Yosh

Jorjone. Inson hayotining uch yosh davri. 1500—1510. Pitti saroyi. Florensiya

Yosh — tug‘ilish paytidan boshlab tirik organizm yashagan davrning hozirgi yoki boshqa bir muayyan vaqtgacha bo‘lgan davomiyligi.

Odatda «yosh» deganda kalendar yosh (pasport yoshi, xronologik yosh), ya’ni organizmning rivojlanish omillari hisobga olinmaydigan yosh tushuniladi. Organizm rivojlanishining individual xususiyatlari o‘rtacha ko‘rsatkichlardan farq qilishi quyidagi tushunchalarning kiritilishiga asos bo‘ldi: «biologik yosh» yoki «rivojlanish yoshi».

Yoshga oid farqlarning tasviri

Inson yoshi

Huquqda yosh tushunchasi

Yosh davrlariga ajratish

«Inson umrining bosqichlari», XIX asrning 1-yarmi

Yoshni davrlarga ajratishning turli tizimlari mavjud. Ularning barchasi organizmning muayyan yoshga xos anatomik va fiziologik xususiyatlariga asoslanadi, bolalik davrida esa atrofdagi ijtimoiy muhitga moslashganlik darajasi ham hisobga olinadi. Yosh davrlariga ajratishning qabul qilingan usullaridan biri quyidagicha:

  • Yangi tug‘ilganlik davri (neonatal davr) — dastlabki 4 hafta
  • Emizikli bolalik davri — 4 haftadan 1 yoshgacha
  • Ilk bolalik (yasli yoshi) — 1-3 yosh
  • Maktabgacha yosh — 3 yoshdan 6-7 yoshgacha
  • Kichik maktab yoshi — 6-7 — 10-12 yosh
  • O‘smirlik davri — 10-12 — 17-18 yosh
  • O‘spirinlik davri
    • yigitlar: 17-21 yosh
    • qizlar: 16-20 yosh
  • Yetuklik yoshi (1-davr)
    • erkaklar 21-35 yosh
    • ayollar 20-35 yosh
  • Yetuklik yoshi (2-davr)
    • erkaklar 35-60 yosh
    • ayollar 35-55 yosh
  • Keksalik yoshi
    • erkaklar 60-75 yosh
    • ayollar 55-75 yosh
  • Qarilik yoshi — 75-90 yosh
  • Uzoq umr ko‘ruvchilar — 90 yosh va undan katta.

Biologik yosh

Insonning fiziologik va intellektual xususiyatlari, salomatligi va mehnatga layoqatlilik holati, stress, jarohatlar va kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati, birinchi navbatda, uning kalendar (xronologik) yoshiga emas, balki organizmining morfologik va fiziologik rivojlanish darajasiga, ya’ni biologik yoshiga (rivojlanish yoshiga) bog‘liq. Biologik yosh organizmning moddalar almashinuvi, tuzilishi, funksional va boshqaruv xususiyatlari hamda moslashish imkoniyatlari majmui asosida aniqlanadi. Biologik yosh irsiyatdan tashqari, ko‘p jihatdan atrof-muhit sharoitlari va turmush tarziga ham bog‘liq. Xronologik yoshi bir xil bo‘lgan tengdoshlar orasida odatda yoshga bog‘liq o‘zgarishlarning tezligi jihatidan sezilarli farqlar kuzatiladi. Biologik yoshni aniqlash uchun maxsus biologik ko‘rsatkichlar qo‘llanadi — qarish biomarkerlari.

So‘nggi vaqtlarda organizmlarning qarish tezligini sekinlashtiruvchi preparatlar paydo bo‘la boshladi — geroprotektorlar[manba ko‘rsatilmaganiga 1226 kun bo‘lgan].

O‘simliklarning yoshi

O‘simlik yoshi, yoki o‘simlikning mutlaq yoshi, yoki o‘simlikning kalendar yoshi — urug‘ yoki spora unib chiqa boshlagan paytdan shu o‘simlik rivojlanishining muayyan vaqtigacha o‘tgan vaqt oralig‘i.

Aksariyat yog‘ochli o‘simliklar uchun, agar ular yilning qulay va noqulay fasllari almashinib turadigan sharoitda o‘ssa, yoshni yillik o‘sish (yillik halqalar) bo‘yicha ancha aniq belgilash mumkin.

Adabiyotlar

Katta Rossiya ensiklopediyasidan:

  • Golovaxa E. I., Kronik A. A. Shaxsning psixologik vaqti. K., 1984.
  • Tolstix A. V. Hayotning yosh davrlari. M., 1998.
  • Kon I. S. Bola va jamiyat. M., 2003.

Havolalar