QR-kod nima

Badiiy bezatilgan QR-kod. Qo‘shimcha tasvirlar bo‘lishiga qaramay, bu kodni o‘qish mumkin
Xitoyda 2010-yildan buyon temiryo‘l chiptalarida QR-kod bosib chiqariladi va qo‘llanadi.

QR-kod (ingl. Quick Response code — «tezkor javob kodi»; qisq. QR code) — matritsali shtrix-kodlar (yoki ikki o‘lchamli shtrix-kodlar) turi bo‘lib, dastlab avtomobil sanoati uchun Yaponiyada ishlab chiqilgan. Uning yaratuvchisi yapon muhandisi Masahiro Hara hisoblanadi. Atamaning o‘zi Yaponiyaning Denso kompaniyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan savdo belgisidir. Shtrix-kod — o‘zi bog‘langan obyekt haqidagi ma’lumotni saqlovchi, mashina o‘qiy oladigan optik belgidir. QR-kod ma’lumotni samarali saqlash uchun to‘rtta standart kodlash rejimidan (raqamli, harf-raqamli, ikkilik va kanji) foydalanadi; qo‘shimcha kengaytmalardan ham foydalanish mumkin.

QR-kodlar tizimi tez o‘qilishi va UPC standartidagi shtrix-kodlarga qaraganda ko‘proq ma’lumot sig‘dirishi tufayli avtomobil sanoatidan tashqarida ham ommalashdi. Uning qo‘llanish sohalariga mahsulotlarni kuzatish, buyumlarni identifikatsiyalash, vaqtni hisobga olish, hujjatlarni boshqarish va umumiy marketing kiradi.

QR-kod oq fondagi kvadrat to‘r bo‘ylab joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat. Uni kamera kabi tasvirni qayta ishlash qurilmalari o‘qiydi, tasvir to‘g‘ri tanib olinmaguncha esa Rid — Solomon kodlari yordamida qayta ishlanadi. Shundan so‘ng zarur ma’lumotlar tasvirning gorizontal va vertikal qismlaridagi naqshlardan ajratib olinadi.

Tavsif

QR-kod paydo bo‘lishidan avval Denso zavodida komponentlarni skanerlash uchun turli shtrix-kodlardan foydalanilgan. Bunday kodlar soni 10 taga yaqin bo‘lgani uchun ish samaradorligi juda past edi. Xodimlar tez charchashlaridan shikoyat qilishar va oddiy shtrix-kodga qaraganda ko‘proq ma’lumot sig‘dira oladigan kod yaratishni so‘rashardi. Ushbu talabga javoban Denso-Wave oldiga katta hajmdagi ma’lumotni saqlaydigan va komponentlarni yuqori tezlikda skanerlash imkonini beradigan kod yaratish vazifasi qo‘yildi. Shu maqsadda ishlab chiqish bo‘limida ishlagan Masahiro Hara 1992-yildan yangi kodni yaratishga kirishdi. QR-kodni yaratishga u tushlik tanaffusida o‘ynaydigan go o‘yini ilhom bergan. U ishlab chiqishdan maqsad faqat kodda saqlanadigan ma’lumot hajmini oshirish emas, balki uni «aniq va tez o‘qish» imkoniyatini yaratish, shuningdek, tegishli ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llanishini hisobga olib, moy dog‘lari, kir va shikastlanishga chidamli qilish, deb belgiladi. QR-kod Yaponiyaning Denso-Wave kompaniyasi tomonidan ikki yillik ishlanmalardan so‘ng 1994-yilda taqdim etildi. U Toyota kompaniyasining ishlab chiqarish tizimi kanban («ayni vaqtida») asosida avtomobil ehtiyot qismlari zavodlari va taqsimlash markazlarida foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Biroq uning xatolarni aniqlash va tuzatish imkoniyati yuqoriligi hamda ochiq manbali kod sifatida taqdim etilgani sababli u «Toyota» kompaniyasining ta’minot zanjiridan tashqariga chiqib, boshqa sohalarda ham qo‘llana boshlandi. Natijada u hozir nafaqat Yaponiyada, balki butun dunyoda keng qo‘llanmoqda. Yaponiyada shtrix-kodlar juda ommalashgani uchun ularda kodlangan ma’lumot hajmi tez orada sanoat ehtiyojlarini qondirmay qoldi. Yapon mutaxassislari kichik hajmdagi ma’lumotlarni grafik tasvirda kodlashning yangi, zamonaviy usullari ustida tajribalar o‘tkaza boshlashdi. QR-kod dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan ikki o‘lchamli kod turlaridan biriga aylandi. QR-kod spetsifikatsiyasida ma’lumotlar formati.

