iPhone 15 Pro

iPhone 15 Pro
iPhone 15 Pro Max
Изображение логотипа
Brend Apple
Ishlab chiqaruvchi Foxconn
Shior Titan. