| Shahar | |||||
| Kembrij | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| ingl. Cambridge | |||||
| Qirollik kolleji kapellasi | |||||
|
|||||
| 52°12′29″ sh. k. 0°07′21″ sh. u.HGЯO | |||||
| Mamlakat |
|
||||
| Mintaqa | Sharqiy Angliya | ||||
| Graflik | Kembrijshir | ||||
| Lord-mer | Rassel Makferson[ingl.] | ||||
| Tarix va geografiya | |||||
| Asos solingan | I asr | ||||
| Avvalgi nomlari |
gacha 400 — Duroliponte gacha 1000 — Grantebrycge gacha 1100 — Grentabrige yoki Cantebrigge |
||||
| Shahar maqomi dan | 1951 | ||||
| Maydoni | 40,7 km² | ||||
| Markazining dengiz sathidan balandligi | 6 m | ||||
| Vaqt mintaqasi | UTC±0:00, yozda UTC+1:00 | ||||
| Aholisi | |||||
| Aholisi | 124,798 kishi (2019) | ||||
| Aglomeratsiya aholisi | 130 000 | ||||
| Milliy tarkibi |
74,5 % oq tanli britaniyaliklar 1,4 % oq tanli irlandlar 9,6 % boshqa oq tanlilar 2,2 % aralash irq vakillari 5,2 % osiyolik britaniyaliklar 5,0 % xitoyliklar va boshqalar 2.2 % qora tanli britaniyaliklar |
||||
| Rasmiy til | ingliz tili * | ||||
| Raqamli identifikatorlar | |||||
| Telefon kodi | +44 1223 | ||||
| Pochta indeksi | CB | ||||
|
|
|||||
| cambridge.gov.uk (ingl.) | |||||
Kembrij (ingl. Cambridge, [ˈkeɪmbɹɪdʒ], soʻzma-soʻz: «daryo ustidagi koʻprik — Kam») — Buyuk Britaniyadagi shahar boʻlib, Sharqiy Angliya va graflik Kembrijshirning maʼmuriy markazi hisoblanadi. U alohida tuman sifatida ajratilgan, «siti» maqomiga ega. Shahar metropoliten boʻlmagan graflik Kembrijshirning janubiy qismida joylashgan va Yevropaning eng qadimiy universitet markazlaridan biri hisoblanadi. Shaharda dunyoning eng yaxshi universitetlaridan biri joylashgan boʻlib, u bilan 87 nafar Nobel mukofoti sovrindorining faoliyati bogʻliq.
Kembrij metropoliten boʻlmagan graflik Kembrijshirning tumaniga 1974-yilgi maʼmuriy islohot natijasida aylandi. Bungacha u Kembrijshir va Ayl-of-Ili maʼmuriy grafligi tarkibidagi tuman edi. Shahar 40 km² maydonni egallaydi va barcha tomondan Janubiy Kembrijshir tumani bilan chegaradosh. Shaharda 124 798 kishi istiqomat qiladi (2019-yil holatiga koʻra).
2020-yil may oyidan buyon mer lavozimini Rassel Makferson[ingl.] egallab kelmoqda (2-muddat).
Geografiya
Londondan 70 km shimolda, Kam daryosi (Greyt-Uz daryosining irmogʻi) boʻyida joylashgan. Hududining maydoni 41 km² (Angliyaning maʼmuriy tumanlari orasida 316-oʻrin).
Tarix
Bu hududlarda odamlar tarixdan oldingi davrlardan buyon yashab kelgan. Rim davrida hozirgi shahar oʻrnida Kasl-Hill tepaligida joylashgan Duroliponte qalʼasi (lot. Duroliponte) boʻlgan.
Kembrij haqidagi eng qadimgi yozma maʼlumot 730-yilga tegishli. 1068-yilda Vilgelm Fotih Kembrijda qalʼa barpo ettirdi. 1349-yilda shahar aholisi vabo pandemiyasidan aziyat chekdi. Angliyadagi fuqarolar urushi davrida Kembrij parlament kuchlarining muhim tayanch nuqtasi boʻlgan. XIX asrda shahar faol oʻsib, rivojlangan. Kembrijga temiryoʻl 1845-yilda tortilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida shahar Germaniya aviatsiyasi bombardimonlariga deyarli uchramagan va 7000 nafar londonlik uchun boshpana boʻlgan. Kembrij tarixiy Kembrijshir grafligining qadimiy markazi hisoblanadi. Bu graflik 1889-yilgi islohot natijasida Kembrijshir maʼmuriy grafligi va Ayl-of-Ili, ular keyinchalik Kembrijshir va Ayl-of-Ili maʼmuriy grafligiga 1965-yilda birlashtirilgan. 1974-yilda esa Kembrijshir va Ayl-of-Ili maʼmuriy grafligi Hantingdon va Piterboro maʼmuriy grafligi bilan qoʻshilib, hozir ham mavjud boʻlgan metropoliten boʻlmagan Kembrijshir grafligini tashkil etgan.
