Yashil o‘simliklar haqida

Yashil o‘simliklar
разнообразие зелёных растений.
yashil o‘simliklarning xilma-xilligi.
Ilmiy tasnif
Kenja olam:
Yashil o‘simliklar
Xalqaro ilmiy nomi
Viridiplantae Cavalier-Smith, 1981
Sinonimlari
  • Chlorobionta Jeffrey, 1982
  • Chloroplastida Adl va boshq., 2005
Quyi taksonlar

Yashil o‘simliklar (lot. Viridiplantae) — kenja olam bo‘lib, eukariotlar tarkibidagi o‘simliklar olamiga mansub (ayrim tasniflash tizimlarida esa olam darajasida ajratiladi).

Ushbu taksonga 350 mingdan ortiq tur mansub.

Tasniflanishi

Yashil o‘simliklar tarkibida ikkita takson ajratiladi. Sistematiklar ularga kenja bo‘limdan infraolamgacha bo‘lgan darajalarni beradi: Chlorophyta (Yashil suvo‘tlar) va Streptophyta (Yuksak o‘simliklar). Turli tasniflash tizimlarida xarofitlar ushbu ikki taksondan biriga kiritilishi mumkin. Rujyero va boshqalarning 2015-yildagi so‘nggi makrotasniflash tizimida esa ular mansub bo‘lgan takson — Streptophyta.

Tavsif

Piter Reyven hammualliflari bilan birga o‘simliklar olamiga faqat yuksak o‘simliklarni (briyofitlar va tomirli o‘simliklar) kiritadi. Biroq ko‘pchilik botaniklar bu qarashga qo‘shilmaydi, chunki ultrastrukturaviy va biokimyoviy belgilariga ko‘ra yuksak o‘simliklar yashil suvo‘tlarga juda yaqin. Shu sababli ultrastrukturaviy morfologiya bo‘yicha taniqli mutaxassis va evolyutsionist Tomas Kavalir-Smit yuksak o‘simliklar va yashil suvo‘tlarni bitta olamga birlashtiradi. Bu olam — Viridiplantae.

Adabiyotlar