Molekulyar genetika

Molekulyar genetika — biologiyaning molekulyar biologiya va genetika tutashuvida shakllangan sohasidir. Mohiyatan u molekulyar biologiyaning bo‘limlaridan biridir. Genetika sohasida molekulyar biologiya irsiy moddaning kimyoviy tabiatini ochib berdi hamda hujayrada axborotning saqlanishi va uni avloddan avlodga uzatish uchun aniq nusxalashning fizik-kimyoviy asoslarini ko‘rsatdi.

Tarix

Molekulyar genetika fan sohasi sifatida rivojlanishi uchun bir qancha ilmiy kashfiyotlar zarur bo‘lgan. DNKning hayotga oid genetik kodni bir hujayradan boshqasiga va avloddan avlodga uzatuvchi vosita sifatida kashf etilishi irsiyat uchun javobgar molekulani aniqlashda muhim ahamiyat kasb etgan. Jeyms Uotson va Frensis Krik (Rozalind Franklin va Moris Uilkins bilan birgalikda) molekulyar genetikaning poydevori bo‘lgan DNK tuzilishini aniqladilar.

Adabiyotlar

  • J. Miller. Molekulyar genetika bo‘yicha tajribalar. — M.: Mir, 1976. — 436 b.