Internet provayderi

Internet-provayder (ba’zan shunchaki provayder; ingl. Internet service provider (internet xizmatlari provayderi), qisq. ISP — internet xizmatlarini yetkazib beruvchi) — telekommunikatsiya kompaniyasi, u internet tarmog‘iga ulanish va internet bilan bog‘liq boshqa xizmatlarni taqdim etadi.

Internet-provayderlarning asosiy xizmatlari quyidagilardan iborat:

Ko‘rsatiladigan xizmat turlariga ko‘ra, provayderlarni quyidagi toifalarga ajratish mumkin:

Internet-provayder odatda kirish nuqtasi yoki shlyuz vazifasini bajaradi va foydalanuvchiga internetda mavjud barcha resurslardan foydalanish imkonini beradi.

Provayderlar uch darajaga bo‘linadi. Uchinchi darajali provayderlar — yakuniy foydalanuvchilarga internetga ulanish xizmatini sotadigan kichik hududiy kompaniyalar. Odatda ular internetga ulanish xizmatini ikkinchi darajali internet-provayderlardan sotib oladi. Bu provayderlar aloqa kabellari va boshqa tarmoq uskunalariga egalik qiladi. Birinchi darajali provayderlar (masalan, AT&T, Deutsche Telekom Global Carrier va boshqalar) qit’alararo aloqa kabellariga egalik qiladi. Odatda kichikroq provayderlar ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish kerak bo‘lgandagina birinchi darajali provayderlar xizmatidan foydalanadi. Bir-biriga yaqin ikkita shaharni ulash uchun esa piring orqali «nuqtadan nuqtaga» sxemasida ikki tarmoqni bog‘lash yoki trafik almashish nuqtalaridan foydalanish kifoya.

Internet-provayderlar haqidagi ma’lumotlarni jamlaydigan metaqidiruv tizimlari mavjud bo‘lib, ularda manzillar bo‘yicha barcha ma’lumotlar to‘planadi. Bu axborot izlash va internetga ulanish jarayonini ancha osonlashtiradi.

Rossiya qonunchiligida

Internet-provayder — quyidagi xizmat turlaridan biri bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan aloqa operatori hisoblanadi:

  • Aloqa kanallarini taqdim etish bo‘yicha aloqa xizmatlari.
  • Ovozli axborotni uzatishdan tashqari, ma’lumot uzatish tarmoqlarida ko‘rsatiladigan aloqa xizmatlari.
  • Ma’lumot uzatish tarmoqlarida ovozli axborotni uzatish bo‘yicha aloqa xizmatlari.
  • Telematik aloqa xizmatlari.

Litsenziyalar Roskomnadzor tomonidan 5 yil muddatga beriladi.