iPhone 17

iPhone 17
iPhone 17 в лавандовом цвете
Lavanda rangidagi iPhone 17
Brend Apple
Ishlab chiqaruvchi Foxconn
Shior "Magichromatic."
Aloqa standartlari 2G GSM/EDGE, 3G UMTS/HSPA+, 4G LTE, 5G NR
Chiqarilgan sana 9-sentabr 2025-yil
Sotuv boshlangan sana 19-sentabr 2025-yil
Tegishli modellar iPhone 17 Pro / iPhone Air / iPhone 17e
Turi smartfon
O‘lchamlari 149,6 × 71,5 × 7,95 mm
Og‘irligi 177 gramm
Korpus materiali Alyuminiy
Operatsion tizim Dastlabki versiya: iOS 26
Joriy versiya: iOS 27.2.1
Protsessor 6 yadroli Apple A19
Grafika 5 yadroli GPU
Operativ xotira 8 GB LPDDR5
Flesh-xotira 256 va 512 GB
Xotira kartasi mavjud emas
SIM-karta
  • Ikkita eSIM (AQSH)
  • Ikkita nano-SIM (Gonkong, Makao va materik Xitoy)
  • nano-SIM va eSIM (hamma joyda)
Quvvatlash
  • MagSafe va Qi 2 simsiz quvvatlash
  • USB-C orqali tezkor quvvatlash
Ma’lumot kiritish sensorli ekran
Ekran 6,3 dyuym (160 mm), 2622 х 1206 piksel aniqlik, 120 Gts
Kamera Keng burchakli: 48 MP, f/1.6 diafragma, 26 mm
Ultra keng burchakli: 48 MP, f/2.2 diafragma, 13 mm, ko‘rish burchagi 120°
Old kamera Keng burchakli: 18 MP, f/1.9 diafragma, 23 mm
Interfeyslar

Wi-Fi 7 (802.11be)
Bluetooth 6.0, LTE
Thread
UWB, NFC (o‘qish rejimi bilan)

USB-C ulagichi
Havolalar apple.com/iphone-17
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

iPhone 17 — smartfon, uni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniya — Apple. Bu o‘n to‘qqizinchi avlod iPhone modeli bo‘lib, avvalgi iPhone 16 o‘rnini egallagan. Qurilma qimmatroq iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max, shuningdek, iPhone Air bilan birga Apple kompaniyasining Apple Park majmuasida (Kupertino, Kaliforniya shtati) 9-sentabr (2025-yil) kuni tashkil etilgan tadbirda taqdim etilgan.

Texnik xususiyatlari

Ranglari

iPhone 17 5 xil rangda taqdim etiladi: lavanda, marmarak-yashil, tutunrang ko‘k, oq va qora.

Rang SuratNomi
Lavanda
Marmarak-yashil
Tutunrang ko‘k
Oq
Qora

Protsessor

iPhone 17 yangi Apple A19 chipidan foydalanadi. Uning tarkibida Apple tomonidan ishlab chiqilgan yangi N1 tarmoq chipi ham bor. Bu Apple kompaniyasining Broadcom’ga qaramlikni kamaytirish strategiyasining bir qismidir.

iPhone 17 o‘zidan oldingi, 128 GB xotirali iPhone 16 modelidan farqli ravishda bunday xotira varianti bilan chiqarilmaydi. Shu tariqa, u faqat 256 GB va 512 GB xotira bilan, narxi 799 AQSH dollaridan boshlanadigan ilk bazaviy iPhone modeliga aylandi.

Displey

iPhone 17 katta, 6,3 dyuymli OLED displey va 120 Gts gacha dinamik yangilanish chastotasini ta’minlaydigan ProMotion texnologiyasi bilan jihozlangan. Bunday imkoniyat ilk bor Pro turkumiga kirmaydigan iPhone modelida taqdim etildi.

Displey aniqligi 2622x1206 piksel, zichligi esa bir dyuymga 460 pikselni tashkil qiladi. iPhone 17, shuningdek, doimo yoqilgan displey (Always-On Display) funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kamera

iPhone 17 48 megapikselli Dual Fusion kamera tizimiga ega. U 48 megapikselli asosiy Fusion obyektivi va 48 megapikselli ultra keng burchakli Fusion obyektividan tashkil topgan. Asosiy obyektiv yordamida optik sifatli 12 megapikselli suratlarni 2 karra telefoto yaqinlashtirish bilan olish mumkin.

Old kamera Dual Capture funksiyasiga ega 18 megapikselli sensor bilan jihozlangan. Ushbu funksiya old kameradan istalgan yo‘nalishda foydalanish hamda kadrda kim borligiga qarab manzara yoki portret yo‘nalishidagi suratlarni olish imkonini beradi.