Rekonvalessent — yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklardan birini boshdan kechirgan inson. U yana ma’lum vaqt davomida streptokokk ajratishi mumkin. Bunday tashuvchilik uch haftagacha, ayrim hollarda esa yillar davomida saqlanishi mumkin.
Sog‘lom tashuvchi — kasallik belgilari bo‘lmagan, biroq A guruhi streptokokklari shilliq qavatida, ya’ni burun-halqumida yashaydigan va atrof-muhitga ajraladigan inson. Bunday kishilar butun aholining 15 % gacha qismini tashkil etadi.
Tipik skarlatinada infeksiyaning kirish darvozasi tomoq va burun-halqum shilliq qavati, ya’ni halqum limfatik halqasi sohasi hisoblanadi. Ba’zi hollarda skarlatinaning atipik shakli kuzatilishi mumkin; bunda infeksiyaning kirish darvozasi jarohatlangan yoki kuygan yuzalar bo‘lib, shu joyda yallig‘lanish-nekrotik o‘choq shakllanadi. Skarlatina patogenezi 3 ta asosiy tarkibiy qismdan iborat: septik, toksik va allergik. Qo‘zg‘atuvchi ekzotoksin ishlab chiqaradi, u intoksikatsiya belgilarining hamda toshmaning rivojlanishiga sabab bo‘ladi va allergik ta’sir ko‘rsatadi. Skarlatina bilan kasallanib tuzalgandan so‘ng antitoksik immunitet shakllanadi; u keyingi uchrashuvlarda streptokokkning har qanday turi ekzotoksinlarini neytrallaydi.
Odatda juda qisqa (bir necha soat) davom etadigan boshlang‘ich davr kasallikning dastlabki belgilari paydo bo‘lishidan to toshma chiqishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ini qamrab oladi. Kasallik to‘satdan boshlanishi mumkin.
Bemor dastlabki belgilar paydo bo‘lishidan bir sutka oldin yuqumli bo‘lib qoladi. Yuqumlilik davri bir necha kundan bir necha haftagacha davom etishi mumkin, biroq kasallik asoratsiz kechsa va penitsillin bilan davolansa, bola 7—10 kundan so‘ng atrofdagilar uchun epidemiologik xavf tug‘dirmaydi.
Tashxislash
Bolalarda skarlatinani tashxislashda terining holati va toshma alohida ahamiyatga ega:
qorin sohasidagi teri bosilganda 10—15 soniya davomida oq iz saqlanib qoladi;
yuz terisida toshma bo‘lsa-da, burun-lab uchburchagi oq bo‘lib qoladi, til ildizida oq karash kuzatiladi;
yonoqlar yorqin malinarang tusga kiradi, kasallik boshlanganidan keyin 5—6-kuni til ham shunday rangga kiradi;
qo‘l kaftlari va oyoq tagidagi terining 2—3 hafta davomida po‘st tashlashi va qatlam-qatlam ajralishi;
bukiladigan joylarda toshmaning zichlashishi.
Klinik manzara
Intoksikatsiya — isitma, umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i.
Skarlatinaga xos toshma — mayda nuqtali bo‘lib, shisha shpatel bilan o‘rtacha kuchda bosilganda dog‘lar yanada aniq ko‘rinadi. Kuchliroq bosilganda toshma o‘rnida terining oltinsimon sarg‘ish tusi namoyon bo‘ladi. Kasallikning 1—3-kuni paydo bo‘ladi va asosan yonoqlarda, chovda, gavdaning yon tomonlarida joylashadi. Burun-lab uchburchagi terisi oqish bo‘lib qoladi va unda toshma kuzatilmaydi. Toshma odatda 3—7 kun saqlanadi, so‘ng pigmentatsiya qoldirmasdan yo‘qoladi. Qo‘l-oyoqlarning bukilish joylarida — qo‘ltiq osti, tirsak va tizza osti sohalarida toshmaning zichlashishi xosdir.
Skarlatinaga xos til — Skarlatinaning yaqqol belgisikasallikning 2—4-kuni bemorning tili yaqqol donador va yorqin qizil tusga kiradi; bu «malinarang til» deb ataladi.
Angina — skarlatinaning doimiy belgisi. Oddiy anginaga qaraganda og‘irroq kechishi mumkin.
