Kvant kosmologiyasi nima

Kvant kosmologiyasi — nazariy fizikaning kvant mexanikasi hodisalari Koinotning shakllanishi va dastlabki rivojlanishiga, ayniqsa, Katta portlashdan keyingi davrda qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadigan sohasi. Kvant kosmologiyasining muhim modellaridan biri — Koinotning ilk davriga oid inflyatsion model. Koinotning kvant jarayonlari orqali vujudga kelishi nazariyasini ishlab chiqish boshlangan. Ko‘plab urinishlar, masalan, Uiler — Devitt tenglamasi[ingl.], mavjud bo‘lsa-da, bu soha hamon ko‘p jihatdan farazlarga tayanadigan kvant gravitatsiyasi yo‘nalishi.

Havolalar