| Pamukkale | |
|---|---|
| turk. Pamukkale | |
Pamukkaledagi travertinlarning panoramik ko‘rinishi | |
| Xususiyatlari | |
| Manba turi | buloq |
| Suv harorati | 35—100 °C |
| Joylashuvi | |
| 37°55′25″ shim. k. 29°07′20″ sharq. u.HGЯO | |
| Mamlakat | |
| Viloyat | Denizli |
Pamukkale (turk. Pamukkale, tarjimasi «paxta qal’asi») — Denizli viloyatida, janubi-g‘arbiy Turkiya hududida joylashgan termal buloqlar. Suvi kalsiyga boy bo‘lgani sababli, asrlar davomida bu buloqlarda oppoq kalsit stalaktitlari bilan bezalgan pog‘onali hovuzlar kaskadi hosil bo‘lgan.
Buloqlar Iyerapolis xarobalari bilan birga YUNESKOning tabiiy va madaniy meros ro‘yxatiga «Qadimgi Iyerapolis shahri va Pamukkale buloqlari» nomi bilan kiritilgan. Buloqlar joylashgan daryo vodiysi — Churyuksu.
Travertinlar
Atrofda 17 ta termal buloq mavjud bo‘lib, ularning suv harorati 35 dan 100 °C gacha yetadi. Biroq Pamukkaledagi oq travertinlar soniyasiga 466,21 litr suv oqib chiqadigan va harorati 35,6 °C bo‘lgan atigi bitta buloq suvidan hosil bo‘ladi. Suv maxsus tartibga solingan o‘zan orqali qiyalikka oqib chiqib, 60-70 metr balandlikdan pastga tushadi va asta-sekin kalsiy karbonatni yumshoq modda shaklida cho‘ktiradi. Qattiq tog‘ jinsi hosil bo‘lishiga xalaqit bermaslik uchun tog‘ning ayrim qismlariga tashrif buyuruvchilarning kirishi taqiqlangan.
Tarixi
Miloddan avvalgi II asr oxirida buloqlar yonida Attalidlar sulolasi hukmdorlari tomonidan Iyerapolis shahri barpo etilgan. Inshootlar majmuasiga hammomlar, ibodatxonalar, amfiteatr va boshqa binolar kirgan.

VII asrda zilzila oqibatida chuqurlik hosil bo‘lib, uni buloq suvlari to‘ldirgan. Hozir bu joy Iyerapolis antik hovuzi (turk. Hierapolis Antik Havuz). Hovuzdagi mineral suv yurak kasalliklari, ateroskleroz, gipertoniya, raxit va boshqa kasalliklarda foydali hisoblanadi. Hovuzga kirish uchun alohida chipta sotib olish kerak.
Hozirgi Turkiyada qadimgi Iyerapolis shahri va Pamukkale travertinlari Iyerapolis arxeologik majmuasining tarkibiga kiradi (turk. Pamukkale (Hierapolis) Örenyeri). Majmuaga kirish uchun yagona pullik chipta talab etiladi.
1988-yilda bo‘lib o‘tgan 12-sessiyada YUNESKO Pamukkale, Iyerapolis va ularga tutash jami 1077 gektar maydonli hududni tabiiy va madaniy meros ro‘yxatiga kiritdi. Obyektning nomi — «Qadimgi Iyerapolis shahri va Pamukkale buloqlari».
Pamukkale madaniyatda
Pamukkaleda rejissyor Andrey Konchalovskiy «Ogigiya» tasvirlangan sahnalarni «Odisseya» (1997) mini-seriali uchun suratga olgan. Shuningdek, bu yerda suratga olingan film — «Arvoh chavandoz 2» (2012).
Galereya
- Terrasalar
- Ko‘l va tog‘
- Suv havzalaridan biri
- Tik qatlamlar