Demografiya

| Yil | Soni |
|---|---|
| 1749 | 6,131 |
| 1801 | 10,087 |
| 1811 | 11,108 |
| 1821 | 14,142 |
| 1831 | 20,917 |
| 1841 | 24,453 |
| 1851 | 27,815 |
| 1861 | 26,361 |
| 1871 | 30,078 |
| 1891 | 36,983 |
| 1901 | 38,379 |
| 1911 | 40,027 |
| 1921 | 59,212 |
| 1931 | 66,789 |
| 1951 | 81,500 |
| 1961 | 95,527 |
| 1971 | 99,168 |
| 1981 | 87,209 |
| 1991 | 107,496 |
| 2001 | 108,863 |
| 2011 | 123,900 |
Etnik tarkib
| Etnik guruh | Yil | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1991 | 2001 | 2011 | 2021 | |||||
| Soni | % | Soni | % | Soni | % | Soni | % | |
| Oq tanlilar: jami | 86,519 | 94.1% | 97,365 | 89.4% | 102,205 | 82.5% | 108,570 | 74.6% |
| Britaniyaliklar | – | – | 85,472 | 78.5% | 81,742 | 66.0% | 77,195 | 53.0% |
| Irlandlar | – | – | 1,708 | 1.6% | 1,767 | 1.4% | 1,885 | 1.3% |
| Siganlar yoki irland sayyorlari | – | – | – | – | 109 | 0.1% | 110 | 0.1% |
| Roma | – | – | – | – | – | – | 885 | 0.6% |
| Boshqalar | – | – | 10,185 | 9.4% | 18,587 | 15.0% | 28,495 | 19.6% |
| Osiyoliklar/osiyolik britaniyaliklar: jami | 3,371 | 3.7% | 6,410 | 5.9% | 13,618 | 11% | 21,626 | 14.9% |
| Hindlar | 906 | 1.0% | 1,952 | 1.8% | 3,413 | 2.8% | 5,916 | 4.1% |
| Pokistonliklar | 248 | 0.3% | 513 | 0.5% | 742 | 0.7% | 1,500 | 1.0% |
| Bangladeshliklar | 438 | 0.4% | 976 | 0.9% | 1,849 | 1.7% | 2,874 | 2.0% |
| Xitoyliklar | 909 | 1.0% | 2,325 | 2.1% | 4,454 | 3.6% | 6,362 | 4.4% |
| Boshqalar | 870 | 0.9% | 644 | 0.6% | 3,160 | 2.6% | 4,974 | 3.4% |
| Qora tanlilar/qora tanli britaniyaliklar: jami | 1,080 | 1.2% | 1,461 | 1.3% | 2,097 | 1.7% | 3,561 | 2.4% |
| Afrikaliklar | 315 | – | 786 | – | 1,300 | – | 2,519 | 1.7% |
| Karib havzasi aholisi | 454 | – | 547 | – | 598 | – | 639 | 0.4% |
| Boshqalar | 311 | – | 128 | – | 199 | – | 403 | 0.3% |
| Aralash etnik guruhlar/aralash kelib chiqishli britaniyaliklar: jami | – | – | 2,141 | 2% | 3,944 | 3.2% | 7,410 | 5.2% |
| Oq tanli va qora tanli karibliklar | – | – | 454 | – | 728 | – | 1,152 | 0.8% |
| Oq tanli va qora tanli afrikaliklar | – | – | 214 | – | 470 | – | 1,010 | 0.7% |
| Oq tanli va osiyoliklar | – | – | 735 | – | 1,501 | – | 2,987 | 2.1% |
| Boshqa aralash guruhlar | – | – | 738 | – | 1,245 | – | 2,261 | 1.6% |
| Jami | 963 | 1% | 1,486 | 1.4% | 2,003 | 1.6% | 4,507 | 3.1% |
| Arablar | – | – | – | – | 908 | – | 1,141 | 0.8% |
| Boshqa har qanday etnik guruh | 963 | 1% | 1,486 | 1.4% | 1,095 | – | 3,366 | 2.3% |
| Jami | 91,933 | 100% | 108,863 | 100% | 123,867 | 100% | 145,674 | 100% |
Siyosat
Kembrijni 42 deputatdan iborat shahar kengashi boshqaradi, ularning aʼzolari 14 ta saylov okrugidan saylangan. Soʻnggi saylov natijalariga koʻra, kengashdagi 28 ta oʻrinni liberal-demokratlar egallagan.
