Kodek (ingl. codec, coder/decoder atamasidan — shifrator/deshifrator — kodlovchi/dekodlovchi yoki compressor/decompressor) — ma’lumotlar yoki signalni o‘zgartira oladigan qurilma yoki dastur.
Ma’lumotlar oqimi yoki signalni saqlash, uzatish yoxud shifrlash uchun u kodek yordamida kodlanadi, ko‘rish yoki o‘zgartirish uchun esa dekodlanadi. Kodeklar quyidagilarga raqamli ishlov berishda keng qo‘llaniladi: video va tovush.
Siqish turlari
Kodeklarda ma’lumotlarni siqishning ikki turi qo‘llanilishi mumkin: yo‘qotishli siqish va yo‘qotishsiz siqish.
Ko‘plab audio- va videokodeklar yo‘qotishli siqishdan foydalanadi. Bu usul saqlash yoki uzatish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar hajmini sezilarli darajada kamaytiradi, biroq ijro etish vaqtida tovush yoki video sifatining pasayishiga olib keladi. Audiokodeklarni shunday sozlash mumkinki, inson qulog‘i tovush sifatining pasayishini sezmaydi.
Sifatning pasayishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan hollarda yo‘qotishsiz siqadigan kodeklar qo‘llaniladi. Masalan, faylni keyinchalik tahrirlash rejalashtirilgan bo‘lsa, yo‘qotishsiz siqishdan foydalaniladi, chunki yo‘qotishli siqish natija har safar qayta saqlanganda sifatni tezda pasaytiradi.