Tiroksin (T4) nima

Tiroksin
Изображение химической структуры
Umumiy ma’lumot
An’anaviy nomlari

L-(-) - tiroksin (S) - tiroksin Tetraiodtironin 3,3', 5,5' - tetraiod-L-tironin

2-amino-3-[4-(4-gidroksi-3,5-diyodfenoksi)-3,5-diyodfenil]propion kislota
Kimyoviy formula
  • C15H11I4NO4 (Levotiroksin)
  • C15H10I4NNaO4 (Levotiroksin-natriy tuzi)
Fizik xossalari
Molyar massa 776,87 g/mol
Issiqlik xossalari
Harorat
 • erish 231–233 °C
Tasnifi
CAS ro‘yxatga olish raqami
  • 300-30-1(DL-tiroksin)
  • 51-48-9 (L-tiroksin)
  • 55-03-8 (Levotiroksin-natriy tuzi)
PubChem
SMILES
InChI
ChEBI 30660 va 305790
ChemSpider
Ma’lumotlar standart sharoitlar uchun keltirilgan (25 °C, 100 kPa), agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Логотип Викисклада Vikimedia Commons’dagi mediafayllar
Tiroksinning strukturaviy formulasi

Tiroksin (tetraiodtironin, 2-amino-3-[4-(4-gidroksi-3,5-diyodfenoksi)-3,5-diyodfenil]propion kislota, T4) — qalqonsimon bez gormonlarining asosiy shakli. U prohormon hisoblanadi; undan triyodtironin hosil bo‘ladi.

Qalqonsimon bez gormonlari sintezi tireoperoksidaza ishtirokida.

Tiroksin biologik jihatdan kam faol; periferik to‘qimalarda metall fermenti — selen ta’siriga bog‘liq monodeyodinaza ta’sirida faolroq shaklga, ya’ni triyodtironinga aylanadi. Tiroksin yodning L-tiroziniga birikishi natijasida hosil bo‘ladi.

Qalqonsimon bez ishlab chiqaradigan gormonlarning umumiy miqdoridan 2/3 dan 4/5 gacha bo‘lgan qismi qonga tiroksin shaklida o‘tadi, faqat 1/3-1/5 qismi esa triyodtironin shaklida o‘tadi.

Tiroksinni qonda tashiydigan oqsillar: transtiretin, tiroksin bilan bog‘lovchi globulin, albumin.

Tarixi

Edvard Kendall 1914/1915-yillarda tiroksinni qalqonsimon bezning quritilgan preparatlaridan birinchi marta ajratib oldi. Charlz Robert Xarrington uni 1926-yilda ilk bor tavsiflab, sintez qildi. O‘sha yili Georg Fridrix Henning tiroksinni qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun «Henning tiroksini» nomi bilan bozorga chiqardi.

Kimyoviy xossalari

Tiroksin molekulasida 4 ta yod atomi (tetraiodtironin) mavjud, shu sababli uning nomi T4. Qonda aylanib yuradigan tiroksinning katta qismi tiroksin bilan bog‘lovchi globulin bilan bog‘lanadi, uning yarim parchalanish davri taxminan 8 kun.

T4: Tiroksin; T3: 3,3',5-triyod-L-tironin; rT3: 3,3',5'-triyod-L-tironin

Tahlil usullari

Zardobdagi tiroksinni aniqlash va davolashni nazorat qilish uchun fermentativ immunologik hamda radioimmunologik usullar qo‘llanadi. Bundan tashqari, YSSX ning mass-spektrometriya bilan uyg‘unligi maxsus tahliliy vazifalarda qo‘llanadi.

Tiroksin ishlab chiqarilishi

Tiroksin qalqonsimon bezning follikulyar hujayralari tomonidan tireotrop gormon (TTG) nazorati ostida ishlab chiqariladi. Tiroksin qalqonsimon bez to‘qimasida to‘planish xususiyatiga ega. Bu gormon boshqa ko‘plab gormonlarga qaraganda uzoqroq ta’sir qiladi, shu sababli uning doimiy darajasini saqlash organizm uchun hayotiy ahamiyatga ega. Tiroksinning qalqonsimon bezdan qonga ajralib chiqish mexanizmi uning qondagi konsentratsiyasi bilan boshqariladi. Tiroksin miqdori ortib ketganda, u o‘z ajralishini susaytiradi va tireoliberin (TRG)ning gipotalamus tomonidan hamda tireotrop gormon (TTG)ning adenogipofiz tomonidan ajralishini bostiradi. Qonda tiroksin darajasi pasayganda, uning TRG va TTG ajralishini susaytiruvchi ta’siri yo‘qoladi. Organizm uzoq vaqt soviganda, bu holat gipotalamusning termoregulyatsiya markaziga ta’sir ko‘rsatib, gipotalamusda tireoliberin ishlab chiqarilishiga olib keladi. Tireoliberin adenogipofizga ta’sir qiladi; adenogipofiz tireotrop gormon (TTG) ishlab chiqaradi. Bu gormon qalqonsimon bezga ta’sir etib, unda tiroksin sintezi va ajralishini kuchaytiradi.

