Teskari aloqa kibernetikada — boshqariladigan obyektning (BO) joriy holati haqidagi axborot boshqaruv qurilmasiga (BQ) uzatiladigan aloqa kanali mavjudligidir. Avtomatik boshqaruv nazariyasi (ABN) terminologiyasiga ko‘ra, kibernetikadagi teskari aloqa tamoyili «og‘ish bo‘yicha boshqarish» deb ham ataladi.
Teskari aloqa tushunchasi
Avtomatik boshqaruvda teskari aloqa tamoyili (kibernetika aynan avtomatik boshqaruvni nazarda tutadi) ilk bor 1750-yilda Andre Mayklning zyuyd-vest yuritmasida (зюйд-вестовый привод) qo‘llanilgan. Bu tamoyilning boshqa qo‘llanishiga misol — qozonga suv berishni rostlovchi qurilma. U bug‘ mashinasida Polzunov (1765) tomonidan qo‘llangan. Shuningdek, bug‘ mashinasining tezligini rostlovchi qurilmani Jeyms Uott yaratgan (1784).
Kibernetikada teskari aloqa tushunchasini Norbert Viner 1948-yilda «Kibernetika yoki hayvon va mashinada boshqaruv hamda aloqa» asarida kiritgan. Ushbu asarda teskari aloqa mashinaning xatti-harakatini o‘zgartirish uchun tashqi muhitdan keladigan axborotdan foydalanish sifatida talqin etilgan.
Teskari aloqaning qo‘llanilishi
Teskari aloqadan avtomatik boshqaruv nazariyasiga oid masalalarni yechishda foydalaniladi. Uzatish funksiyasi teskari aloqali tizimda quyidagicha aniqlanadi:
Faraz qilaylik, — tizimning uzatish funksiyasi, — boshqaruv qurilmasining to‘g‘ri aloqa zanjiri uzatish funksiyasi, — esa teskari aloqa qurilmasining uzatish funksiyasi bo‘lsin. U holda: