Akropol haqida

Akropol (qadimgi yunoncha ἀκρόπολις — yuqori shahar) — qadimgi yunon shahrining balandlikda joylashgan va mustahkamlangan qismi. Dastlabki manzilgoh shu yerda vujudga kelgan, uning atrofida esa dehqonlar yashaydigan, kamroq himoyalangan «quyi shahar» rivojlangan. Akropol qalʼa vazifasini bajargan va urush vaqtida shahar aholisi uchun boshpana bo‘lgan.

Akropolda odatda shaharning homiy xudolariga bag‘ishlangan ibodatxonalar joylashgan. Ulardan eng mashhuri — Afina akropoli, u UNESCOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Akropol atamasi yonbag‘irlari tik va jarlikli tepalikni ham anglatishi mumkin.

Adabiyotlar