Adobe After Effects — dasturiy ta’minot bo‘lib, Adobe Systems kompaniyasi tomonidan videolarni tahrirlash va harakatlanuvchi tasvirlarga ishlov berish, kompozitsiyalar tuzish (kompoziting), animatsiya va turli xil effektlar yaratish uchun ishlab chiqilgan. Tasvirga olingan videomateriallarni qayta ishlashda (ranglarni tuzatish, postprodakshn), reklama roliklari, musiqiy kliplar yaratishda, animatsiya (televideniye va veb uchun) ishlab chiqarishda, titrlarni badiiy va televizion filmlar uchun tayyorlashda, shuningdek, raqamli videoeffektlar talab qilinadigan boshqa ishlarda keng qo‘llanadi.
Dastur nomi «saqlanib turuvchi (inert) ko‘rish sezgisi» deb ataladigan effektga borib taqaladi. Bu mexanizm ko‘z to‘r pardasining sensor xotirasiga asoslanib, vizual axborotni qisqa vaqt davomida saqlash imkonini beradi.
Boshqa kompaniyalar yaratgan keng plaginlar kutubxonasi tufayli After Effects dasturidan matbaa ishlarida hamda grafik dizaynda statik grafik tasvirlarni (fotosuratlar, kompyuterda yaratilgan tasvirlar va hokazolarni) tahrirlash uchun ham foydalaniladi.
Versiyalar tarixi
After Effects dastlab Company of Science and Art (CoSA) kompaniyasi tomonidan Providensda, AQShda yaratilgan. 1.0-versiya 1993-yil yanvarida chiqarildi. 2.1-versiya 1994-yilda chiqarilib, PowerPC uchun tezlashtirish imkoniyati qo‘shildi. CoSA kompaniyasi After Effects dasturi bilan birga Aldus tomonidan iyul oyida (1993-yil) sotib olingan; keyinchalik Adobe kompaniyasi Aldus’ni 1994-yilda sotib olib, unga tegishli PageMaker va After Effects dasturlarini ham qo‘lga kiritdi. Adobe chiqargan birinchi yangi versiya 3.0 bo‘lgan.
CS4 versiyasiga multiplikatsiya uslubidagi Cartoon filtri qo‘shildi, vektor egri chiziqlarini chizish va animatsiyalash uchun mo‘ljallangan Shape Layers vositasining imkoniyatlari kengaytirildi. Chiziqlar, to‘ldirishlar, gradientlar va vektor effektlarini qo‘shish hamda animatsiyalash, matnni shape paths yoki mask paths ko‘rinishiga o‘tkazish, Adobe Pixel Bender [inglizcha] texnologiyasini qo‘llab-quvvatlash, 250 dan ortiq animatsiyali matn andozalari, 4:3 xavfsiz hududlarini keng ekranli kompozitsiyalarda ko‘rsatish va Adobe Community Help xizmatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari qo‘shildi.
| Ishlab chiqaruvchi | Sana | Versiya | Kod nomi | Asosiy o‘zgarishlar |
|---|---|---|---|---|
| CoSA | Yanvar 1993-yil | 1.0 | Egg (Tuxum) | Qatlamlar, transformatsiyalar; faqat Mac uchun |
| May 1993-yil | 1.1 | Ko‘proq effektlar | ||
| Aldus | Yanvar 1994-yil | 2.0 | Teriyaki | Time Layout oynasi, bir nechta kompyuterda renderlash |
| Adobe | Oktabr 1995-yil | 3.0 | Nimchow | Bitta qatlamda ko‘plab effektlar, harakatni hisoblash, Illustratordasturidan import qilish, Photoshopdasturidan import qilish, yapon tilidagi birinchi versiya |
| Aprel 1996-yil | 3.1 | Fayl formatlari, ko‘p jarayonli ishlash | ||
| May 1997-yil | 3.1 (Windows) | Dancing Monkey (Raqsga tushayotgan maymun) | Windows uchun chiqarilgan birinchi versiya, ochiluvchi menyular, nemis va fransuz tillaridagi ilk versiyalar | |
| Yanvar 1999-yil | 4.0 | ebeer | Varaqlar, qatlamlarni sozlash, tezkor xotirada oldindan ko‘rish (RAM preview), Premiere’dan import qilish; birinchi marta Mac va Windows | |
| uchun versiyalar chiqarildi 1999-yil | 4.1 | Batnip | Yangi ko‘rinish, papkalarni ko‘rish, 3D effektlari | |
| Aprel 2001-yil | 5.0 | Melmet | 3D, ifodalar (expressions) | |
| 7-yanvar 2002-yil | 5.5 | Fauxfu | Takomillashtirilgan 3D renderlash, bir nechta 3D ko‘rinish, macOS | |
| uchun ilk versiya 2003-yil | 6.0 | Foodfite | Chizish, skriptlar, matn qatlamlari, OpenGL | |