May (2007-yil) oyida Britaniya tarixida ilk bor oʻzining transgenderligini ochiq bildirgan transgender ayol Kembrij meri boʻldi. 45 yoshli Jenni Beyli shahar tarixidagi 801-mer boʻldi va bu lavozimda bir yil ishladi.
Madaniyat
Oʻrta asrlardanoq Kembrij muntazam shahar rejasiga va toʻrtburchak hovlilar atrofida joylashgan kollejlarning meʼmoriy ansambllariga ega boʻlgan. Kembrijda roman uslubidagi Muqaddas qabr dumaloq cherkovi (taxminan 1101—1130), kechki gotika uslubidagi Kingz-kollej kapellasi (1446—1515), klassitsizm uslubidagi Triniti-kollej kutubxonasi (1676—1684, meʼmor K. Ren) va universitet senati binosi (1722—1730, meʼmor J. Gibbs) joylashgan. Fitsuillyam muzeyida universitetning arxeologik va badiiy toʻplamlari saqlanadi.
Diqqatga sazovor joylar
Shaharda Gildholl nomli sakkiz yuz yillik tarixga ega bino joylashgan. 1224-yilda Genrix III bu binoni qamoqxona ehtiyojlari uchun topshirgan. Oradan koʻp yillar oʻtgach, qayta qurilgan bino shahar hokimiyati binosi sifatida foydalanilgan. Hozir bu yerda turli tadbirlar oʻtkaziladi.
Galereya
- Avliyo Benet cherkovi, Kembrijshirdagi eng qadimgi bino boʻlib, Korpus-Kristi kolleji yonida joylashgan
- Piterhaus Kembrij universitetida tashkil etilgan ilk kollejdir.
- 1575-yildagi Kembrij
- 2010-yildagi shahar saylov okruglari chegaralari aks ettirilgan, ustiga okruglarning pochta indekslari tushirilgan xarita.
- Kembrij shahri markazining havodan koʻrinishi
- Kembrij bozorining Buyuk Avliyo Mariya cherkovi minorasidan koʻrinishi
- Kembrijshir avtobus yoʻnalishidagi sayyohlik avtobusi
- Angliya Raskin universiteti XIX asrdagi Kembrij sanʼat maktabi negizida rivojlangan. Maktab 1858-yilda pedagog va sanʼat arbobi Jon Ryoskin tomonidan ochilgan.
- Parker maydoni
- Kembrij don birjasi
- Qulupnay yarmarkasi
- Buyuk Avliyo Mariya cherkovi Kembrij markazini, Senat binosi esa chap tomonda universitet markazini belgilaydi. Gonvill va Kiz kolleji orqa fonda joylashgan.
- Uesli metodistlar cherkovi
- Kasl-stritdagi metodistlar cherkovi
- Atrium: Kembrij markaziy masjidi, Mill-roudga qaragan koʻrinish
Panoramalar
Havolalar
- cambridge.gov.uk (ingl.) (ingl.) — shahar kengashining rasmiy sayti
- Kembrij (Angliya) va uning sayyohlik maskanlari
- Vikisayohatdan Kembrij boʻyicha qoʻllanma
- Kembrij sayyohlik axborot markazi
- The Cambridge Evening News gazetasi
- Kembrij hududi boʻyicha qoʻllanma — Kembrijga oid resurslarning katta toʻplami.
- Kembrij 2000 — Kembrij meʼmorchiligiga oid fotosuratlarning katta toʻplami
- Rangli Kembrij — Kembrijning tungi va kam yorugʻlikda olingan fotosuratlari toʻplami
- Kembrij onlayn — Kembrij aholisi qoʻshgan minglab mahalliy maʼlumot sahifalaridan iborat batafsil shahar qoʻllanmasi va maʼlumotnoma
- Kembrij (Buyuk Britaniya) veb-qoʻllanmasi Arxiv nusxasi 6-aprel (2006-yil) kuni Wayback Machine — Kembrij (Buyuk Britaniya) veb-saytlari
- Kembrij bozori maydoni veb-kamerasi — CamPlus saytidagi bozor maydoni veb-kamerasi
- Interaktiv aerofotosurat va xarita
- Google Xaritalardagi Kembrij
- Kembrij universiteti