belgilanmagan. Ingichka nur bilan skanerlanadigan eski shtrix-koddan farqli ravishda, QR-kod sensor yoki kamera tomonidan ikki o‘lchamli tasvir sifatida aniqlanadi. Tasvir burchaklaridagi uchta kvadrat va kod bo‘ylab joylashgan kichik sinxronlashtiruvchi kvadratchalar tasvir o‘lchami, yo‘nalishi hamda sensorning tasvir yuzasiga nisbatan burchagini me’yorlashtirishga imkon beradi. Nuqtalar ikkilik sonlarga aylantirilib, nazorat yig‘indisi.

orqali tekshiriladi. QR-kodning asosiy afzalligi — skanerlovchi qurilmalar uni oson tanib olishi bo‘lib, bu undan savdo, ishlab chiqarish va logistika.

sohalarida foydalanish imkonini beradi. Yuriy Nikulin. Novodevichye qabristonidagi qabr ustidagi QR-kod, Moskva.

«QR code» nomi ro‘yxatdan o‘tgan savdo belgisi bo‘lsa-da, «DENSO Corporation» kodlardan foydalanganlik uchun hech qanday litsenziya to‘lovi olmaydi. Kodlarning o‘zi esa ISO standartlari sifatida tavsiflangan va e’lon qilingan.

A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» asarining QR-koddagi miniatyura nashri

QR-kodlarni o‘qish uchun eng ommabop dasturlar quyidagi ma’lumot formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi: URL, brauzer xatcho‘pi, elektron pochta (xat mavzusi bilan), SMS (raqam va xabar mavzusi bilan), MeCard, vCard, geografik koordinatalar, Wi-Fi.

tarmog‘iga ulanish. Ayrim dasturlar GIF, JPG, PNG yoki MID formatidagi 4 KB dan kichik fayllarni hamda kodlangan matnni ham taniy oladi, biroq bu formatlar keng ommalashmagan.

Qo‘llanilishi

QR-kodlar eng ko‘p Yaponiyada tarqalgan. 2000-yil boshidayoq ular mamlakatda shunchalik keng qo‘llanila boshlaganki, ko‘plab plakatlar, qadoqlar va mahsulotlarda uchragan. U yerda bunday kodlar do‘konlarda sotiladigan deyarli barcha tovarlarga tushiriladi, reklama bukletlari va ma’lumotnomalarda joylashtiriladi. QR-kod yordamida hatto turli tanlovlar va rolli o‘yinlar ham tashkil etiladi. Yaponiyaning yetakchi mobil aloqa operatorlari QR-kodni tanish funksiyasi o‘rnatilgan telefonlarni o‘z brendlari ostida birgalikda ishlab chiqaradi.

Hozirgi vaqtda QR-kod Osiyo mamlakatlarida ham keng tarqalgan, Yevropa va Shimoliy Amerikada esa asta-sekin rivojlanmoqda. U mobil aloqa foydalanuvchilari orasida ayniqsa ommalashdi: tanish dasturini o‘rnatgan abonent matnli ma’lumotni darhol telefoniga saqlashi, Wi-Fi tarmog‘iga ulanishi, elektron pochta orqali xat yuborishi, kontaktlarni manzillar kitobiga qo‘shishi, veb-havolalarni ochishi, SMS-xabarlar yuborishi va hokazolarni bajarishi mumkin.

Tadqiqot o‘tkazgan comScore[ingl.] kompaniyasiga ko‘ra, 2011-yilda 20 mln AQSH fuqarosi QR-kodlarni skanerlash uchun mobil telefonlardan foydalangan.

Yaponiya, Avstriya va Rossiyada QR-kodlar qabristonlarda ham qo‘llanadi va marhum haqida ma’lumotni o‘z ichiga oladi.

Xitoyning Xefey shahrida keksa odamlarga QR-kodli nishonchalar tarqatilgan. Ular tufayli yo‘lovchilar yo‘lini yo‘qotgan qariyalarning uyiga qaytishiga yordam bera oladi.

QR-kodlardan muzeylarda, turizmda, sayyohlik yo‘nalishlari bo‘ylab va turli diqqatga sazovor joylar yonida faol foydalaniladi. Metalldan tayyorlangan lavhalar uzoqroq xizmat qiladi va vandalizmga chidamliroq bo‘ladi.

Emlanganlikni tasdiqlash uchun QR-kodlardan foydalanish

Ommaviy COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash 2021-yil bahorida boshlanishi bilan deyarli barcha mamlakatlarda emlanganlikni tasdiqlovchi raqamli yoki qog‘oz sertifikatlar berila boshlandi va ularga QR-kodlar joylashtirildi. 9-noyabr (2021-yil) holatiga ko‘ra, emlanganlik yoki COVID-19 bilan kasallanganlikni tasdiqlovchi QR-kodlar Rossiya Federatsiyasining 77 ta subyektida joriy qilingan edi (ayrim hududlarda aholiga emlanish imkonini berish uchun QR-kodlar amal qila boshlaydigan sana kechiktirilgan).

