Samsung Galaxy S24 smartfoni

Samsung Galaxy S24
Samsung Galaxy S24+
Samsung Galaxy S24 Ultra
Samsung Galaxy S24 FE
Изображение логотипа
Galaxy S24 Ultra
Galaxy S24 Ultra
Ishlab chiqaruvchi Samsung Electronics
Shior Mobil sun’iy intellekt davri
Turkum Galaxy S
Aloqa tarmoqlari 2G / 3G / 4G LTE / 5G NR
Chiqarilgan sana 31-yanvar, 2024 (2024-01-31)
O‘lchamlari
  • S24: 147 mm (5,8 ″) balandlik
    70,6 mm (2,8 ″) kenglik
    7,6 mm (0,30 ″) qalinlik
  • S24+: 158,5 mm (6,2 ″) balandlik
    75,9 mm (3,0 ″) kenglik
    7,7 mm (0,30 ″) qalinlik
  • S24 Ultra: 162,3 mm (6,4 ″) balandlik
    79 mm (3,1 ″) kenglik
    8,6 mm (0,34 ″) qalinlik
Og‘irligi
  • S24: 167 g (5,9 unsiya)
  • S24+: 195 g (6,9 unsiya)
  • S24 Ultra: 232 g (8,2 unsiya)
Operatsion tizim Android 16 bilan One UI 8.5
Protsessor
Grafik protsessor
  • Exynos 2400: Xclipse 940 (RDNA 3, 1.1 GHz)
  • Snapdragon 8 Gen 3: Adreno 750 (770 MHz)
Tezkor xotira
Ichki xotira
  • S24: 128/256/512 GB UFS 4.0
  • S24 Ultra: 256/512 GB UFS 4.0
SIM-karta 1x yoki 2x Nano-SIM va 1x eSIM
Akkumulyator
  • S24: 4000 mA·soat
  • S24+: 4900 mA·soat
  • S24 Ultra: 5000 mA·soat
Quvvatlash
  • S24: 25 Vt simli, 15 Vt simsiz
  • S24+/Ultra: 45 Vt simli, 15 Vt simsiz
  • Barcha modellar: Reverse Wireless PowerShare 4.5 Vt
Ekran
  • S24: 6.2" Dynamic AMOLED 2X FHD+ (2340×1080), 120 Hz LTPO, 2600 nit
  • S24+: 6.7" Dynamic AMOLED 2X QHD+ (3120×1440), 120 Hz LTPO, 2600 nit
  • S24 Ultra: 6.8" Dynamic AMOLED 2X QHD+ (3088×1440), 120 Hz LTPO, 2600 nit
Kamera
  • S24/S24+: 50 MP f/1.8 OIS (keng burchakli) + 10 MP f/2.4 3x zum (telefoto) + 12 MP f/2.2 120° (o‘ta keng burchakli)
  • S24 Ultra: 200 MP f/1.7 OIS (keng burchakli) + 50 MP f/3.4 5x periskop + 10 MP f/2.4 3x telefoto + 12 MP f/2.2 120° (o‘ta keng burchakli)
  • Barcha modellar: 8K@30fps, Super HDR, Nightography
Old kamera 12 MP f/2.2 Dual Pixel AF, 4K@60fps
Aloqa interfeyslari
Boshqa xususiyatlar
  • Ultra: Ichki S Pen, titan ramka
  • Galaxy AI: jonli tarjima (Live Translate), surat yordamchisi (Photo Assist), belgilab qidirish (Circle to Search)
Havolalar Samsung Galaxy S24
Samsung Galaxy S24 Ultra
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Samsung Galaxy S24 — flagman smartfonlar bo‘lib, ular Samsung tomonidan 17-yanvar, 2024-yil kuni o‘tkazilgan Galaxy Unpacked tadbirida taqdim etilgan. Ular yuqori unumdorligi, sun’iy intellekt asosidagi innovatsion kameralari, yangilanish chastotasi o‘zgaruvchan bo‘lgan 120 Hz li tekis ekranlari va stilus S Pen bilan ishlashi (faqat Ultra modeli) bilan ajralib turadi.

