Peruja haqida

Aholi punkti
Peruja
ital. Perugia
Площадь 4 Ноября с Палаццо дей Приори и фонтаном Маджоре
4-noyabr maydoni, Priorlar saroyi va Majore favvorasi
43°07′00″ sh. k. 12°23′00″ sh. u.HGYaO
Mamlakat  Italiya
Mintaqa Umbriya
Provinsiya Peruja
Kommuna Peruja
Mer Vittoriya Ferdinandi
Tarixi va geografiyasi
Maydoni 44,95 km²
Markazining dengiz sathidan balandligi 493 m
Iqlim turi subtropik
Vaqt mintaqasi UTC+1:00, yozda UTC+2:00
Aholisi
Aholi soni 162 070 kishi (2023)
Aholi zichligi 369,71 kishi/km²
Aholisining nomlanishi perujalik erkak, perujalik ayol, perujaliklar
Rasmiy til italyan tili
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +39 075
Pochta indeksi 06100
Avtomobil kodi PG
ISTAT 054039
Boshqa ma’lumotlar
Shahar kuni 29-yanvar

comune.perugia.it  (ital.)
Перуджа на карте
Перуджа
Peruja
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Peruja (ital. Perugia Xalqaro fonetik alifbo: [peˈruʤa]fayl haqida, lot. Perusia) — Italiyadagi Umbriya mintaqasining poytaxti, Umbriya, mintaqasi hamda shu nomdagi provinsiyaning ma’muriy markazi. Shahar tepaliklar tizmasida joylashgan bo‘lib, u yerdan Tibr daryosi vodiysi hamda Trazimeno ko‘li manzarasi ko‘rinadi.

Kommuna aholisi 162 070 kishini tashkil etadi (2023).

Tarix

Taxminlarga ko‘ra, shaharga umbrlarasos solgan. Shahar tarixiy manbalarda ilk bor 12 ittifoqchi shahardan biri sifatida Etruriyatarkibida qayd etilgan. Miloddan avvalgi 310-yildan boshlab u Rim mustamlakasi — Peruziyadeb atalgan. Miloddan avvalgi 41—40-yillarda Peruziya urushi davrida Oktavian bilan Mark Antoniy o‘rtasidagi kurash oqibatida shahar yoqib yuborilgan. 592-yilda u langobardlar knyazligining markaziga aylangan.

Pyatssa-Grande maydoni (keyinchalik 4-noyabr maydoni). 1859-yil.

O‘rta asrlarda Perujada Oddi va Balyoni oilalarining shahar ustidan hukmronlik uchun kurashi sababli ko‘plab qonli birodarkushliklar yuz bergan. Butun Italiya siyosatida rasman mustaqil bo‘lgan shahar odatda papalik tomonini qo‘llagan (qarang: gvelflar). XIII asrda Rim papalari o‘zlariga sodiq shahar devorlari ortidan bir necha bor boshpana topgan; bu yerda beshta konklav o‘tkazilgan.

Uyg‘onish davrida shahar Umbriya rassomlik maktabivakillari, jumladan, Perujino va Rafael Santikabi san’atkorlari bilan mashhur bo‘lgan. XV asr boshlarida Peruja uchun milanlik Viskontilar va Neapol hukmdorlari kurash olib borgan; 1416-yildan 1424-yilgacha shaharda kondotyer (yollanma qo‘shin sarkardasi) Brachcho da Montone hukmronlik qilgan.

1540yilda Pyerluiji Farneze Balyonilar sulolasining so‘nggi vakilini mag‘lub etgan, shundan so‘ng papalik shaharni Papa davlatitarkibiga qo‘shishga erishgan. Fransuzlar 1797yil fevralida Perujani qisqa muddatga Tiberina respublikasipoytaxtiga aylantirgan. XIX asrda shahar bir necha bor zilzilalardan zarar ko‘rgan.

Shaharning homiy avliyolari sifatida quyidagilar e’zozlanadi: Perujalik Konstantiy(xotira kuni: 29-yanvar), Gerkulafl va Lavrentiy.

Peruja 1493-yilda. Ksilografiya — «Nyurnberg yilnomasi»dan

Diqqatga sazovor joylar

Qadimgi etrusklar davridan Perujada uchta darvozasi bo‘lgan devor qismlari va bir qancha dafn xonalari, ya’ni gipogeylar saqlanib qolgan.

Shahar markazi 4-noyabr maydonidir (ilgari Pyatssa-Grande deb atalgan va Birinchi jahon urushidan keyin Milliy birlik va qurolli kuchlar kunisharafiga qayta nomlangan). Maydonda mashhur Majore favvorasi (1275─1278) joylashgan bo‘lib, u mifologik mavzulardagi bo‘rtma tasvirlar bilan bezatilgan.

Maydonga o‘rta asrlarga oid shahar hokimiyati binosi — Palazzo-dey-Priori (1293─1297)ning old tomoni qaragan; binoning bir qismi san’at muzeyi (Umbriya milliy galereyasi) sifatida foydalaniladi. Shuningdek, maydonda Avliyo Lavrentiy sobori (1345—1430) joylashgan, unda nikoh uzugi — Bibi Maryamga tegishli yodgorlik (Perujadagi Muqaddas uzuk) saqlanadi.

XX asr boshlarida shaharga tashrif buyurgan san’atshunos Pavel Muratov Perujani me’moriy jihatdan uncha boy bo‘lmagan shahar deb ta’riflagan: «Tarix vulqoni otilib chiqqan lava qatlamlari orasidan o‘yib ochilgandek tuyuladigan tor ko‘chalardan o‘tar ekan, sayyoh bu yerda faqat chet ellik usta qo‘li bilan yaratilgan narsalar oldidagina hayratdan to‘xtaydi». Shunga qaramay, shaharda qadimiy ibodatxonalar juda ko‘p:

Sobiq dominikan rohibalari monastirida hozir qadimiy osori-atiqalar, jumladan, etrusklarmadaniyatiga oid yodgorliklar namoyish etiladi. Sobiq olivetan rohiblari monastiri Peruja universitetigaberilgan; u Yevropadagi eng qadimiy universitetlardan biridir (1307). Yana bir universitet Gallenga saroyida joylashgan.

Perujaga sayyohlarni rang-barang bayramlar jalb qiladi. Ular orasida har yili iyul oyida o‘tkaziladigan «Umbriya Jazz» (ital. Umbria Jazz) musiqa festivali va har yilgi kuzgi[ingl.] shokolad festivali alohida o‘rin tutadi.

Peruja — dunyodagi o‘z metrosiga ega eng kichik shaharlardan biridir. Peruja minimetrosi qurilgan sana — 2008-yil yanvar oyi; uning uzunligi 4 km.

Qardosh shaharlar

Havolalar