Umumiy texnik ma’lumotlar

Eng kichik QR-kod (1-versiya) 21×21 piksel, eng kattasi (40-versiya) esa 177×177 piksel o‘lchamga ega. Versiya raqami bilan modullar soni o‘rtasidagi bog‘liqlik oddiy: har bir keyingi versiyadagi QR-kod oldingisidan gorizontal va vertikal yo‘nalishda aniq 4 modulga kattaroq bo‘ladi.

QR-kodlarda kodlashning to‘rtta asosiy usuli mavjud:

  • Raqamli: har uchta raqam uchun 10 bit, ko‘pi bilan 7089 ta raqam.
  • Harf-raqamli: 10 ta raqam, A dan Z gacha bo‘lgan harflar va ayrim maxsus belgilar qo‘llab-quvvatlanadi. Har ikki belgi uchun 11 bit, ko‘pi bilan 4296 ta belgi.
  • Baytli: mos keluvchi istalgan kodlash tizimidagi ma’lumotlar (standart holatda ISO 8859-1), ko‘pi bilan 2953 bayt.
  • Kanji: har bir iyeroglif uchun 13 bit, ko‘pi bilan 1817 ta iyeroglif.

«Soxta kodlash» usullari ham mavjud: ma’lumot ichida kodlash usulini belgilash, uzun xabarni bir nechta kodga ajratish va hokazo.

Xatolarni tuzatish uchun Rid — Solomon kodidan 8 bitli kod so‘zi bilan foydalaniladi. Ortiqcha ma’lumotning to‘rtta darajasi mavjud: 7, 15, 25 va 30 %. Xatolarni tuzatish tufayli QR-kod ustiga rasm joylashtirilsa ham, u o‘qiladigan bo‘lib qolishi mumkin.

Skanerni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan elementlar paydo bo‘lmasligi uchun ma’lumotlar sohasi 2 moduli bo‘yicha qo‘shiladi va maxsus niqob bilan birlashtiriladi. To‘g‘ri ishlaydigan kodlovchi barcha niqob variantlarini sinab ko‘rishi, maxsus qoidalar asosida har biri uchun jarima ballarini hisoblashi va eng maqbulini tanlashi kerak.

Micro QR

Micro QR-kod namunasi
Micro QR-kodning funksional sohalari

35 tagacha raqam sig‘dira oladigan alohida mikro QR-kod turi ham mavjud.

An’anaviy QR-koddagi uchta joylashuv belgisining o‘rniga faqat bittasi qo‘llangani sababli ma’lumot saqlash samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Natijada ma’lumotlar uchun qo‘shimcha joy bo‘shaydi. Bundan tashqari, oddiy QR-kod atrofiga eni kamida 4 modul (QR-kodning eng kichik tarkibiy birligi) bo‘lgan bo‘sh maydon kerak bo‘lsa, Micro QR-kod uchun eni ikki modul bo‘lgan maydon kifoya qiladi. Ma’lumotlar samaraliroq joylashtirilgani uchun kodlangan ma’lumot hajmi oshganda Micro QR-kodning o‘lchami an’anaviy QR-kodnikiga qaraganda uncha katta bo‘lib ketmaydi.

QR-kodlardagi xatolarni tuzatish darajalariga o‘xshash ravishda, Micro QR-kodning M1–M4 deb belgilangan to‘rtta versiyasi mavjud.

Kod versiyasi Modullar soni Xatolarni tuzatish darajasi Raqamlar Raqamlar va harflar Ikkilik ma’lumotlar Kanji
M1 11 - 5 - - -
M2 13 L (7 %) 10 6 - -
M (15 %) 8 5 - -
M3 15 L (7 %) 23 14 9 6
M (15 %) 18 11 7 4
M4 17 L (7 %) 35 21 15 9
M (15 %) 30 18 13 8
Q (25 %) 21 13 9 5

Ma’lumotlarni kodlash

Ma’lumotni QR-kodga bir necha usulda kodlash mumkin. Muayyan usul tanlanishi ishlatiladigan belgilarga bog‘liq. Agar faqat 0 dan 9 gacha raqamlar bo‘lsa, raqamli kodlash qo‘llanadi. Raqamlardan tashqari lotin alifbosi harflari, bo‘sh joy va $%*+-./: belgilari ham kodlanishi kerak bo‘lsa, harf-raqamli kodlash ishlatiladi. Xitoy va yapon iyerogliflarini kodlash uchun kanji kodlashi, shuningdek, baytma-bayt kodlash ham mavjud. Har bir kodlash usulidan oldin bo‘sh bitlar ketma-ketligi yaratiladi va keyin u to‘ldiriladi.