| qo‘llab-quvvatlanishi 2004-yil | 6.5 | Chambant | Klonlash, animatsiya shablonlari | |
| Yanvar 2006-yil | 7.0 | Clamchop | Yangi dizayn, displey ranglarini boshqarish, Premiere Pro bilan dinamik bog‘lanish, ispan va italyan tillaridagi dastlabki versiyalar | |
| 2-iyul 2007-yil | CS3 (8.0) | Metaloaf | Shakl qatlamlari, yangi vositalar, eslatmalar, ranglarni to‘liq boshqarish; Mac uchun birinchi Intel protsessorli versiya | |
| 22-yanvar 2008-yil | CS3 (8.0.2) | Metaloaf | Panasonic P2 qo‘llab-quvvatlanishi; Mac uchun so‘nggi PowerPC versiya | |
| 23-sentabr 2008-yil | CS4 (9.0) | Chinchillada | Loyiha va tarixda QuickSearch (tezkor qidiruv), Mini-Flowchart, Photoshop 3D qatlamlarini import qilish, Mocha | |
| 5-yanvar 2009-yil | CS4 (9.0.1) | Chinchidotta | RED R3D formatini qo‘llab-quvvatlash (REDCODE v1.3 plagini yordamida) | |
| 29-may 2009-yil | CS4 (9.0.2) | Lottadotta | Dastur to‘satdan yopilib qolishi bilan bog‘liq xatolarni tuzatish, REDCODE plaginini v1.7 versiyasiga yangilash, XDCAM HD qo‘llab-quvvatlanishi | |
| 30-aprel 2010-yil | CS5 (10.0) | Esgocart | Protsessorlarning 64bitli arxitekturasini qo‘llab-quvvatlash. Protsessorlarning 32bitli arxitekturasini qo‘llab-quvvatlash to‘xtatildi. | |
| 3-sentabr 2010-yil | CS5 (10.0.1) | Esgodot | Bir qator nosozlik va xatolar (AIFF audioning aralashib ketishi, .cube LUT kanali bilan bog‘liq muammo va boshqalar) tuzatildi; RED yangilanishlari (Science Color v2, ROCKET, RMD metama’lumotlari), LUT bilan moslik yaxshilandi (.3DL suzuvchi nuqtali format, 3DMESH/Mesh kalit so‘zlari va ASSIMILATE SCRATCH tizimida saqlangan fayllar), tarkibdagi uchinchi tomon plaginlari yangilandi. | |
| 8-aprel 2011-yil | CS5 (10.0.2) | Esgodoh | «Unexpected Data Type» («Kutilmagan ma’lumot turi») xatosi, effektlari yetishmaydigan loyihalarni ochishdagi xatolar, 16 yoki undan ortiq mantiqiy protsessorli kompyuterlarda Directional Blur va boshqa effektlar bilan bog‘liq nosozliklar, shuningdek Automatic Duck Pro AE orqali import qilingan kompozitsiyalarni ochishda yuz beradigan dastur ishdan chiqishlari tuzatildi. | |
| 11-aprel 2011-yil | CS5.5 (10.5) | Codname | Warp Stabilizer va Camera Lens Blur effektlari, fokus chuqurligi hamda boke sifatini yaxshilash uchun kamera qatlami, boshlang‘ich vaqt kodini qo‘llab-quvvatlash va Timecode effektini takomillashtirish, stereoskopik 3D yaratish moslamalari, takomillashtirilgan 3D ko‘zoynak effekti, yumshoq pasayish, CinemaDNG importi, kengaytirilgan RED (R3D) funksiyalari, XDCAM EX va XDCAM HD formatlariga chiqarish, Adobe Audition CS5.5 bilan integratsiya va loyihani CS5 formatida saqlash. | |
| 30-iyun 2011-yil | CS5.5 (10.5.1) | Codot | Sichqoncha ko‘rsatkichi Composition paneli ustida turganida matn qatlamiga yozishda kechikish yuz berishi va yangilash seriya raqamidan foydalana olmaslik muammolari tuzatildi. | |
| 2-iyun 2012-yil | CS6 (11.0) | Esgodoh | Nvidia GeForce GTX 680 va AtomKraft qo‘llab-quvvatlanishi, xatolarni tuzatish, 3D-treking funksiyasini qo‘shish | |
| 25-may 2012-yil | CS6 (11.0.1) | BigDottom | Xatolarni tuzatish. | |
| 12-oktabr 2012-yil | CS6 (11.0.2) | NoneMoreDot | Intel HD Graphics va NVIDIA GeForce videokartalari qo‘llab-quvvatlandi, xotira boshqaruvini CS5.5 dagi holatga qaytarish imkonini beruvchi yangi sozlama qo‘shildi, bir qancha xatolar tuzatildi. | |
