Palma-de-Malyorka haqida

Shahar
Palma
isp. Palma
39°34′ sh. k. 2°39′ shq. u.HGYaO
Mamlakat  Ispaniya
Avtonom hamjamiyat Balear orollari
Shahar hokimi (alkald) Xayme Martines Lyabres
Tarixi va geografiyasi
Ilk bor tilga olingan miloddan avvalgi 123-yil
Maydoni 213,55 km²
Markazining balandligi 13 m
Iqlim turi O‘rta dengiz iqlimi
Vaqt mintaqasi UTC+1:00, yozda UTC+2:00
Aholisi
Aholisi 406 492 kishi (2017)
Aholi zichligi 1756,25 kishi/km²
Rasmiy til ispan tili
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi (+34) 971
Pochta indeksi 070XX
Rasmiy kod 07040

palma.cat  (ispancha)
Пальма на карте
Пальма
Palma
Пальма на карте
Пальма
Palma
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Palma (isp. Palma, kat. Palma), ko‘pincha Palma-de-Malyorka — Ispaniyadagi asosiy shahar va port bo‘lib, avtonom hamjamiyat Balear orollarining markazi hisoblanadi. Shahar Malyorka orolining uzunligi 25 km va kengligi 20 km bo‘lgan Palma ko‘rfazi bo‘yida joylashgan. Bu yirik sayyohlik markazidir. 2012-yilda aholisi 407 648 kishini, shahar atrofi bilan birga esa 474 035 kishini tashkil etgan. 2017-yilda aholi soni 406 492 kishiga yetgan.

Tarixi

Shaharga rimliklar Balear orollarini bosib olgan davrda asos solingan. Miloddan avvalgi 123-yilda Kvint Setsiliy Metell, keyinchalik Baleariyalik laqabini olgan, orollar aholisini qaroqchilarga yordam berishda ayblab, arxipelagni zabt etgan. Palmaga ham u asos solgan. Shahar tranzit port vazifasini bajargan va ma’muriy jihatdan quyidagi provinsiyaga qarashli bo‘lgan: Tarrakon Ispaniyasi.

Shahar 902-yildan boshlab arablar hukmronligi ostida bo‘lgan. 31-dekabr 1229-yilda shahar Aragon qiroli Fathchi Xaymeqo‘shinlari tomonidan egallangan. Milodiy 1231—1349-yillar davomida Palma Aragon bilan bog‘liq bo‘lgan Malyorka qirolligi tarkibiga kirgan (qirollik poytaxti materikda joylashgan Perpinyan).

Keyinchalik XVI asrda Palma bir necha bor O‘rta dengiz qaroqchilari hujumiga uchragan, bu esa ilgari ravnaq topgan savdo-sotiq rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Yangi yuksalish XVIII asrda Amerika mustamlakalari bilan savdo qilishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlangach boshlangan. 1833-yilda Palma Balear orollariprovinsiyasining markaziga aylangan. 1996-yilda bu yerda yarim marafon bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilgan.

Hozir men Palmadaman: atrofimda palmalar, kedrlar, aloe, apelsin va limon daraxtlari, anjir hamda anorlar bor. Osmon feruza rangda, dengiz moviy, tog‘lar esa zumraddek yashil. Havo-chi? Havo ham osmon kabi moviy, quyosh kun bo‘yi charaqlaydi. Issiq bo‘lgani uchun odamlar yozgi kiyimda yurishadi. Qisqasi, bu yerdagi hayot ajoyib. Frederik Shopen

Iqlimi

Palma iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq eng yuqori t, °C 22,4 24,4 28,6 28,0 34,2 41,4 39,9 39,8 38,2 33,2 27,6 23,0 41,4
O‘rtacha eng yuqori t, °C 15,3 15,5 17,3 19,4 22,9 27,1 29,9 30,2 27,3 23,8 19,2 16,4 22,0
O‘rtacha harorat, °C 9,7 9,9 11,6 14,0 17,8 22,1 25,0 25,2 22,3 18,6 13,8 10,8 16,7
O‘rtacha eng past t, °C 7,3 7,3 8,6 10,6 14,0 17,8 20,8 21,4 18,9 15,6 11,4 8,6 13,5
Mutlaq eng past t, °C −4 −3,4 −4 −2 1,6 6,8 12,0 11,6 5,6 0,0 −2,2 −2,9 −4
Yog‘in miqdori (me’yor), mm 39 36 26 38 36 11 5 19 49 63 58 47 426
Suv harorati, °C 16,9 16,2 16,3 17,0 18,7 21,1 23,8 25,2 25,0 23,2 21,0 18,6 20,3

Diqqatga sazovor joylari

Hozirgi Palma soboriatrofidagi hududda ilgari musulmon dunyosida Madina-Mayurka nomi bilan tanilgan arab shahri bo‘lgan. Uning binolaridan faqat Almudena ko‘chasidagi ark va Serra ko‘chasidagi arab hammomlari saqlanib qolgan. Sobordan uncha uzoq bo‘lmagan joyda qadimiy cherkovlar hamda zodagonlar va savdogarlarga tegishli hashamatli uylar joylashgan.