Raqamli kodlash

Bu kodlash turida 10 bit bilan 3 ta belgi kodlanadi. Belgilarning butun ketma-ketligi 3 ta raqamdan iborat guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh (uch xonali son) 10 bitli ikkilik songa aylantirilib, bitlar ketma-ketligiga qo‘shiladi. Agar belgilar soni 3 ga karrali bo‘lmasa, oxirida 2 ta belgi qolsa, ikki xonali son 7 bitda, 1 ta belgi qolsa, 4 bitda kodlanadi.

Masalan, «12345678» qatorini kodlash kerak bo‘lsin. Ketma-ketlik 123, 456 va 78 sonlariga ajratiladi. So‘ng har biri ikkilik ko‘rinishga o‘tkaziladi: 0001111011, 0111001000 va 1001110. Ular birlashtirilganda bitta bit oqimi hosil bo‘ladi: 000111101101110010001001110.

Harf-raqamli kodlash

Raqamli kodlashdan farqli ravishda, 2 ta belgini kodlash uchun 11 bit ma’lumot talab qilinadi. Belgilar ketma-ketligi 2 tadan guruhlarga bo‘linadi va har bir belgi «Harf-raqamli kodlashda belgilar qiymati» jadvaliga muvofiq kodlanadi. Birinchi belgi qiymati 45 ga ko‘paytiriladi, so‘ng ko‘paytmaga ikkinchi belgi qiymati qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan son 11 bitli ikkilik songa aylantirilib, bitlar ketma-ketligiga qo‘shiladi. Oxirgi guruhda bitta belgi qolsa, uning qiymati 6 bitli son bilan kodlanadi. Misolni ko‘rib chiqamiz: «PROOF». Belgilar ketma-ketligini quyidagi guruhlarga ajratamiz: PR, OO, F. Jadvaldan har bir guruhdagi belgilar uchun mos qiymatlarni topamiz: PR — (25,27), OO — (24,24), F — (15). Har bir guruh qiymatini hisoblaymiz: 25 × 45 + 27 = 1152, 24 × 45 + 24 = 1104, 15 = 15. Har bir qiymatni ikkilik ko‘rinishga o‘tkazamiz: 1152 = 10010000000, 1104 = 10001010000, 15 = 001111. Ularni yagona ketma-ketlikka birlashtiramiz: 1001000000010001010000001111.

Baytli kodlash

Ushbu kodlash usuli bilan istalgan belgini kodlash mumkin. Kiruvchi belgilar oqimi mos kodlash tizimlaridan birida (tavsiya etilgani — UTF-8) kodlanadi, so‘ng ikkilik ko‘rinishga o‘tkazilib, yagona bit oqimiga birlashtiriladi.

Masalan, «Мир» so‘zini Unicode (HEX) formatida UTF-8 yordamida kodlaymiz: М — D09C; и — D0B8; р — D180. Har bir qiymatni ikkilik sanoq tizimiga o‘tkazamiz: D0 = 11010000, 9C = 10011100, D0 = 11010000, B8 = 10111000, D1 = 11010001 va 80 = 10000000; barchasini bitta bit oqimiga birlashtiramiz: 11010000 10011100 11010000 10111000 11010001 10000000.

Kanji

Iyerogliflarni (boshqa belgilar kabi) kodlashning asosida iyerogliflar tasviri va ularning kodlaridan iborat ko‘rish mumkin bo‘lgan jadval yoki ro‘yxat yotadi. Bunday jadval «belgilar to‘plami» (character set) deb ataladi. Yapon tili uchun ikkita belgilar jadvali ayniqsa muhim: JIS 0208:1997 va JIS 0212:1990. Ikkinchi jadval birinchisini to‘ldiradi. JIS 0208:1997 har birida 94 ta belgi bo‘lgan 94 sahifaga ajratilgan. Masalan, 4-sahifa — hiragana, 5-sahifa — katakana, 7-sahifa — kirill yozuvi, 16—43-sahifalar — 1-darajali kanji, 48—83-sahifalar — 2-darajali kanji. 1-darajali kanji («JIS daiiti suydzyun kanji») on o‘qilishi bo‘yicha tartiblangan. 2-darajali kanji («JIS daini suydzyun kanji») kalit belgilari bo‘yicha, ularning ichida esa chiziqlar soniga qarab tartiblangan.

Xizmat ma’lumotlarini qo‘shish

Kod versiyasi va kodlash usuli aniqlangandan so‘ng xatolarni tuzatish darajasini tanlash kerak. Jadvalda QR-kodning turli versiyalari uchun tuzatish darajalarining maksimal qiymatlari keltirilgan. Xatolarni tuzatish uchun Rid — Solomon kodi 8 bitli kod so‘zi bilan qo‘llanadi.