Tiroksinning ozgina qismi qonda erkin shaklda aylanadi. Ko‘p hollarda tiroksin bog‘langan holatda tashiladi.

Vazifalari

Tiroksin organizmning barcha to‘qimalariga ta’sir qiladi; unga xos maxsus nishon hujayralar mavjud emas. Bu gormon membranadan o‘tib, organizmning har bir hujayrasidagi retseptorlar bilan birikishi mumkin.

Tiroksinning asosiy vazifasi moddalar almashinuvi jarayonlarini faollashtirishdan iborat bo‘lib, bu jarayon RNK va tegishli oqsillar sintezini rag‘batlantirish orqali amalga oshadi. Tiroksin moddalar almashinuviga ta’sir qiladi, tana haroratini oshiradi, organizmning o‘sishi va rivojlanishini nazorat qiladi, oqsillar sintezi hamda katexolaminlarga sezgirlikni oshiradi, yurak qisqarishlari tezligini ko‘paytiradi, bachadon shilliq qavatini qalinlashtiradi. U butun organizm hujayralarida, xususan, miya hujayralarida oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi. Tiroksin inson tanasidagi barcha hujayralarning me’yorida rivojlanishi va ixtisoslashuvi uchun muhim, shuningdek, vitaminlar almashinuvini ham rag‘batlantirishi mumkin.

Patologiyalar

Qalqonsimon bezning haddan tashqari yoki yetarli bo‘lmagan faolligi uning kattalashishi bilan kechishi mumkin. Tiroksin ajralishi ortganda gipertireoz rivojlanadi. Gipertireozning eng og‘ir shakli Bazedov kasalligi deb ataladi va yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Gormon yetishmasligi yoki gipotireozerta yoshda kretinizmga olib kelishi mumkin, katta yoshda esa miksedemaga olib kelishi mumkin. Tiroksin ko‘pchilik miopatiya turlarida qondagi kreatinfosfokinaza miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Faqat tireoid miopatiyasi bundan mustasno, chunki tiroksin miofibrillalar bilan bog‘lanadi va uning miqdori ortib ketganda, bu gormon miofibrillalarning qisqarish funksiyasini buzadi. Tireotoksikoz ayrim mushak guruhlarining kuchsizlanishi va atrofiyasiga, shuningdek, elektromiografiyada (EMG) miopatik o‘zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Miopatiyaga shubha qilinganda, bemor organizmidagi ayrim mushak guruhlarining kuchsizlanishi va atrofiyasining genetik sababini istisno qilish uchun bemor albatta genetik shifokor ko‘rigiga yuboriladi. Ko‘p hollarda miopatiya genetik kasallik hisoblanadi.

Istisno qilish usuli orqali tashxis qo‘yish dalillarga asoslangan tibbiyotda keng tarqalgan amaliyotdir. Bemor o‘zini yomon his qilishining sababi aniqlanguncha turli tahlillar o‘tkaziladi.

Tibbiyotda qo‘llanilishi

L-tiroksin yoki levotiroksin — tiroksinning sintetik analogidir. U gipotireozda qalqonsimon bez faoliyatini me’yorlashtirish uchun qo‘llanadi. L-tiroksin to‘qimalarning o‘sishi va rivojlanishini rag‘batlantiradi, ularning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi, moddalar almashinuvini faollashtiradi, nerv va yurak-qon tomir tizimlari faoliyatini kuchaytiradi. L-tiroksinning yuqori dozalari gipotalamus (TRG) va adenogipofiz (TTG) gormonlari ishlab chiqarilishini susaytiradi. L-tiroksin ovqat hazm qilish tizimida oson so‘riladi.

Adabiyotlar