‘ini:
- Bo‘zsuv,
- Guliston,
- Zangiota,
- Qatortol,
- Qizg‘aldoq,
- Ko‘ksaroy,
- Ko‘kterak,
- Masalboy,
- Nazarbek,
- Turkiston,
- O‘zgarish,
- Xonobod,
- Hasanbay,
- Choshtepa,
- Chig‘atoy-Oqtepa,
- Chuvalachi,
- Erkin,
- Yunusobod.