Jadval. Ma’lumotlarning maksimal miqdori.
Qator — tuzatish darajasi, ustun — versiya raqami.

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20
L 152 272 440 640 864 1088 1248 1552 1856 2192 2592 2960 3424 3688 4184 4712 5176 5768 6360 6888
M 128 224 352 512 688 864 992 1232 1456 1728 2032 2320 2672 2920 3320 3624 4056 4504 5016 5352
Q 104 176 272 384 496 608 704 880 1056 1232 1440 1648 1952 2088 2360 2600 2936 3176 3560 3880
H 72 128 208 288 368 480 528 688 800 976 1120 1264 1440 1576 1784 2024 2264 2504 2728 3080
21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40
L 7456 8048 8752 9392 10208 10960 11744 12248 13048 13880 14744 15640 16568 17528 18448 19472 20528 21616 22496 23648
M 5712 6256 6880 7312 8000 8496 9024 9544 10136 10984 11640 12328 13048 13800 14496 15312 15936 16816 17728 18672
Q 4096 4544 4912 5312 5744 6032 6464 6968 7288 7880 8264 8920 9368 9848 10288 10832 11408 12016 12656 13328
H 3248 3536 3712 4112 4304 4768 5024 5288 5608 5960 6344 6760 7208 7688 7888 8432 8768 9136 9776 10208

Xatolarni tuzatish darajasi tanlangandan so‘ng xizmat maydonlarini qo‘shish kerak. Ular kodlash bosqichida olingan bitlar ketma-ketligidan oldin yoziladi. Bu maydonlarda kodlash usuli va ma’lumotlar miqdori ko‘rsatiladi. Kodlash usulini bildiruvchi maydonning qiymati 4 bitdan iborat bo‘lib, o‘zgarmaydi va qaysi kodlash usuli ishlatilganini ko‘rsatuvchi belgi vazifasini bajaradi. Uning qiymatlari quyidagicha:

  • 0001 — raqamli kodlash uchun,
  • 0010 — harf-raqamli kodlash uchun va
  • 0100 — baytma-bayt kodlash uchun.

Misol:

Oldingi baytli kodlash misolida «Мир» so‘zi kodlangan va quyidagi ikkilik kodlar ketma-ketligi hosil bo‘lgan edi:

11010000 10011100 11010000 10111000 11010001 10000000 — jami 48 bit ma’lumot.

Aytaylik, yo‘qolgan ma’lumotning 30 % ini tiklash imkonini beradigan H xatolarni tuzatish darajasi kerak. Ma’lumotlarning maksimal miqdori jadvalidan QR-kodning optimal versiyasi tanlanadi (bu holatda 1-versiya: H tuzatish darajasida 72 bit foydali ma’lumotni kodlash imkonini beradi).

Kodlash usuli haqidagi ma’lumot: baytma-bayt kodlashga 0100 maydoni mos keladi.

Ma’lumotlar miqdorini ko‘rsatish (raqamli va harf-raqamli kodlashda — belgilar soni, baytma-bayt kodlashda — baytlar soni): mazkur ketma-ketlik 6 bayt ma’lumotdan iborat (ikkilik sanoq tizimida: 110).

Jadvalga ko‘ra ikkilik sonning kerakli uzunligi 8 bit. Yetishmayotgan nollar qo‘shiladi: 00000110.

1–9-versiyalar 10–26-versiyalar 27–40-versiyalar
Raqamli 10 bit 12 bit 14 bit
Harf-raqamli 9 bit 11 bit 13 bit
Baytma-bayt 8 bit 16 bit 16 bit

Barcha ma’lumotlar <kodlash usuli> <ma’lumotlar miqdori> <ma’lumotlar> tartibida yoziladi. Natijada quyidagi bitlar ketma-ketligi hosil bo‘ladi:

0100 00000110 11010000 10011100 11010000 10111000 11010001 10000000.

Bloklarga ajratish

Baytlar ketma-ketligi QR-kod versiyasi va xatolarni tuzatish darajasiga bog‘liq ravishda muayyan sondagi bloklarga ajratiladi. Ularning soni «Bloklar soni» jadvalida ko‘rsatilgan. Agar bitta blok bo‘lsa, bu bosqichni o‘tkazib yuborish mumkin. Versiya oshgan sari esa maxsus bloklar qo‘shiladi.

Avval har bir blokdagi baytlar (ma’lumotlar) soni aniqlanadi. Buning uchun baytlarning umumiy soni ma’lumot bloklari soniga bo‘linadi. Natija butun son bo‘lmasa, bo‘lishdagi qoldiq aniqlanadi. Qoldiq barcha bloklar ichidan nechta blokka qo‘shimcha bayt qo‘shilishini bildiradi (bunday bloklarda qolgan bloklarga nisbatan bir bayt ko‘proq bo‘ladi). Kutilganidan farqli ravishda, qo‘shimcha bayt oladigan bloklar birinchi emas, oxirgi bloklardir. Shundan so‘ng bloklar ketma-ket to‘ldiriladi.

