Kvant tomografiyasi — kvant informatikasining bir bo‘limi. Kvant tomografiyasida amplitudalar kvant holatini ko‘p marta o‘lchash natijalari asosida qayta tiklanadi hamda bunday o‘lchashlarning eng maqbul sxemalari aniqlanadi. Agar — kompleks sonlar to‘plami bo‘lib, ularning modullarining kvadratlari yig‘indisi 1 ga teng bo‘lsa, shu sonlar asosida quyidagi ko‘rinishdagi kvant holatini yagona tarzda hosil qilish mumkin:
Tomografiya teskari masalani hal qiladi: berilgan holat asosida barcha amplitudalarni tiklaydi. Buning uchun holatini turli bazislarda o‘lchash kerak, ya’ni har bir yangi o‘lchash uchun yangidan tayyorlangan holatiga ega bo‘lish zarur. Agar holatining faqat bitta nusxasi bo‘lsa, uning amplitudalarini yetarlicha aniqlikda topib bo‘lmaydi. Bu kvant holatidan olinishi mumkin bo‘lgan klassik axborot hajmiga doir bahodan, shuningdek, quyidagi teoremadan kelib chiqadi.
Kvant holatlarini klonlashning mumkin emasligi haqidagi teorema
Shunday unitar operator mavjud emaski, u holatini quyidagi holatga o‘tkaza olsin: .
O‘lchash bazisini tanlash
Agar holati standart bazisda ko‘p marta o‘lchansa, amplitudalar modullarini istalgancha yuqori aniqlikda aniqlash mumkin. Bu Born qoidasidan kelib chiqadi. Amplitudalar fazalarini aniqlash uchun standart bazisda emas, balki boshqa bazisda, masalan, bir kubitli o‘zgartirishlar orqali hosil qilingan bazisda (bunday o‘lchashlar chigallashmagan bazisdagi o‘lchashlar deyiladi), o‘lchash lozim. Chigallashgan holatlardan tuzilgan bazislardagi o‘lchashlar samaraliroq bo‘lishi mumkin, lekin ularni amalga oshirish qiyin.
Atamaning kelib chiqishi
Tomografiya («tomo» — kesim) muayyan holatni uning kesimlari asosida qayta tiklashni anglatadi. Kvant mexanikasida holat vektori bilan ifodalanadi; u Hilbert fazosidagi ko‘p zarrachali kvant holatlari vektoridir. Kesim esa uning koordinata o‘qlaridan biriga proyeksiyasi bo‘lib, u o‘lchash deb ataladi. Amplitudalarni qayta tiklash jarayoni algebraik tilda ifodalanadi; uni odatdagi Radonning teskari almashtirishi bilan taqqoslash mumkin. Bu usul kompyuter tomografiyasida qo‘llanadi.