Korroziyadan himoyalashning bir necha usullari mavjud. Bu usullarni qo'llash himoyalanadigan metallning tabiati, ishlatilish maqsadi, o'rni va sharoitiga bog'liq. Shu usullarning ayrimlari bilan tanishib chiqaylik.
Metallar sirtini legirlash usuli himoyalanadigan metall sirtiga yuqori vakuum ostida yoki plazmali purkagich yordamida va termoqayta ishlash bilan korroziyaga chidamli metallni qotishmaga aylantirishdir. Umuman, legirlash uchun "passiv" metallar - Cu, Au, Ag yoki korroziyaga chidamli oksid parda hosil qiluvchi metallar Al, Zn, Sn, Cr, Pb, Ni, V ishlatiladi.
Plakirlash usuli bu metall prokatlari olish jarayoni bilan birgalikda ularning: sirtida himoyalovchi metall qatlamini hosil qilishdir. Bu usulga binoan po'lat, choʻyan sirti Al, Zn yoki Sn bilan qoplanadi. Bu usulning himoyalanuvchi metallni himoyalovchi metall suyuqlanmasiga tushirib sirtini qoplash ("okunaniye") turi ham mavjud. Agar bu maqsadga himoyalovchi metall suyuqlanmasi sifatida Zn ishlatilsa "ruxlash", qalay metali Sn suyuqlanmasidan foydalanilsa "qalaylash", Al metali bo'lsa - "allitirlash"; Cr bo'lsa "xromlash", Si bo'lsa "silitsirlash" deb aytiladi.
Oksidlash usuli himoyalanuvchi metall sirtini kimyoviy yoki elektrokimyoviy usul bilan yupqa, lekin juda zich parda bilan qoplash usulidir.
Kimyoviy usulda sirti tozalangan metall kuchli oksidlovchi (H₂SO₄, HNO₂) eritmasiga tushirilib sirtida oksid parda hosil qilinadi. Masalan, gummirlangan (sirti kuchli oksidlovchi modda ta'sirida "oksid parda" bilan qoplangan) po'lat idishlar konsentratsiyasi 75% dan yuqori bo'lgan H₂SO₄ eritmasini po'lat sirtiga surkash bilan hosil qilinadi. Ba'zi hollarda po'lat buyum NaNO3 (50 g/l) yoki NaNO3 (200 g/l) va NaOH (800 g/l) moddalar eritmalari aralashmasiga tushirilib 140°C da 90 minut davomida ushlab turiladi va himoyalovchi oksid parda hosil qilinadi.

Elektrokimyoviy usulda himoyalanadigan metall oksidlovchi eritmasiga tushiriladi va metallga tokning musbat qutbi ulanib qo'yiladi. Bunday "oksid parda" langan metallni ba'zan anodlangan metallar deyiladi.
Fosfatlash-metallar sirti kimyoviy ta'sirga chidamli va boʻyashga qulay bo'lsin uchun himoyalanadigan metallni fosfat kislotaning nordon tuzlar eritmalari bilan ishlash usulidir. Bu koʻpincha temirdan yasalgan jihoz, buyumlarni himoyalashda qo'llaniladi. Masalan, po'lat sirti Fe(H2PO4), yoki Mn(H2PO4), tuzlari eritmasi bilan qayta ishlansa gʻovak, lekin mustahkam parda (FePO4) bilan qoplanadi. Bunday po'lat sirti turli bo'yoq (kraskalarni) o'ziga juda yaxshi yopishtirib oladi.
Elektrokimyoviy usullar
Elektrokimyoviy usullar: protektorli himoya va tashqi kuchlanish usuli.
Protektorli himoya usulida himoyalanuvchi metallga uning oksidlanish potensiali E° dan kichik potensialli metall bo'lakchasi kavsharlab qo'yiladi. Bunda ko'pincha aktiv metallar (magniy, rux)dan foydalaniladi. Oksidlanish potensiali kichikmetall himoyalanuvchimetallga nisbatan aktivroq bo'lgani sababli tez oksidlana boshlaydi va hosil bo'lgan yangi (sun’iy) galvanik elementda anod vazifasini bajaradi, natijada asosiy metall korroziyaga uchramaydi. Bunday himoyaga agressiv eritmamuhitida ishlaydigan temir buyumlarga magniy, rux, alyuminiy metallari yoki ulaming qotishmalari bo'laklarining biriktirib qo'yilishi misol bo'la oladi. Okean, dengiz kemalari shu usulda korroziyadan saqlanadi. Aktivroq metall anod tamom bo'lgach, yangi metal bo'lakchasi biriktiriladi.
Tashqi kuchlanish usulida himoyalanuvchi metallga tashqi elektr manbaidan kuchlanish beriladi, ya’ni himoyalanuvchi metall elektming manfiy qutbiga ulanib, “katod” ga aylantiradi/Natijada oksidlovchi moddalar himoyalanuvchi metall sathida, elektr manbaidan keladigan elektronlar hisobiga qaytariladi va asosiy metall yemirilishdan saqlanadi. Bu usul temir yo‘l relslarida ko'p qo'llaniladi. Yuqoridagilardan tashqari metallarni korroziyadan saqlash uchun ular sirtiga turli xil moylash vositalari, polimer qoplamalar, mum qoplamasi, turli bo'yoqlarsurkash usullari ham qo'llaniladi.
Eritma muhitini о 'zgartirish—elektrolit eritmasiga turli ingibitorlar, ya’ni korroziyani sekinlashtiruvchi moddalar qo'shish bilan metallami yemirilishdan saqlash. Ingibitorlar turli organik moddalar (spirtlar) va anorganikmoddalar(nitritlar, xromatlar, fosfatlar, silikatlar) dir.
