| Kaspiybo‘yi pasttekisligi | |
|---|---|
| qozoqcha. Kaspiy mañı oypatı | |
tog‘i Bolshoye Bogdo — pasttekislikning eng baland nuqtasi, Rossiyaning Astraxan viloyati | |
| Asosiy ko‘rsatkichlari | |
| Mutlaq balandligi | -28 dan 149 gacha m |
| O‘lchamlari | 770 gacha × 550 gacha km |
| Maydoni | 200 000 km² |
| Daryolari | Volga, Ural, Kuma, Emba, Terek |
| Ko‘llari | Qamish-Samara ko‘llari, Sarpin ko‘llari, Elton, Baskunchak, Inder |
| Joylashuvi | |
| 47°32′00″ sh. k. 49°01′00″ sh. u.HGЯO | |
| Davlatlar | |
| Hududlar | Atirau viloyati, G‘arbiy Qozog‘iston viloyati, Mang‘istau viloyati, Dog‘iston, Stavropol o‘lkasi, Qalmoqiya, Astraxan viloyati, Volgograd viloyati, Saratov viloyati |
Kaspiybo‘yi pasttekisligi (qozoqcha. Kaspiy mañı oypatı) Sharqiy Yevropa tekisligida joylashgan va Kaspiy dengizining shimoliy qirg‘oqlarini o‘rab oladi. U Rossiyaning janubida va Qozog‘istonning g‘arbida joylashgan. Umumiy maydoni taxminan 200 ming km² bo‘lgan pasttekislik quyidagi hududlarni qamrab oladi: Dog‘iston, Qalmoqiya, Saratov viloyati, Volgograd viloyati, Astraxan viloyati, Stavropol o‘lkasi, Atirau viloyati, G‘arbiy Qozog‘iston viloyati.
Geografik joylashuvi
Kaspiybo‘yi pasttekisligi shimolda — Obshiy Sirt, g‘arbda — Volgabo‘yi qirlari va Yergeni, sharqda — Uraloldi platosi va Ustyurt. Pasttekislikning maydoni taxminan 200 ming km². Dengiz sathidan balandligi 149 m gacha, janubiy qismi esa dengiz sathidan pastda (−28 m gacha) joylashgan. Yergeni qirlari, Kuma-Manich botig‘i va Volga oralig‘idagi pasttekislikning shimoli-g‘arbiy qismi Qora yerlar deb ataladi.
Kaspiybo‘yi pasttekisligi dengiz tomon asta-sekin pasayib boruvchi tekis yuzadan iborat bo‘lib, ayrim joylarida alohida balandliklar — Inder tog‘lari, Bolshoye Bogdo, Maloye Bogdo va boshqa balandliklar.
Kaspiybo‘yi pasttekisligi hududidan Volga, Ural, Emba, Kuma, Terek va boshqa daryolar oqib o‘tadi. Kichik daryolar (Katta va Kichik O‘zen, Uil, Sag‘iz) yozda quriydi yoki bir necha botiqlarga ajralib, quyidagi ko‘l tizimlarini hosil qiladi: Qamish-Samara ko‘llari, Sarpin ko‘llari. Sho‘r ko‘llar ham ko‘p (Baskunchak, Elton, Inder, Botkul va boshqalar).
Iqlimi
Iqlimi — keskin kontinental. O‘rtacha harorat yanvarda shimolda −14 °C dan qirg‘oq bo‘yida −8 °C gacha, iyulda esa shimolda +22 °C dan janubda +24°С gacha. Yog‘in miqdori janubi-sharqda 200—150 mm dan shimoli-g‘arbda 350 mm gacha, bug‘lanish esa taxminan 1000 mm. Bu yerda tez-tez issiq va quruq shamollar esadi.
Geologik tuzilishi
Kaspiybo‘yi pasttekisligida bir nechta yirik tektonik tuzilma (Kaspiybo‘yi sineklizasi, Yergeni ko‘tarilmasi, No‘g‘ay va Terek botiqlari) mavjud.
To‘rtlamchi davrda pasttekislikni dengiz bir necha marta qoplagan. Natijada shimoliy qismida gil va qumoq, janubiy qismida esa qumli yotqiziqlar hosil bo‘lgan.
Kaspiybo‘yi pasttekisligi yuzasi turli mikro- va mezorelyef shakllari — botiqchalar, limanlar, qum tillari va soyliklar bilan ajralib turadi. Janubida shamol ta’sirida hosil bo‘lgan relyef shakllari, Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida esa Ber do‘ngliklari tizmasi uchraydi.
Tuproqlari va o‘simlik dunyosi
Kaspiybo‘yi pasttekisligining tuproqlari va o‘simlik qoplami turli tabiiy majmualardan iborat. Bu yerda sho‘rtob tuproqlar va sho‘rxoklar tez-tez uchraydi.
Shimolda shuvoq va boshoqli o‘tlarga boy dashtlar och kashtanrang tuproqlarda, janubda esa chala cho‘llar va cho‘llar qo‘ng‘ir va qumli tuproqlarda tarqalgan. Bu hududlarda shuvoq ustunlik qiladi.
Iqtisodiy ahamiyati
Asosan yaylov sifatida foydalaniladi.
Volga-Axtuba qayirida polizchilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik keng rivojlangan.
Bu yerda neft va gaz (Kaspiybo‘yi neft-gazli provinsiyasi), ko‘llardan esa osh tuzi olinadi (Baskunchak, Elton va boshqalar).
Adabiyotlar
- Grigoryev A. A. Qisqacha geografik ensiklopediya. 3-jild. — Moskva: Sovetskaya ensiklopediya, 1962. — B. 580.
- SSSR Yevropa qismining janubi-sharqi, Moskva, 1971; Qozog‘iston, Moskva, 1969 (SSSRning tabiiy sharoitlari va tabiiy resurslari).
Havolalar
- Astraxan o‘lkasining tabiati. www.astrakhan.ru. Murojaat qilingan sana: 28-iyun 2021-yil. — geografiya, relyef, iqlim, tuproqlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalar haqida.
- PaleoKazakhstan.info: Shimoliy Kaspiybo‘yi pasttekisligi. paleokazakhstan.info. Murojaat qilingan sana: 28-iyun 2021-yil.
