Router (marshrutizator)

Magistral aloqa kanallarida ishlatiladigan marshrutizator

Marshrutizator, router (transliteratsiya. inglizcha ingl. router), shuningdek, rauter (inglizcha ingl. router /ˈɹu:tə(ɹ)/ yoki /ˈɹaʊtəɹ/, /ˈɹaʊtɚ/) — turli tarmoq segmentlari o‘rtasida paketlarni yo‘naltiradigan, belgilangan qoidalar va marshrutlash jadvallari asosida ishlaydigan maxsus qurilma. Marshrutizator turli arxitekturaga ega tarmoqlarni o‘zaro bog‘lay oladi. Paketlarni qayerga uzatishni aniqlashda tarmoq topologiyasi haqidagi ma’lumotlardan va administrator belgilagan qoidalardan foydalaniladi..

Marshrutizatorlar OSI tarmoq modelining uchinchi (tarmoq) darajasida, kommutatorlar (svitchlar) esa OSI modelining L2 darajasida, konsentratorlar (xablar) birinchi darajasida ishlaydi.

Ishlash prinsipi

Avaya kompaniyasining asosiy marshrutizatori (ERS-8600)

Odatda marshrutizator paket sarlavhasidagi qabul qiluvchi manzilidan foydalanadi va marshrutlash jadvaliga qarab ma’lumotni qaysi yo‘ldan uzatishni belgilaydi. Agar jadvalda shu manzilga tegishli marshrut ko‘rsatilmagan bo‘lsa, paket tashlab yuboriladi.

Paketlarni uzatish marshrutini aniqlashning boshqa usullari ham mavjud. Masalan, jo‘natuvchi manzili, yuqori darajalarda qo‘llaniladigan protokollar hamda paketlarning tarmoq darajasi sarlavhalaridagi boshqa ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Marshrutizatorlar ko‘pincha jo‘natuvchi va qabul qiluvchining manzillarini o‘zgartirish (translyatsiya qilish), kirishni cheklash maqsadida tranzit ma’lumotlar oqimini belgilangan qoidalar asosida filtrlash, uzatilayotgan ma’lumotlarni shifrlash va shifrini yechish kabi vazifalarni ham bajaradi.

Marshrutlash jadvali

Marshrutlash jadvali marshrutizator paketlarni keyin qayerga uzatish haqida qaror qabul qilishda foydalanadigan ma’lumotlarni saqlaydi. Jadval bir nechta yozuv — marshrutdan iborat bo‘lib, har birida qabul qiluvchi tarmoq identifikatori (manzil va tarmoq niqobidan tashkil topadi), paketlar uzatilishi kerak bo‘lgan keyingi tugun manzili, ma’muriy masofa — marshrut manbasiga ishonch darajasi hamda yozuvning ma’lum vazni — metrika ko‘rsatiladi. Jadval yozuvlarining metrikalari turli qabul qiluvchilargacha eng qisqa marshrutlarni hisoblashda muhim rol o‘ynaydi. Marshrutizator modeli va foydalaniladigan marshrutlash protokollariga qarab, jadvalda qo‘shimcha xizmat ma’lumotlari ham bo‘lishi mumkin. Masalan:


192.168.64.0/18 [110/49] via 192.168.1.2, 00:34:34, FastEthernet0/0.1

где:

192.168.64.0/18 — сеть назначения,

110/- административное расстояние, 

/49 — метрика маршрута,

192.168.1.2 — адрес следующего маршрутизатора, которому следует передавать пакеты для сети 192.168.64.0/18,

00:34:34 — время, в течение которого был известен этот маршрут,

FastEthernet0/0.1 — интерфейс маршрутизатора, через который можно достичь «соседа» 192.168.1.2.

Marshrutlash jadvali ikki usulda tuzilishi mumkin:

  • statik marshrutlash — jadvaldagi yozuvlar qo‘lda kiritiladi va o‘zgartiriladi. Tarmoq topologiyasi har safar o‘zgarganda administrator aralashishi talab etiladi. Biroq bu usul eng barqaror hisoblanadi va marshrutlash jadvalini yuritish uchun qurilmaning eng kam apparat resurslarini sarflaydi.
  • dinamik marshrutlash — jadvaldagi yozuvlar bir yoki bir nechta marshrutlash protokollari — RIP, OSPF, IGRP, EIGRP, IS-IS, BGP va boshqalar yordamida avtomatik yangilanadi. Bundan tashqari, marshrutizator belgilangan tarmoqlarga optimal yo‘llar jadvalini turli mezonlar — oraliq tugunlar soni, aloqa kanallarining o‘tkazish qobiliyati, ma’lumot uzatishdagi kechikish va shu kabilar asosida tuzadi. Optimal marshrutni hisoblash mezonlari ko‘pincha marshrutlash protokoliga bog‘liq bo‘ladi va marshrutizator sozlamalarida ham belgilanadi. Jadvalni bu usulda tuzish marshrutlash ma’lumotlarini avtomatik ravishda dolzarb saqlash va tarmoqning joriy topologiyasiga asoslanib optimal yo‘llarni hisoblash imkonini beradi. Ammo dinamik marshrutlash qurilmalarga qo‘shimcha yuklama keltiradi. Tarmoq juda beqaror bo‘lsa, marshrutizatorlar jadvallarini o‘z vaqtida sinxronlashtira olmasligi mumkin. Natijada tarmoqning turli qismlarida uning topologiyasi haqida bir-biriga zid ma’lumotlar paydo bo‘ladi va uzatilayotgan ma’lumotlar yo‘qolishi mumkin.

