| iPhone 17 Pro iPhone 17 Pro Max | |
|---|---|
| | |
| To‘q sariq rangdagi iPhone 17 Pro | |
| Brend | Apple |
| Ishlab chiqaruvchi | Foxconn |
| Shior | "Pro imkoniyatlari to‘liq ishga solingan." |
| Aloqa standartlari | 2G GSM/EDGE, 3G UMTS/HSPA+, 4G LTE, 5G NR |
| Taqdim etilgan sana | 9-sentabr 2025-yil |
| Sotuv boshlangan sana | 19-sentabr 2025-yil |
| Ishlab chiqarishdan chiqarilgan | 9 sentabr 2026-yil |
| Aloqador modellar |
iPhone 17 iPhone Air iPhone 17e |
| Turi |
17 Pro: smartfon 17 Pro Max: fablet |
| O‘lchamlari |
17 Pro: 150,0 × 71,9 × 8,75 mm 17 Pro Max: 163,4 × 78,0 × 8,75 mm |
| Og‘irligi |
17 Pro: 206 g 17 Pro Max: 233 g |
| Materiali | Alyuminiy |
| Operatsion tizim |
Dastlabki: iOS 26 Joriy: iOS 27.2.1 |
| Protsessor | 6 yadroli Apple A19 Pro |
| Grafika | 6 yadroli GPU |
| Tezkor xotira | 12 GB LPDDR5 |
| Flesh-xotira |
17 Pro: 256 GB, 512 GB va 1 TB 17 Pro Max: 256 GB, 512 GB, 1 TB va 2 TB |
| Xotira kartasi | mavjud emas |
| SIM-karta |
|
| Quvvatlash | |
| Boshqarish usuli | sensorli ekran |
| Ekran |
17 Pro: 6,3 dyuym (160 mm) OLED-displey Super Retina XDR displeyi 2622 х 1206 piksel aniqlikda (zichligi ~460 piksel/dyuym), 120 Gts 17 Pro Max: 6,9 dyuym (175 mm) OLED-displey Super Retina XDR displeyi 2868 х 1320 piksel aniqlikda (zichligi ~460 piksel/dyuym), 120 Gts |
| Kamera |
Keng burchakli: 48 Mp, diafragma f/1.8, 24 mm
TOF 3D LiDAR skaneri |
| Old kamera | Keng burchakli: 18 Mp, diafragma f/1.9, 23 mm |
| Ulanish interfeyslari | |
| Havolalar | apple.com/iphone-17-pro |
iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max — smartfonlar, ular Apple Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi va sotiladi. iPhone 17 va iPhone Air bilan birga ular iPhone smartfonlarining o‘n to‘qqizinchi avlodini tashkil etadi va iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max modellarining o‘rnini Apple Parkdagi (Kupertino, Kaliforniya) 9-sentabr 2025-yilgi taqdimotda egalladi.
Texnik xususiyatlari
Ranglar
iPhone 17 Pro’ning ikkala modeli uch xil rangda taklif etiladi: yangi «Kosmik to‘q sariq», «To‘q ko‘k» va «Kumushrang».
| Rang | Surat | Nomi |
|---|---|---|
| Kosmik to‘q sariq | ||
| To‘q ko‘k | ||
| Kumushrang |
Protsessor
iPhone 17 Pro va Pro Max modellarida yangi Apple A19 Pro chipi qo‘llanilgan. U Apple tomonidan ishlab chiqilgan yangi N1 tarmoq chipini o‘z ichiga oladi. Bu Apple kompaniyasining yordamchi chiplarni ham mustaqil yaratish yo‘nalishidagi strategiyasiga mos keladi. iPhone 17 Pro 12 GB tezkor xotiraga ega.
Displey
Pro modelining displeyi 6,3 dyuym, Pro Max modeliniki esa 6,9 dyuym.
Kamera
Kameralar joylashuvi iPhone 11 Pro davridan beri ilk bor qayta ishlab chiqildi: unda katta gorizontal kamera bloki va 4 karra kattalashtirishli teleobyektiv (100 mm, avvalgi 120 mm o‘rniga) o‘rnatildi. Bu teleobyektiv ilgari qo‘llangan 5 karra kattalashtirishli obyektivning o‘rnini egalladi. Natijada iPhone 17 Pro barcha iPhone modellari orasida eng uzun fokus masofali teleobyektivga ega bo‘ldi.
Innovatsiyalar
Apple kompaniyasining yangi avlod smartfonlari, seriyadagi boshqa modellar kabi, korpus mustahkamligini oshiruvchi yangilangan Ceramic Shield himoyasiga ega. Qurilmalar Apple A19 Pro chipi bilan jihozlangan bo‘lib, Apple Intelligence tizimini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, ular yangi korpus rangi hamda bug‘latish kamerasi va alyuminiy ramkaga asoslangan ilg‘or sovitish tizimiga ega. Eng muhim yutuqlardan biri — video tomosha qilishda 40 soatgacha ishlaydigan rekord darajadagi batareya quvvati bo‘lib, bu yangi modelni brend tarixidagi eng uzoq ishlaydigan iPhone ga aylantiradi.