Terining po‘st tashlashi — toshma yo‘qolgandan keyin (kasallik boshlanganidan 14 kun o‘tgach) yuzaga keladi: qo‘l kaftlari va oyoq tagida teri yirik plastinkalar shaklida, barmoq uchlaridan boshlab ajraladi; gavda, bo‘yin va quloq supralarida esa kepaksimon po‘st tashlash kuzatiladi.
Davolash va prognoz
Davolash, odatda, uyda amalga oshiriladi. Og‘ir hollarda va asoratlar mavjud bo‘lganda shifoxonada davolash zarur. Tana harorati pasayguniga qadar bemorlar yotoq rejimiga rioya qilishlari kerak. Kasallikning o‘tkir davrida ko‘p miqdorda iliq ichimlik (limonli choy, meva sharbatlari) ichish, oqsil miqdori biroz cheklangan suyuq yoki yarim suyuq ovqat iste’mol qilish zarur.
Dori vositalari bilan davolashda antibiotiklar, xususan, penitsillin qatoridagi tabletkalar (fenoksimetilpenitsillin, retarpen, amoksitsillin, amoksitsillin + klavulan kislotasi) 7—10 kun davomida buyuriladi. Qo‘shimcha ravishda vitaminoterapiya (B guruhi vitaminlari, C vitamini) buyuriladi. Og‘ir hollarda intoksikatsiyani kamaytirish uchun kortikosteroid va infuzion terapiya (glyukoza eritmasi yoki kristalloid eritmalarni vena ichiga yuborish) buyuriladi.
Hozirgi vaqtda davolash va prognozga oid ikki xil nuqtayi nazar mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, hozirgi skarlatinaning yengil kechishi antibiotiklarning kashf etilishi bilan bog‘liq. Boshqa mualliflar esa ovqatlanish va yashash sharoitlarining yaxshilanishi skarlatinaning kechishi sezilarli yengillashishi va o‘lim darajasi pasayishida asosiy rol o‘ynagan deb hisoblaydilar. Ikkinchi nuqtayi nazar foydasiga muhim dalil shuki, skarlatina ko‘pincha shu qadar yengil kechadiki, antibiotiklar umuman qo‘llanmaydi (ba’zan ongli ravishda, ayrim hollarda esa o‘z vaqtida tashxis qo‘yilmaganligi sababli), ammo bola tegishlicha parvarish qilinsa, bu asoratlar yuzaga kelishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi va o‘limga olib kelmaydi.
Tarixi
Ushbu kasallikning tavsifi ilk bor qachon qayd etilgani aniq emas. Gippokrat miloddan avvalgi taxminan 400-yilda terisi qizargan va isitmasi bo‘lgan insonning holatini tasvirlagan.
Kasallikning tibbiy adabiyotdagi ilk tavsifi 1553-yilda nashr etilgan «De Tumoribus praeter Naturam» kitobida keltirilgan bo‘lib, uning muallifi sitsiliyalik anatom va shifokor Jovanni Filippo Ingrassiya, u kitobida kasallikni rossaliya deb atagan. Shuningdek, bu klinik manzara qizamiqdan farq qilishini ta’kidlagan. Kasallik Iogann Veyer tomonidan quyi Germaniyada 1564 va 1565-yillar oralig‘ida yuz bergan epidemiya vaqtida qayta tasvirlangan; u kasallikni skarlatina anginoza deb atagan. Skarlatinaning birinchi bir ma’noli tavsifi Puatyelik Joannes Koytarusning 1578-yilda Parijda nashr etilgan «De febre purpura epidemiali et contagiosa libri duo» kitobida keltirilgan. Vittenberglik Daniel Sennert 1572-yilda klassik «skarlatinaga xos deskvamatsiya»ni tasvirlagan hamda ushbu kasallik bilan bog‘liq erta artrit, skarlatinaga xos istisqo va assitni birinchi bo‘lib tavsiflagan.
1675-yilda ingliz shifokori Tomas Sidenhem skarlatinani ifodalash uchun odatda ishlatiladigan «skarlatina» atamasini yozma ravishda qo‘llagan.
1827-yilda Richard Braytbuyrak tizimining skarlatina bilan bog‘liqligini birinchi bo‘lib anglagan.