Samsung Galaxy S24 — turkumning asosiy modeli bo‘lib, 6,2 dyuymli displeyga ega; uning aniqligi Full HD+, protsessori — Snapdragon 8 Gen 3, tezkor xotirasi 8 GB, ichki xotirasi esa 128/256/512 GB. Uning akkumulyator sig‘imi 4000 mA·soat bo‘lib, 25 Vt tezkor simli quvvatlash, 15 Vt simsiz quvvatlash va 4,5 Vt teskari quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera uchta modulga ega: 50 megapikselli keng burchakli, 12 megapikselli o‘ta keng burchakli va 10 megapikselli 3 karra optik zumli teleobyektiv. Old kameraning aniqligi 12 megapiksel. Smartfon IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan, ekranga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, stereo karnaylar hamda NFC bilan jihozlangan. Smartfon to‘rt xil rangda chiqariladi: sariq, binafsha, kulrang va qora.

Samsung Galaxy S24+ — Galaxy S24 ning takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, 6,7 dyuymli displeyga ega. Displey aniqligi Full HD+, akkumulyator sig‘imi 4900 mA·soat. Smartfon 3 karra optik zumli qo‘shimcha kamera moduliga ham ega. Qolgan xususiyatlari Galaxy S24 bilan bir xil. Smartfon ham to‘rt rangda mavjud: sariq, binafsha, kulrang va qora.

Samsung Galaxy S24 Ultra — turkumning eng yuqori modeli bo‘lib, 6,8 dyuymli displeyga ega; uning aniqligi Quad HD+, protsessori Snapdragon 8 Gen 3, tezkor xotirasi 12 GB, ichki xotirasi esa 256/512 GB. Shuningdek, 1 TB hajmli ichki xotiraga ega versiyasi ham bor. Akkumulyator sig‘imi 5000 mA·soat bo‘lib, 45 Vt tezkor simli, 15 Vt simsiz va 4,5 Vt teskari quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera beshta moduldan tashkil topgan: 200 megapikselli keng burchakli, 12 megapikselli o‘ta keng burchakli, 50 megapikselli 5 karra optik zumli teleobyektiv, 10 megapikselli 3 karra optik zumli teleobyektiv hamda 3D ToF sensori. Old kamera aniqligi 12 megapiksel. Smartfon IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan, barmoq izi skaneri ekranga o‘rnatilgan, stereo karnaylar, NFC va S Pen qo‘llab-quvvatlanadi. Stilus komplektga kiradi va korpusdagi maxsus bo‘lmada saqlanadi. Galaxy S24 turkumidagi quyi modellardan farqli ravishda, Galaxy S24 Ultra korpusida titan ramka ishlatilgan. Smartfon to‘rt xil rangda taqdim etiladi: qora, kulrang, binafsha va sariq.

Model Displey Chip Akkumulyator Kameralar Aloqa
S24 6,2 dyuym; LTPO Dynamic AMOLED; aniqligi 1080 x 2340 FHD+; yangilanish chastotasi 1-120 Hz; yorqinligi 2600 nit; Corning Gorilla Armor himoya oynasi; Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3 for Galaxy / Samsung Exynos 2400 4000 mA·soat (litiy-ion) Asosiy kamera: 50 megapiksel, diafragma f/1.8, piksel o‘lchami 1.00 pm; keng burchakli kamera: 12 megapiksel, diafragma f/2.2, piksel o‘lchami 1.22 pm; teleobyektiv: 10 megapiksel, diafragma f/2.4, piksel o‘lchami 1.00 pm; 3x optik zum Wi-Fi 6E; Bluetooth 5.3; GPS, A-GPS;
S24+ 6,7 dyuym; LTPO Dynamic AMOLED 2X; aniqligi 1440 x 3120 WQHD+; yangilanish chastotasi 1-120 Hz; yorqinligi 2600 nit; Corning Gorilla Armor himoya oynasi; Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3 for Galaxy / Samsung Exynos 2400 4900 mA·soat (litiy-ion) Asosiy kamera: 50 megapiksel, diafragma f/1.8, piksel o‘lchami 1.00 pm; keng burchakli kamera: 12 megapiksel, diafragma f/2.2, piksel o‘lchami 1.22 pm; teleobyektiv: 10 megapiksel, diafragma f/2.4, piksel o‘lchami 1.00 pm; 3x optik zum Wi-Fi 6E; Bluetooth 5.3; GPS, A-GPS;
S24 Ultra 6,8 dyuym; LTPO Dynamic AMOLED 2X; aniqligi 1440 x 3120 WQHD+; yangilanish chastotasi 1-120 Hz; yorqinligi 2600 nit; Corning Gorilla Armor himoya oynasi; Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3 for Galaxy 5000 mA·soat (litiy-ion) Asosiy kamera: 200 megapiksel, diafragma f/1.7, piksel o‘lchami 1.00 pm; keng burchakli kamera: 12.2 megapiksel, diafragma f/2.2, piksel o‘lchami 1.40 pm; teleobyektiv va portret kamera: 12 megapiksel; diafragma f/2.4, piksel o‘lchami 1.12 pm; teleobyektiv: 50 megapiksel, diafragma f/3.4, piksel o‘lchami 1.00 pm; 3,5,10x optik zum; Wi-Fi 7; Bluetooth 5.3; GPS, A-GPS;