| 17-iyun 2013-yil | CC (12.0) | Sconehenge | 3D obyektlar bilan ishlash, kameraning 3D-trekingini optimallashtirish, yetishmaydigan shriftlar, effektlar va materiallarni qidirish, bikubik qayta namunalash, sozlamalarni sinxronlashtirish, Refine Edge («Chegarani aniqlashtirish») vositasi, Warp Stabilizer VFX, obyektlarni bog‘lash, piksel harakatini silliqlashtirish. | |
| 31-oktabr 2013-yil | CC (12.1) | Plabt Blue Ribbon | macOS 10.9 va Retina displeylarini qo‘llab-quvvatlash, maska trekeri, tafsilotlarni saqlovchi yuqori sifatli effekt, xususiyatlarni bog‘lash, yaxshilangan tekislash | |
| 13-dekabr 2013-yil | CC (12.2) | Pinot Butter | Tasvir ketma-ketliklari uchun papkalarni avtomatik yaratish, parametrik shakl qatlamining yo‘lini Beze egri chiziqlariga aylantirish buyrug‘i, ko‘plab boshqa kichik yaxshilanishlar. | |
| 1-aprel 2014-yil | CC 2014 (13.0) | Goatmeal Stout | Key Cleaner va Advanced Spill Suppressor effektlari, After Effects’da yaratilgan va Premiere Pro’da tahrirlanadigan matn shablonlari, har bir effekt uchun kompoziting parametrlari (jumladan, maskalar yordamida ta’sir qiladigan sohani cheklash), Sony RAW videolarini (F5, F55 va F65 kameralarining xom fayllarini) import qilish, MPEG-4 SStP (Simple Studio Profile) turidagi Sony SR MXF fayllarini import qilish, Mercury Transmit orqali tashqi monitorda videoni oldindan ko‘rish | |
| 7-sentabr 2014-yil | CC 2014.1 (13.1) | Hefe Marathon | Yuqori piksel zichligidagi (High-DPI) kontent va interfeys (Mac OS, Windows), yangilangan «ko‘k» interfeys, Copy With Relative Property Links buyrug‘i, Dynamic Link uchun rang boshqaruvi, Maxon Cinema 4D Lite R16 va Cineware 2.0, Cinema 4D resurslari uchun Collect Files funksiyasi, mahalliy GoPro CineForm kodeklari, matn qatlamlari uchun skript imkoniyatlarini yaxshilash | |
| 16-dekabr 2014-yil | CC 2014.2 (13.2) | Finish Lime | Matn qatlamlari uchun skript imkoniyatlari yanada kengaytirildi, ifodalardan foydalanib
qatlamning dinamik chegaralariga murojaat qilish imkoniyati, yangi kalit kadr (keyframe) ikonkalari, jumladan Illustrator qatlamlaridan shakl qatlamlarini yaratishga doir turli xatolarni tuzatish. | |
| 15-iyun 2015-yil | CC 2015.0 (13.5.0.347) | Mussel Car | Uzluksiz ijro, yangi Adobe Character Animator (1-dastlabki ko‘rinish), Creative Cloud kutubxonalari, yuzni kuzatish, Maxon Cineware v2.0.16, renderlash davom etayotganida ham ravon
ishlash va foydalanuvchi bilan o‘zaro ta’sirni ta’minlash. | |
| 30-noyabr 2015-yil | CC 2015.1 (13.6.1.6) | Sensorli qurilmalar va kichik ekranlar uchun optimallashtirildi, Adobe Stock videosini qo‘llab-quvvatlashning yangi imkoniyatlari, rang bilan ishlash jarayonlarini takomillashtirish, Adobe Character Animator (dastlabki versiya) uchun Multi-touch sensorli boshqaruvi, Adobe Comp CCbilan integratsiya, fayllarni Creative Cloud Libraries kutubxonalaridan sudrab olib kelish, qo‘shimcha tuzatishlar va yaxshilanishlar. | ||
| 27-yanvar 2016-yil | CC 2015.2 (13.7.0.124) |
| ||
| 20-iyun 2016-yil | CC 2015.3 (13.8.0.144) |
| ||
| 3-avgust 2016-yil | CC 2015.3 (13.8.1.38) |
| ||
| 22-yanvar 2018-yil | CC (15.0.1) | Tater Dots |
| |
| 3-aprel 2018-yil | CC (15.1) | Annivercelery |
|
Adabiyotlar
- Linda Vaynman. Adobe After Effects 6 bo‘yicha amaliy qo‘llanma. Videomontaj, maxsus effektlar, videokompozitsiyalar yaratish. — M.: «Vilyams», 2004. — B. 648. — ISBN 0-321-22854-5.
- Entoni Bolante. Adobe After Effects darslari. — «Triumf», 2007. — B. 832. — ISBN 978-5-89392-251-6.
Havolalar
- Adobe saytida After Effects (rus tilida)
- The After Effects Timeline (After Effects vaqt shkalasi)
- Ichki effektlarning ishlashi haqida rus tilidagi tavsif
- video — Dastur yaratilish g‘oyasidan to hozirgi kungacha bo‘lgan rivojlanish tarixi