Kolit nima

Kolit
KXT-10 K50 — K52
KXT-10-KM K52.9
KXT-9 558
KXT-9-KM 558.9
OMIM 191390
DiseasesDB 31340
MedlinePlus 001125
eMedicine ped/435 
MeSH D003092
Логотип Викисклада Vikiombordagi mediafayllar

Kolit (lot. colitis; yunoncha kolon — yo‘g‘on ichak va yunoncha itis — yallig‘lanish jarayoni so‘zlaridan) — shilliq qavatning yo‘g‘on ichakda yuzaga keladigan yallig‘lanish kasalligidir. Ko‘pincha 40—60 yoshdagi erkaklar va 20—60 yoshdagi ayollar kasallanadi. O‘tkir yoki surunkali shaklda kechadi. Hisoblashlaricha, surunkali kolit belgilari hazm qilish a’zolari bilan bog‘liq muammosi bor har ikki bemordan birida uchraydi. Kolit rivojlanishiga organizmning umumiy rezistentligi (qarshilik ko‘rsatish qobiliyati)ning pasayishi, ovqatda o‘simlik tolalarining yetishmasligi, anorektal sohadagi yallig‘lanish jarayonlari (yuqoriga ko‘tariluvchi infeksiya) moyillik tug‘diradi.

Tasnifi

Kechishiga ko‘ra kolitlar quyidagi turlarga ajratiladi:

Etiologiyasiga (kelib chiqish sababiga) ko‘ra kolitlar quyidagicha tasniflanadi:

Joylashishiga ko‘ra kolitlar quyidagi turlarga ajratiladi:

Ba’zan yo‘g‘on ichakning 2 ta qo‘shni bo‘limi zararlanadi. Masalan, to‘g‘ri ichak va sigmasimon ichakning birgalikda yallig‘lanishi proktosigmoidit deb ataladi.

Klinik manzarasi

O‘tkir kolit doimiy ravishda hojatga chiqish istagi, qorin quldirashi, qorin dam bo‘lishi, ko‘p miqdorda ich ketishi, ba’zan najasda qon va shilliq bo‘lishi, qorinda keskin og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi. Hozirgi vaqtda o‘tkir kolit yo‘g‘on ichak maxsus infeksiya bilan zararlanganda, jumladan, dizenteriyada uchrashi yoki yarali kolitning yashin tezligida kechadigan shakli bo‘lishi mumkin. Yarali kolit alohida ko‘rib chiqiladi.

Surunkali kolitga qorin bo‘shlig‘ida to‘lib ketish, og‘irlik va siqilish hissi xos. Og‘riqlar asosan xurujsimon (sanchiqlar) bo‘lib, hojatga chiqish istagi bilan birga kechadi. Hojatga chiqqandan keyin yengillik seziladi. Ba’zan ichak bo‘shatilgandan keyin ham og‘riqlar 2—3 soat davomida bezovta qiladi.

Suyuq najas yo‘g‘on ichakning proksimal (o‘ng) bo‘limi zararlanishiga — tiflitga xos. Chap tomonlama kolitda (proktosigmoidit) ichak spazmi yuzaga keladi va qabziyat (ko‘pincha quruq, bo‘lak-bo‘lak najas ajralishi bilan) kuzatiladi. Bu ichak ichki devorida shilliq ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Natijada shilliq qon va najas zarrachalari bilan ajralib chiqadi; bu holat soxta ich ketishi deb ataladi.

Tez-tez hojatga chiqish (4—5 marta) kolitga xos. Ayrim bemorlarda bu o‘ziga xos belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Masalan, transverzitda ovqatlangandan keyin darhol hojatga chiqish istagi paydo bo‘lishi mumkin — bu «tamaddi belgisi» deyiladi. Proktosigmoiditli bemorlarni erta tongda «budilnik kabi hojatga chiqish» uyg‘otadi. Gavdani egishda, sakrashda, sovuqda, stressdan keyin va boshqa hollarda ham ichakni bo‘shatish istagi paydo bo‘lishi mumkin.

Chirituvchi mikroflora faolligi tufayli najas odatda badbo‘y hidga ega bo‘ladi (Bacillus cereus, Clostridium perfringens, shuningdek, Proteus, Escherichia avlodlari vakillari). Bijg‘ishni yuzaga keltiruvchi mikroorganizmlar (aksariyati anaeroblar) ustun bo‘lganda najas nordon xususiyatga ega bo‘ladi va meteorizm (gaz to‘planishi) kuzatiladi. Kolit doimo disbakterioz bilan birga kechadi. Najasda yiringli va qonli aralashmalar aniqlanadi. O‘zgarmagan qon ajralishi va kuchli qon ketishi ko‘proq yarali kolitga xosdir.