Masalan, 9-versiya va M tuzatish darajasida ma’lumot hajmi 182 bayt, bloklar soni esa 5 ta. Ma’lumot baytlari sonini bloklar soniga bo‘lsak, 36 bayt va 2 bayt qoldiq hosil bo‘ladi. Demak, ma’lumot bloklarining o‘lchamlari quyidagicha: 36, 36, 36, 37, 37 (bayt). Agar qoldiq bo‘lmaganida, barcha 5 ta blokning har biri 36 baytdan iborat bo‘lardi.

Blok ma’lumotlar baytlari bilan to‘liq to‘ldiriladi. Joriy blok to‘lgach, navbat keyingi blokka o‘tadi. Ma’lumot baytlari barcha bloklarni aniq to‘ldirishga yetishi, ortib ham, kam qolib ham ketmasligi kerak.

Xatolarni tuzatish baytlarini yaratish

Bu jarayon Rid — Solomon algoritmiga asoslanadi. U QR-kodning har bir ma’lumot blokiga qo‘llanishi kerak. Dastlab qancha tuzatish bayti yaratish zarurligi aniqlanadi, so‘ng shu miqdor asosida hosil qiluvchi ko‘phad tuziladi. Har bir blok uchun tuzatish baytlari soni tanlangan kod versiyasi va xatolarni tuzatish darajasiga qarab belgilanadi (jadvalda keltirilgan).

Jadval. Bir blok uchun tuzatish baytlari soni
Qator — tuzatish darajasi, ustun — versiya raqami.
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40
L7101520261820243018202426302224283028282828303026283030303030303030303030303030
M10162618241618222226302222242428282626262628282828282828282828282828282828282828
Q13221826182418222024282624203024282826302830303030283030303030303030303030303030
H17282216222826262428242822242430282826283024303030303030303030303030303030303030

Tuzatish baytlari soniga qarab hosil qiluvchi ko‘phad aniqlanadi (jadvalda keltirilgan).


Jadval. Hosil qiluvchi ko‘phadlar.
Tuzatish baytlari soniHosil qiluvchi ko‘phad
787, 229, 146, 149, 238, 102, 21
10251, 67, 46, 61, 118, 70, 64, 94, 32, 45
1374, 152, 176, 100, 86, 100, 106, 104, 130, 218, 206, 140, 78
158, 183, 61, 91, 202, 37, 51, 58, 58, 237, 140, 124, 5, 99, 105
16120, 104, 107, 109, 102, 161, 76, 3, 91, 191, 147, 169, 182, 194, 225, 120
1743, 139, 206, 78, 43, 239, 123, 206, 214, 147, 24, 99, 150, 39, 243, 163, 136
18215, 234, 158, 94, 184, 97, 118, 170, 79, 187, 152, 148, 252, 179, 5, 98, 96, 153
2017, 60, 79, 50, 61, 163, 26, 187, 202, 180, 221, 225, 83, 239, 156, 164, 212, 212, 188, 190
22210, 171, 247, 242, 93, 230, 14, 109, 221, 53, 200, 74, 8, 172, 98, 80, 219, 134, 160, 105, 165, 231
24229, 121, 135, 48, 211, 117, 251, 126, 159, 180, 169, 152, 192, 226, 228, 218, 111, 0, 117, 232, 87, 96, 227, 21
26173, 125, 158, 2, 103, 182, 118, 17, 145, 201, 111, 28, 165, 53, 161, 21, 245, 142, 13, 102, 48, 227, 153, 145, 218, 70
28168, 223, 200, 104, 224, 234, 108, 180, 110, 190, 195, 147, 205, 27, 232, 201, 21, 43, 245, 87, 42, 195, 212, 119, 242, 37, 9, 123
3041, 173, 145, 152, 216, 31, 179, 182, 50, 48, 110, 86, 239, 96, 222, 125, 42, 173, 226, 193, 224, 130, 156, 37, 251, 216, 238, 40, 192, 180

Hisoblash dastlabki ma’lumotlar massividagi qiymatlar va hosil qiluvchi ko‘phad qiymatlari asosida, siklning har bir qadami uchun alohida bajariladi.