Streptokokklar va kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik ilk bor 1874-yilda Teodor Bilrot tomonidan tavsiflangan. Teri infeksiyalarini muhokama qilar ekan, Bilrot Streptococcus urug‘i nomini kiritgan. 1884-yilda toshma elementlaridagi bakteriyalarni yanada chuqurroq o‘rganish natijasida Fridrix Yulius Rozenbax nomni hozirgi Streptococcus pyogenes nomiga o‘zgartirgan. Streptokokk kulturasi 1883-yilda nemis jarrohi Fridrix Felayzen tomonidan saramas eritemasidan birinchi marta o‘stirilgan.
Shuningdek, 1884-yilda nemis shifokori Fridrix Lyoffler skarlatina bilan kasallangan bemorlarning bodomcha bezlarida streptokokklarni birinchi bo‘lib aniqlagan. Halqumida streptokokklar bo‘lgan barcha odamlarda ham skarlatina rivojlanmaganligi sababli, bu natijalar ma’lum vaqt davomida bahsli bo‘lib qolgan. Streptokokk va skarlatina o‘rtasidagi bog‘liqlik Alfons Dochez, Jorj va Gledis Dik tomonidan 1900-yillarning boshlarida tasdiqlangan.
Antibiotiklar davridan oldin, 1900-yildan boshlab skarlatinani davolashda ot zardobi ishlatilgan va bu o‘lim darajasini sezilarli kamaytirgan.
1906-yilda avstriyalik pediatr Klemens fon Pirke skarlatinadan keyingi nefritga kasallik keltirib chiqaruvchi immun komplekslar sabab bo‘lishini taxmin qilgan.
1915-yilda Frederik Tuort tomonidanbakteriofaglar kashf etilgan. Birinchi jahon urushi tufayli uning ishi e’tibordan chetda qolgan va bakteriofaglar 1917-yilda Feliks d’Erel tomonidan qayta kashf etilgan. Skarlatinaning muayyan streptokokk guruhi bilan bog‘liqligini aniqlash uchun streptokokklarni guruhlarga ajratishning Lensfild[ingl.] sxemasi 1920-yillarda ishlab chiqilishini kutish kerak bo‘lgan. Jorj va Gledis Dik hujayrasiz filtratlar skarlatinaga xos eritematoz reaksiya keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatib, bu reaksiyaga toksin sabab bo‘lishini isbotlagan. Karelits va Stempien inson qon zardobi globulini va platsenta globulini ekstraktlaridan skarlatinada toshma rangini ochartiruvchi vosita sifatida foydalanish mumkinligini aniqlaganlar; bu keyinchalik Dik sinovi uchun asos sifatida ishlatilgan. Skarlatina va bakteriofaglar o‘rtasidagi bog‘liqlik 1926-yilda Kantakuzen va Bonsye tomonidan tavsiflangan.
Antitoksin skarlatinaga qarshi 1924-yilda ishlab chiqilgan.
Takroriy skarlatina
Odatda skarlatina bilan kasallanib tuzalgandan so‘ng organizmda eritrotoksinga qarshi antitanachalar ishlab chiqariladi. Biroq immunitet nihoyatda zaiflashgan bo‘lsa, to‘liq sog‘ayishdan oldin ham qo‘zg‘atuvchilar takroran hujum qilishi mumkin. Bunda sog‘aya boshlagandek tuyulgan bolada kasallik yangi bosqichda qaytadan rivojlanadi.
Kasallikni boshdan kechirgandan uzoq vaqt o‘tgach skarlatina bilan qayta kasallanish 2—4 % hollarda qayd etiladi. Bu kasallikning ilk kunlaridan antibiotik qo‘llanishi organizmga eritrotoksinga qarshi antitanachalarni ishlab chiqarishga ulgurish imkonini bermasligi bilan izohlanadi.
Takroriy skarlatina, odatda, yengilroq kechadi. Davolash usuli o‘xshash bo‘ladi, faqat shifokor kasallik birinchi marta avj olganida buyurilgan antibiotikdan boshqasini buyurishi mumkin.
Adabiyotlar
Bogdanov I. L.Skarlatina streptokokkli infeksiya sifatida.— Kiyev: Ukraina SSR Davlat tibbiyot nashriyoti, 1962.— 316, [2]b.— 5260 nusxa. (muqovali)
Timchenko V. N.Bolalardagi yuqumli kasalliklar: tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining pediatriya fakultetlari uchun darslik.— Sankt-Peterburg: SpetsLit, 2001.— 560b.— 4000 nusxa.
admin
ifazo.uz tahririyati — ilm-fan va texnologiya olamining eng qiziqarli yangiliklari va maqolalari.