Gotika uslubidagi kafedral sobor qurilishi 1231-yilda qirol Xayme II davrida arab masjidio‘rnida boshlangan. Sobor 1601-yildamuqaddaslashtirilgan. Ko‘plab katta derazalari tufayli Palma sobori O‘rta dengiz mintaqasidagi eng yorug‘ gotika sobori hisoblanadi.

Shahar soborining ko‘rinishi

Gotika uslubidagi Avliyo Fransisk cherkovi dastlab XIV asrdaqurilgan, biroq uning old peshtoqi XVIII asroxirida qayta qurilgan. Uning sakkiz qirrali ibodatxonalaridan biri renessans va barokko uslubida bezatilgan. Unda XV asrdan buyon saqlanayotgan sarkofag Raymund Lulliyga tegishli.

Qirollik saroyi Almudayna (Almudaina) XIII asrda shu joyda ilgari mavjud bo‘lgan arab qal’asi — alkasar poydevori ustiga qurilgan. Qirol Xayme II uni o‘z saroyiga aylantirgan.

Palmaning o‘tmishdagi ravnaqidan darak beruvchi inshoot — Sa-Lyoja (Sa Llotja) savdogarlar uchun birja vazifasini bajargan. Hozir Sa-Lyoja ko‘rgazma markazi hisoblanadi. Uning yonida XVII asrdaqurilgan Dengiz konsulligi (Consolat de Mar) joylashgan bo‘lib, unda renessans uslubidagi suratlar galereyasi mavjud. Hozir bu yerda avtonom mintaqa hukumati qarorgohi joylashgan, dastlab esa dengiz savdosiga oid nizolar bo‘yicha arbitraj ishlagan. Bino old peshtoqi Uyg‘onish davri uslubidagi arkalar bilan bezatilgan.

Sayyohlikning 1960-yillardagi jadal rivojlanishi Malyorkani O‘rta dengizning eng taraqqiy etgan sayyohlik markazlaridan biriga aylantirdi. Ispaniya qirollik oilasi a’zolari ta’tilni Palma yaqinidagi Marivent saroyida o‘tkazishadi.

Iqtisodiyoti

Shahar shimolidagi tepalikda joylashgan Belver qal’asi

Paxta yigirish va to‘qimachilik fabrikalari, ipak gazlama, qog‘oz, sovun, sham, charm buyumlar, mebel, musiqa asboblari va sun’iy marvarid ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Un tortish va moy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Port uzunligi 385 m bo‘lgan to‘lqinqaytargich bilan himoyalangan, mayog‘i bor va yirik kemalarni qabul qila oladi.

Balear orollari universiteti, o‘qituvchilar seminariyasi, dengizchilik maktabi, san’at akademiyasi, musiqa maktabi, ikkita ommaviy kutubxona va teatr bor. Atrofda go‘zal Belver qal’asi (XIII asr) va Avstriya ersgersogi Lyudvig Salvator.

ning Miramar villasi joylashgan. Ichimlik suvi deyarli yo‘qligi, uni tashib keltirish va yer ostidan qazib olish zarurati shahar hamda butun orol rivojiga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.

Yevropadagi eng yirik aeroportlardan biri. 2007-yilda Palma shahrida metropoliten ishga tushirilgan.

Shahar transporti

Palmada avtobus yo‘nalishlari tizimi va metropolitenmavjud. Tramvay yo‘lini qurish rejalashtirilgan. 2012-yil yanvar holatiga ko‘ra 31 ta avtobus yo‘nalishi bo‘lgan.

Dastlabki sinov rejimida 25-aprel 2007-yildaochilgan. Metro 2 ta liniyadan iborat. Birinchisi 7,2 km uzunlikda, 9 ta bekatga ega bo‘lib, shahar markazini («Plasa-de-Espanya» bekati) Balear orollari universiteti («Universitat de les Illes Balears» bekati) bilan bog‘laydi. Ikkinchi liniya 8,3 km uzunlikda va 8 ta bekatga ega bo‘lib, shahar markazidagi Ispaniya maydonini yaqin atrofdagi Marratxi shahri bilan bog‘laydi. Har ikkala liniyada ham yo‘lga taxminan 20 daqiqa ketadi. Metroni Malyorka davlat temiryo‘llari (Servicios Ferroviarios de Mallorca).

Palma panoramasi
Palma ko‘rfazida quyosh botishi

Birodarlashgan shaharlar

Taniqli tug‘ilganlar va yashaganlar

Astronomiyada

Shahar sharafiga asteroid (372) Palmanomlangan, u 1893-yilda kashf etilgan.

Havolalar