Uzoq davom etadigan surunkali kolit ozish, holsizlik va kuch-quvvatning kamayishiga olib keladi. Gipovitaminozlar belgilari vitaminlar absorbsiyasining (so‘rilishining) buzilishi natijasida rivojlanadi (shilliq qavatlar va terining qurishi, lab burchaklarida yoriqlar paydo bo‘lishi, ko‘rish qobiliyatining buzilishi va boshqalar).

Tashxislash

Kolit tashxisi kasallikka xos shikoyatlar, anamnez yig‘ish (ilgari o‘tkazilgan gastroenterokolit, oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi va boshqalar), fizikal tekshiruv (qorin palpatsiyasi, barmoq bilan tekshirish, anoskopiya), instrumental tekshiruv usullari (endoskopiya, rektoromanoskopiya va irrigoskopiya — kontrast modda, ya’ni bariy sulfat kiritish bilan) hamda laboratoriya ma’lumotlariga asoslanadi. Instrumental usullar shilliq qavat holatini bevosita ko‘rish va oddiy kolitni yarali kolitdan farqlash imkonini beradi.

Najasda gelmintlarning tuxumlari bor-yo‘qligini tekshirish, kasallik qo‘zg‘atuvchilarini va ularning antibakterial preparatlarga sezuvchanligini aniqlash uchun najas mikroskopiyasi va bakteriologik ekmasini o‘tkazish zarur. Kolitning qon tomirlar bilan bog‘liq turidan (ishemik kolit) shubha qilinganda koagulogramma va qondagi lipidlarni tekshirishdan tashqari, vena ichiga kontrast yuborib angiografiya o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu ichakni qon bilan ta’minlovchi tomirlarning o‘tkazuvchanligini ko‘rish imkonini beradi.

Davolash

Kolit kompleks tarzda, kasallik sababini va uning oqibatlarini bartaraf etuvchi vositalarni buyurish orqali davolanadi. Ich kelishini tartibga soluvchi preparatlar (ich suruvchi vositalar (natriy pikosulfat) yoki diareyaga qarshi vositalar (loperamid), regeneratsiyani rag‘batlantiruvchi vositalar (metiluratsil va boshqalar), mikroflorani tiklovchi vositalar (prebiotiklar va probiotiklar), desensibilizatsiyalovchi (sezuvchanlikni kamaytiruvchi) va detoksikatsion davolash, vitaminlar va immunomodulyatorlar, mineral suvlar hamda davolovchi jismoniy tarbiya tavsiya etiladi. Shuningdek, butun davolash davomida simptomatik vositalar sifatida enterosorbentlardan foydalanish mumkin.

Etiopatogenetik davolash kasallik sabablarini bartaraf etishga qaratilgan. Gelmintlar chaqirgan kolitlarda parazitlarga qarshi vositalar, infeksion kolitlarda mikroblarga qarshi vositalar (sulfanilamidlar, antibiotiklar va boshqalar), ishemik kolitlarda esa ichakdagi qon oqimini yaxshilovchi qon tomir preparatlari (antiagregantlar (pentoksifillin), trombolitiklar, spazmolitiklar va boshqalar) bilan davolash olib boriladi. Proktit va sigmoiditda dori vositalarini suppozitoriylar (shamchalar) shaklida yuborish tavsiya etiladi.

Jarrohlik yo‘li bilan davolash deyarli qo‘llanilmaydi, chunki kasallik yaxshi sifatli kechishi bilan tavsiflanadi va konservativ davolashga javob beradi. Kolitning odatiy shakllari yarali kolitga o‘tganda va yo‘g‘on ichak ishemiyasi kuchayib borganda (ishemik kolit) jarrohlik aralashuviga ko‘rsatmalar yuzaga kelishi mumkin. Surunkali kolit uzoq davom etib, yetarli darajada nazorat qilinmaganda strikturalar (torayishlar), chandiqli o‘zgarishlar, hatto to‘g‘ri ichak ayrim bo‘limlari bo‘shlig‘ining torayishi, devorlarining atrofiyasi va funksional hujayralarning almashinishi rivojlanishi ehtimoli bor. Uzoq davom etadigan qabziyat to‘g‘ri ichakning oxirgi bo‘limi patologiyalari, anal yoriqlar va gemorroyning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qorin aortasi shoxlarida tromboz va/yoki emboliya belgilarining kuchayishi endoskopik tromboembolektomiya, ichak qismini rezeksiya qilish va boshqa jarrohlik usullarini qo‘llash uchun ko‘rsatma hisoblanadi.

Havolalar

Adabiyotlar