Ma’lumot bloklarini birlashtirish

Bu bosqichda ikkita tayyor bloklar to‘plami mavjud: dastlabki ma’lumot bloklari va oldingi bosqichda yaratilgan tuzatish bloklari. Ularni yagona bayt oqimiga birlashtirish kerak. Bunda birinchi ma’lumot blokidan boshlab oxirgisigacha har bir blokdan navbat bilan bittadan bayt olinadi. Navbat oxirgi blokka yetgach, undan bir bayt olinadi va yana birinchi blokka qaytiladi. Shu tariqa barcha bloklardagi baytlar tugaguncha davom etiladi. Ayrim istisnolar bor: agar joriy blokda bayt qolmagan bo‘lsa, u o‘tkazib yuboriladi (masalan, odatiy bloklar bo‘shab, qo‘shimcha baytli bloklarda bittadan bayt qolganida). Tuzatish baytlari bloklari ham xuddi shunday birlashtiriladi. Ularning tartibi tegishli ma’lumot bloklari tartibiga mos keladi.

Natijada quyidagi ma’lumotlar ketma-ketligi hosil bo‘ladi: <1-bayt 1-ma’lumot blokidan><1-bayt 2-ma’lumot blokidan>…<1-bayt n-ma’lumot blokidan><2-bayt 1-ma’lumot blokidan>…<(m — 1)-bayt 1-ma’lumot blokidan>…<(m — 1)-bayt n-ma’lumot blokidan><m-bayt k-ma’lumot blokidan>…<m-bayt n-ma’lumot blokidan><1-bayt 1-tuzatish blokidan><1-bayt 2-tuzatish blokidan>…<1-bayt n-tuzatish blokidan><2-bayt 1-tuzatish blokidan>…<l-bayt 1-tuzatish blokidan>…<l-bayt n-tuzatish blokidan>.

Bu yerda n — ma’lumot bloklari soni, m — oddiy ma’lumot bloklaridagi har bir blokka to‘g‘ri keladigan baytlar soni, l — tuzatish baytlari soni, k — ma’lumot bloklari sonidan qo‘shimcha baytli ma’lumot bloklari (1 bayt ortiq bo‘lganlari) sonini ayirgandagi qiymat.

Ma’lumotlarni kod maydoniga joylashtirish bosqichi

QR-kodda majburiy maydonlar mavjud. Ular kodlangan foydali ma’lumotni emas, balki kodni ochish uchun zarur axborotni saqlaydi. Bular:

  • Joylashuvni aniqlash naqshlari
  • Tekislash naqshlari
  • Sinxronlashtirish yo‘laklari
  • Niqob va tuzatish darajasi kodi
  • Versiya kodi (7-versiyadan boshlab)

shuningdek, kod atrofidagi majburiy bo‘sh chekka. Bu chekka oq modullardan iborat hoshiya bo‘lib, eni 4 modulga teng.

Joylashuvni aniqlash naqshlari — pastki o‘ng burchakdan tashqari qolgan uchta burchakdagi 3 ta kvadrat. Ular kodning joylashuvini aniqlash uchun xizmat qiladi. Har biri 3×3 qora moduldan iborat kvadratdan tuzilgan bo‘lib, uning atrofida eni 1 modul bo‘lgan oq hoshiya, undan keyin yana eni 1 modul bo‘lgan qora hoshiya joylashadi. Kodning qolgan qismidan uni eni 1 modul bo‘lgan oq yarim hoshiya ajratadi. Natijada har bir naqshning umumiy o‘lchami 8×8 modul bo‘ladi.

Tekislash naqshlari — ikkinchi versiyadan boshlab paydo bo‘ladi. Ular kodni qo‘shimcha ravishda barqarorlashtirish va dekodlashda uning o‘rnini aniqroq belgilash uchun ishlatiladi. Naqsh markazida 1 ta qora modul, uning atrofida eni 1 modul bo‘lgan oq hoshiya, undan keyin esa eni 1 modul bo‘lgan qora hoshiya joylashadi. Tekislash naqshining yakuniy o‘lchami 5×5 modul. Bunday naqshlar versiya raqamiga qarab turli o‘rinlarga joylashtiriladi. Ular joylashuvni aniqlash naqshlari ustiga tushmasligi kerak. Quyidagi jadvalda markaziy qora modulning joylashuvi berilgan: raqamlar gorizontal va vertikal yo‘nalishlar uchun mumkin bo‘lgan koordinatalarni bildiradi. Modullar ana shu koordinatalar kesishgan nuqtalarda joylashadi. Hisoblash yuqori chap tugundan boshlanadi, uning koordinatalari (0,0).