Marshrutlash jadvallarini tuzishda ko‘pincha graflar nazariyasi.

Qo‘llanilishi

Marshrutizatorlar tarmoqni kolliziya domenlari yoki keng eshittirish domenlariga ajratish, shuningdek, paketlarni filtrlash orqali uning yuklamasini kamaytirishga yordam beradi. Ular asosan turli turdagi, ko‘pincha arxitekturasi va protokollari jihatidan o‘zaro mos kelmaydigan tarmoqlarni birlashtirishda ishlatiladi. Masalan, Ethernet lokal tarmoqlarini WAN ulanishlari bilan bog‘lashda quyidagi protokollardan foydalaniladi: xDSL, PPP, ATM, Frame Relay va boshqalar. Marshrutizator ko‘pincha lokal tarmoqdan global Internet tarmog‘iga kirishni ta’minlash uchun ishlatiladi. Bunda u manzillarni translyatsiya qilish va tarmoqlararo ekran.

funksiyalarini bajaradi. Marshrutizator vazifasini maxsus apparat qurilmasi ham, oddiy kompyuter ham bajarishi mumkin. Shaxsiy kompyuterni yuqori unumli va ko‘p funksiyali marshrutizatorga aylantirish imkonini beruvchi bir qancha dasturiy paketlar mavjud. Ular Linux yadrosi yoki BSD operatsion tizimlariga asoslanishi mumkin. Masalan, Quagga, IPFW yoki ishlatish uchun qulay PF.

Ixtiro tarixi

Ushbu konsepsiyaning asoslarini 1966-yilda Donald Devis Britaniyaning NPL tarmog‘ini loyihalash jarayonida yaratgan. Bu texnologiyalarni tez orada muvofiqlashtirilgan mudofaa aloqa tizimini yaratishga intilgan amerikaliklar o‘zlashtirib oldi. IMP (xabarlar interfeysi protsessori) platasidan xabarlarni kommutatsiya qiluvchi tarmoq tuguni sifatida foydalanilgan. Bu yechim Sovet Ittifoqi parchalanishigacha mavjud bo‘lib, 1989-yilda foydalanishdan chiqarilgan. U shlyuzlarning birinchi avlodini tashkil etgan va keyinchalik evolyutsiya natijasida marshrutizatorlarga aylangan.

Birinchi marshrutizator sifatida Honeywell DDP-516 minikompyuteri ishlatilgan, unga maxsus tashqi aloqa interfeysi qo‘shilgan. Kommutatsiya vazifalarining bir qismi dasturiy ta’minotga yuklatilgan. Keyinchalik bu vazifalarni maxsus himoyaga ega bo‘lmagan Honeywell 316 qurilmalari bajargan. Yangi qurilmalar avvalgilarining unumdorligining taxminan uchdan ikki qismiga erishgan, biroq ikki baravar arzon bo‘lgan. Xost-kompyuterlar bilan ulanish ketma-ket ma’lumot uzatish shinasi orqali amalga oshirilgan. Qurilma va uning dasturiy ta’minoti hozir ochiq bo‘lgan RFC 1 hujjatida tavsiflangan. Birinchi RFC hujjatini e’lon qilgan tashkilot — IETF.

Uy va kichik ofis uchun qurilmalar

Maishiy sharoitda odatda kompyuterlarning uy tarmog‘ini internet-provayderning aloqa kanaliga ulash imkonini beradigan marshrutizatorlardan foydalaniladi. Odatda marshrutizator lokal tarmoq qurilmalariga DHCP protokoli orqali IP-manzillar beradi, o‘zi esa tashqi provayderdan IP-manzil oladi. Wi-Fi marshrutizatorlari 2,4 ГГц, 5 ГГц yoki 6 ГГц chastota diapazonlarida ishlaydi. Zamonaviy marshrutizatorlar odatda quyidagi qo‘shimcha funksiyalar va o‘rnatilgan imkoniyatlarga ega: mobil qurilmalarni ulash uchun simsiz ulanish nuqtasi (Wi-Fi), tarmoqni tarmoqlararo ekran yordamida tashqi hujumlardan himoyalash, bir nechta provayder kanalidan foydalanib Internetga ulanishni zaxiralash, qurilmani sozlashni osonlashtiruvchi veb-interfeys, printer yoki ma’lumot saqlash qurilmasini ulash uchun USB-port, ota-ona nazorati va boshqalar. Bozorda sifatsiz elektronika mahsulotlari ko‘p uchraydi va marshrutizatorlar ham bundan mustasno emas. Shu bois foydalanuvchilarda ekspertlar bahosiga tayangan holda mahsulotlar sifatining ochiq reytinglarini tuzishga ehtiyoj paydo bo‘lgan.

Adabiyotlar

Havolalar