| Tamaki mozaikasi virusi | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| TMV mikrofotografiyasi | ||||||||
| Ilmiy tasnif | ||||||||
|
Guruh: Reyalm (realm): Saltanat: Tip: Sinf: Tartib: Oila: Turkum: Tur: Tamaki mozaikasi virusi |
||||||||
| Xalqaro ilmiy nomi | ||||||||
| Tobacco mosaic virus | ||||||||
| Baltimor tasnifi bo‘yicha guruh | ||||||||
| IV: (+) bir zanjirli RNKli viruslar | ||||||||
| ||||||||
Tamaki mozaikasi virusi (VTM, ingl. Tobacco mosaic virus, TMV) — tayoqchasimon RNKni o‘z ichiga oluvchi virus bo‘lib, Nicotiana turkumidagi o‘simliklarni, shuningdek, ituzumdoshlar oilasining boshqa vakillarini zararlaydi. Kapsid — spiral shaklidagi tuzilma bo‘lib, 130 ta o‘ramdan iborat; spiral qadami 23 Å. Spiral 2130 ta bir xil oqsil molekulasidan (monomerdan) tashkil topgan bo‘lib, ularning har biri 158 ta aminokislota qoldig‘ini o‘z ichiga oladi. Tamaki mozaikasi virusining genetik materiali bir zanjirli RNKdan iborat. RNK molekulasi oqsil ichiga chuqur joylashgan va oqsil spirali qadamini takrorlaydi.

Kashf etilish tarixi
Tamaki mozaikasi virusi kashf etilgan birinchi virusdir. Uni Dmitriy Ivanovskiy 1892-yilda kasallangan o‘simliklardan olingan preparatni bakteriyalarni tutib qoladigan filtrdan o‘tkazish jarayonida aniqlagan. Filtrlangandan keyin ham eritma sog‘lom o‘simliklarni zararlash xususiyatini saqlab qolgan. O‘sha paytda suvda yo zaharli modda, yo mikroskopda ko‘rinmaydigan nihoyatda mayda mavjudotlar bor, degan taxmin paydo bo‘lgan. 1935-yilda Uendell Stenli zararlangan tamaki o‘simligidan TMVning ilk tozalangan preparatini olgan, 1939-yilda esa ushbu virusning dastlabki elektron mikrofotografiyalari olingan.
Adabiyotlar
- Karl Zimmer. Viruslar sayyorasi = Carl Zimmer. A PLANET OF VIRUSES. — M.: Alpina non-fikshn, 2023. — B. 190. — ISBN 978-5-00139-545-4.