Galaxy AI

Galaxy AI — Samsung Galaxy S24, Galaxy S24+ va Galaxy S24 Ultra modellariga o‘rnatilgan sun’iy intellekt texnologiyasidir. Galaxy AI foydalanuvchilarning hayotidagi turli jihatlarni, jumladan, muloqot, ijodkorlik, qidiruv va ta’lim jarayonini yaxshilashga qaratilgan. Galaxy AI smartfonlarning kamera, ekran, protsessor va akkumulyator kabi apparat imkoniyatlari bilan uyg‘un ishlaydigan bir nechta funksiyadan iborat.

Galaxy AI ning ayrim funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • Sinxron tarjima (Live Translate) — ikki tomonlama ovozli va matnli tarjima bo‘lib, telefon qo‘ng‘iroqlarini hamda suhbatlarni oldindan o‘rnatilgan ilovada real vaqt rejimida tarjima qiladi. Bu funksiya til to‘sig‘ini yengib, boshqa mamlakatlardagi insonlar bilan tashqi ilova yoki xizmatlardan foydalanmasdan muloqot qilish imkonini beradi.
  • Foto-yordamchi (Photo Assist) — sahna, yoritish, kompozitsiya va boshqa omillardan kelib chiqib, qanday qilib eng yaxshi suratga olishni tavsiya qiluvchi aqlli yordamchi. Foto-yordamchi turli effekt va filtrlardan foydalanib, suratlar sifatini avtomatik ravishda yaxshilashi ham mumkin.
  • ProVisual Engine — tasvirni qayta ishlash uchun sun’iy intellektdan foydalanadigan yangi algoritm bo‘lib, tasvir tafsilotlari, rang uzatish sifati, dinamik diapazon va kameraning boshqa parametrlarini yaxshilaydi. ProVisual Engine, shuningdek, tungi zum (Night Zoom), sun’iy intellektli zum (AI Zoom) va Super HDR oldindan ko‘rish (Super HDR Preview) kabi funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular har qanday sharoitda tiniq va yorqin foto hamda videolar olish imkonini beradi.
  • Chat-yordamchi (Chat Assist) — xabarlar va boshqa ilovalarda muloqot uchun mos uslubni tanlashga yordam beradigan funksiya. Chat-yordamchi suhbatning konteksti va maqsadini tahlil qilib, mos javoblar va harakatlarni tavsiya etadi. Chat-yordamchi, shuningdek, xabarlarni tarjima qilishi ham mumkin: real vaqt rejimida 13 tilga tarjima qilish imkoniyati sun’iy intellekt yordamida Samsung klaviaturasida amalga oshiriladi.
  • Auto — foydalanuvchi avtomobil boshqarayotganida kelgan xabarlarni avtomatik tahlil qilib, mos javoblar va harakatlarni tavsiya etadigan ilova. Auto xabarlarni ovoz chiqarib o‘qishi va ovozli buyruqlar orqali navigatsiya, musiqa hamda smartfonning boshqa funksiyalarini boshqarishi mumkin.

Marketing

Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy S24 Ultra smartfonini havo shari yordamida 35 kilometrdan ortiq balandlikka ko‘tardi. Smartfonlar AQSHning to‘rt hududidan — Janubiy Kaliforniya, Las-Vegas, Syerra-Nevada tog‘lari va Grand-Kanyondan uchirildi. Qurilma vodorod bilan to‘ldirilgan havo shariga osilgan yengil savatda stratosferaga ko‘tarildi. Bir necha kun davomida Galaxy S24 Ultra 150 tadan ortiq suratni turli fokus masofalarida oldi. Bunda asosiy kameraning barcha modullaridan foydalanildi. Samsung o‘z flagman kamerasi imkoniyatlarini namoyish qilmoqchi edi. Suratlardan tog‘lar relyefi, oppoq qorli cho‘qqilar va turli suv havzalarini aniq ko‘rish mumkin. Uchirishdan so‘ng barcha smartfonlar Yerga xavfsiz qaytdi.

Havolalar