Kvant soni nima

Kvant soni kvant mexanikasida — subatom obyektning (elementar zarracha, atom yadrosi, atom va hokazo) kvantlangan biror kattaligining son qiymati bo‘lib, ushbu obyektning holatini tavsiflaydi. Barcha kvant sonlarining berilishi zarracha holatini bir qiymatli va to‘liq tavsiflaydi.

Masalan, atomdagi elektronning holati va uni tavsiflovchi to‘lqin funksiyasi quyidagi to‘rtta kvant soni bilan ifodalanishi mumkin: bosh (), orbital (), magnit () va spin (). Bunda ayni bir tizim uchun kvant sonlari majmuasini turlicha tanlash mumkin. Masalan, atomdagi shu elektron uchun n, l, m, to‘rttaligi ko‘pincha n, l, j, to‘rttaligiga almashtiriladi, bunda j — elektronning to‘liq impuls momenti moduli bilan bog‘liq ichki kvant sonidir.

Kvant sonlari ba’zan tavsiflanayotgan obyektning odatiy fazodagi harakati bilan bog‘liq bo‘lganlarga (masalan, yuqorida keltirilgan n, l, m) va zarrachaning «ichki» holatini aks ettiradiganlarga ajratiladi. Keyingi guruhga spin va uning proyeksiyasi (spirallik). Yadro fizikasida ham izospin, elementar zarrachalar fizikasida esa rang, jozibadorlik (charm), go‘zallik (beauty) (yoki chiroy) va haqiqiylik (truth).

Adabiyotlar