Mezoatom — ekzotik atom, unda elektronlarning bir qismi yoki barchasi manfiy elektr zaryadiga ega boshqa elementar zarralar bilan almashtirilgan (, , ). Ular manfiy zaryadlangan elementar zarralar moddada sekinlashganda hosil bo‘ladi. Mezoatomning yashash vaqti juda qisqa bo‘lib, uni hosil qilgan elementar zarralarning yashash vaqtidan oshmaydi.
Elektron qobig‘idagi bir yoki bir nechta elektron manfiy myu-mezonlar bilan almashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mezoatomlar myu-mezoatomlar, xuddi shunday almashtirish manfiy pi-mezonlar bilan amalga oshirilganda esa pi-mezoatomlar deb ataladi.
Eng sodda mezoatom proton va manfiy zaryadlangan myuondan (myu-mezovodorod) tashkil topgan. U atomlarning elektron qobiqlari ichiga kirib, myuon katalizida ishtirok eta oladi. Yana bir eng sodda mezoatom proton va manfiy zaryadlangan pi-mezondan (pi-mezovodorod) tashkil topgan.
Havolalar
- Barxop E. Ekzotik atomlar // UFN, 106-jild, 527–548-betlar, (1972)
Adabiyotlar
- Shirkov D. V. Mikrodunyo fizikasi. — M.: Sovet ensiklopediyasi, 1980. — 527 bet.
- Kirillov-Ugryumov V. G., Nikitin Yu. P., Sergeyev F. M. Atomlar va mezonlar. — M.: Atomizdat, 1980. — 216 bet.