
Produtsentlar (lotincha producens — «yaratuvchi») — organizmlar bo‘lib, ular organik moddalarni noorganik moddalardan hosil qila oladi. Bularga barcha avtotroflar kiradi.
Bularga asosan yashil o‘simliklar kiradi (ular noorganik moddalardan organik moddalarni fotosintez jarayonida sintez qiladi), biroq ayrim turdagi bakteriyalar-xemotroflar quyosh nurisiz ham sof kimyoviy yo‘l bilan organik moddalarni sintez qilishga qodir.
Produtsentlar oziq zanjirining birinchi bo‘g‘inidir.