
Orbison illyuziyasi — optik illyuziya bo‘lib, uni amerikalik psixolog Uilyam Orbison[ingl.] tavsiflagan va u ilk bor 1939-yilda psixologiyaga oid jurnallardan birida chop etilgan.
Illyuziyaning mohiyati shundaki, ichki kvadrat shakli buzilgandek ko‘rinadi, chunki qiya chiziqlardan iborat fon perspektiva taassurotini hosil qiladi. Natijada miyamiz kvadrat shaklini buzilgan holda idrok etadi.
Bu Gering illyuziyasi va Vundt illyuziyasining bir turidir .
Adabiyotlar
- Faynman, Mark. Ko‘rish illyuziyasining tabiati. — Dover Publications, 1996. — B. 152—153. — ISBN 0486291057.
- Robinson, J. O. Ko‘rish illyuziyasining psixologiyasi. — Dover Publications, 1998. — B. 72—73. — ISBN 978-0486404493.