

Paramagnetiklar — tashqi magnit maydonida uning yo‘nalishi bo‘ylab magnitlanadi (J↑↑H) va musbat magnit qabul qiluvchanlikka ega, ammo uning qiymati birdan ancha kichik. Paramagnetiklar kuchsiz magnit xususiyatli moddalarga kiradi, magnit singdiruvchanligi birdan biroz farq qiladi .
«Paramagnetizm» atamasini 1848-yilda Maykl Faradey kiritgan; u barcha moddalarni quyidagi guruhlarga ajratgan: ferromagnit, diamagnit, paramagnit, speromagnit (сперомагнитные; asperomagnetik) va ferrimagnit (miktomagnetik; миктомагнетики).
Paramagnetik molekulalar o‘z magnit momentlariga ega bo‘ladi. Ular tashqi maydonlar ta’sirida maydon yo‘nalishi bo‘ylab joylashib, natijaviy magnit maydonini hosil qiladi; bu maydon tashqi maydondan kuchliroq bo‘ladi. Paramagnetiklar magnit maydoniga tortiladi. Tashqi magnit maydoni bo‘lmaganda paramagnetik magnitlanmagan bo‘ladi, chunki issiqlik harakati tufayli atomlarning xususiy magnit momentlari butunlay tartibsiz yo‘nalgan bo‘ladi.
Paramagnetiklarga alyuminiy (), platina (), samariy () va boshqa ko‘plab metallar (ishqoriy va ishqoriy-yer metallar, shuningdek, ushbu metallarning qotishmalari), kislorod (), azot oksidi (), marganes oksidi (), temir(III) xlorid () va boshqa moddalar kiradi.
Ferromagnit va antiferromagnit moddalar mos ravishda Kyuri haroratidan yoki Néel haroratidan yuqori haroratlarda paramagnetik holatga o‘tadi (Néel harorati paramagnetik holatga fazaviy o‘tish haroratidir).
Xususiyatlari
- Magnit qabul qiluvchanligi paramagnetiklarda musbat bo‘lib, birdan biroz kichik.
- Uncha yuqori bo‘lmagan haroratlarda paramagnetiklar o‘z-o‘zidan magnitlanganlikka ega bo‘ladi; bu magnitlanganlik tashqi ta’sirlar ostida keskin o‘zgaradi.
- Kuchli magnit maydoni mavjud bo‘lganda paramagnetiklar magnitga tortiladi, ammo bunday maydon bo‘lmaganda tortilmaydi.
| Modda | Magnit qabul qiluvchanligi, χm (×10−5) |
|---|---|
| Volfram | 7,8 |
| Seziy | 6,1 |
| Alyuminiy | 3,2 |
| Litiy | 2,4 |
| Magniy | 2,2 |
| Natriy | 3,72 |
Adabiyotlar
Qo‘shimcha adabiyotlar
- Tolstoy N. A., Spartakov A. A. Magnitizmning yangi turi — aromagnetizm (аромагнетизм) // JETF xatlari, 52-jild, 3-son, 796—799-betlar. Murojaat sanasi: 14-aprel 2022-yil. Arxivlangan 14-fevral 2019-yil.