Kvant sakrashi nima

Kvant sakrashi — kvant tizimining (atomning, molekulaning, atom yadrosining) bir holatdan boshqasiga bir zumda o‘tishidir.

Bu tushunchani Nils Bor kiritgan.

Kvant sakrashi faqat kvant tizimlariga xos hodisa bo‘lib, ularni klassik tizimlardan ajratib turadi, chunki klassik tizimlarda har qanday o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshadi. Kvant mexanikasida bunday sakrashlar kvant-mexanik tizimning o‘lchash jarayonidagi unitar bo‘lmagan evolyutsiyasi bilan bog‘liq.

Kvant sakrashi fotonlarning chiqarilishi yoki yutilishi bilan kechishi mumkin; kvant sakrashi paytida energiya uzatilishi energiyaning ko‘chishi yoki boshqa zarralar bilan to‘qnashuvlar orqali ham sodir bo‘lishi mumkin.

Tizim energiyani yutganda, yuqoriroq energetik sathga o‘tish sodir bo‘ladi (qo‘zg‘alish), tizim energiyani yo‘qotganda esa, pastroq energetik sathga o‘tadi. Zamonaviy fizikada kvant sakrashi tushunchasi kam qo‘llanadi; odatda kvant holatlari yoki energetik sathlar[manba ko‘rsatilmaganiga 748 kun bo‘ldi].