
Vundt illyuziyasi — klassik optik illyuziya bo‘lib, uni ilk bor nemis psixologi V. Vundt XIX asrda tasvirlab bergan.
Illyuziyaning mohiyati quyidagicha: o‘ngdagi rasmda ikkita qizil vertikal chiziq aslida to‘g‘ri, biroq ayrim kuzatuvchilarga ular ichkariga egilgandek ko‘rinishi mumkin. Bu to‘g‘ri chiziqlarni qiya chiziqlar kesib o‘tishi natijasida tasvir buzilib ko‘rinadi, xuddi Orbison illyuziyasidagi kabi. Hering illyuziyasi shunga o‘xshash, biroq teskari ta’sir hosil qiladi.
Vundt illyuziyasining yana bir turi — gorizontal-vertikal illyuziya bo‘lib, uni Vundt 1858-yilda tasvirlab bergan. Kesishuvchi ikkita chiziqning uzunligi bir xil bo‘lsa-da, vertikal chiziq gorizontal chiziqdan taxminan 30 % uzunroq ko‘rinadi. Bu nafaqat rasmlarni, balki tabiiy muhitdagi buyumlarni idrok etishga ham taalluqlidir.
Manbalar
Ushbu mavzu bo‘yicha Vikiomborda mediafayllar mavjud: Vundt illyuziyasi