1234567891011121314151617181920
-18222630346, 22, 386, 24, 426, 26, 466, 28, 506, 30, 546, 32, 586, 34, 626, 26, 46, 666, 26, 48, 706, 26, 50, 746, 30, 54, 786, 30, 56, 826, 30, 58, 866, 34, 62, 90
2122232425262728293031323334353637383940
6, 28, 50, 72, 946, 26, 50, 74, 986, 30, 54, 78, 1026, 28, 54, 80, 1066, 32, 58, 84, 1106, 30, 58, 86, 1146, 34, 62, 90, 1186, 26, 50, 74, 98, 1226, 30, 54, 78, 102, 1266, 26, 52, 78, 104, 1306, 30, 56, 82, 108, 1346, 34, 60, 86, 112, 1386, 30, 58, 86, 114, 1426, 34, 62, 90, 118, 1466, 30, 54, 78, 102, 126, 1506, 24, 50, 76, 102, 128, 1546, 28, 54, 80, 106, 132, 1586, 32, 58, 84, 110, 136, 1626, 26, 54, 82, 110, 138, 1666, 30, 58, 86, 114, 142, 170

Sinxronlashtirish yo‘laklari modullarning o‘lchamini aniqlash uchun ishlatiladi. Ular burchak shaklida joylashadi: birinchi yo‘lak pastki chapdagi joylashuvni aniqlash naqshidan (qora hoshiyaning chetidan, oq modulni tashlab o‘tib) boshlanib, yuqori chapdagi naqshgacha boradi. U yerdan xuddi shu qoidaga ko‘ra ikkinchi yo‘lak boshlanib, yuqori o‘ngdagi naqshda tugaydi. Yo‘lak tekislash naqshiga to‘g‘ri kelsa, tekislash naqshi o‘zgarmasligi kerak. Sinxronlashtirish yo‘laklari navbatma-navbat joylashgan qora va oq modullardan iborat chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi.

Niqob va tuzatish darajasi kodi joylashuvni aniqlash naqshlari yonida joylashadi: yuqori o‘ngdagi naqshning ostida (8 modul) va pastki chapdagi naqshning o‘ngida (7 modul). Shuningdek, u yuqori chapdagi naqshning ikkala yonida takrorlanadi; sinxronlashtirish yo‘laklari o‘tgan 7-katakda bo‘sh joy qoldiriladi. Bunda gorizontal kod vertikal qismga, vertikal kod esa gorizontal qismga ko‘chiriladi.

Versiya kodi kod versiyasini aniqlash uchun kerak. U yuqori o‘ngdagi naqshning chapida va pastki chapdagi naqshning tepasida joylashadi hamda takrorlanadi. Takrorlashda yuqoridagi kodning ko‘zgu aksini soat miliga teskari yo‘nalishda 90 darajaga aylantirishadi. Quyidagi jadvalda kodlar keltirilgan: 1 — qora modul, 0 — oq modul.

Versiya7891011121314151617181920212223
Versiya kodi000010 011110 100110010001 011100 111000110111 011000 000100101001 111110 000000001111 111010 111100001101 100100 011010101011 100000 100110110101 000110 100010010011 000010 011110011100 010001 011100111010 010101 100000100100 110011 100100000010 110111 011000000000 101001 111110100110 101101 000010111000 001011 000110011110 001111 111010
2425262728293031323334353637383940
001101 001101 100100101011 001001 011000110101 101111 011100010011 101011 100000010001 110101 000110110111 110001 111010101001 010111 111110001111 010011 000010101000 011000 101101001110 011100 010001010000 111010 010101110110 111110 101001110100 100000 001111010010 100100 110011001100 000010 110111101010 000110 001011111001 000100 010101

Ma’lumotlarni kiritish

Qolgan maydon eni 2 moduldan iborat ustunchalarga bo‘linib, ma’lumotlar ularga ilonizi yo‘nalishida joylashtiriladi. Dastlab birinchi ma’lumot biti pastki o‘ng katakka, keyingisi uning chapidagi katakka, navbatdagisi esa birinchi katakning yuqorisidagiga va shu tarzda yoziladi. Ustunchalar avval pastdan yuqoriga, so‘ng yuqoridan pastga qarab to‘ldiriladi. Chegaralarga kelganda bitlar bir ustunning chetki katagidan qo‘shni ustunning chetki katagiga o‘tkaziladi va pastga yo‘nalgan «ilonizi» shaklidagi harakat hosil bo‘ladi. Agar ma’lumot yetarli bo‘lmasa, kataklar shunchaki bo‘sh (oq modullar) qoldiriladi. Bunda har bir modulga niqob qo‘llanadi.

Adabiyotlar

  • Bugayev L. Mobil marketing. Mobil dunyoda biznesingizga qanday turtki berish mumkin. — M.: Alpina Pablisher, 2012. — 214 b. — ISBN 978-5-9614-2222-1.
  • GOST R ISO/IEC 18004-2015. Axborot texnologiyalari. Avtomatik identifikatsiyalash va ma’lumotlarni yig‘ish texnologiyalari. QR Code shtrix-kodi belgilar tizimining spetsifikatsiyasi

Havolalar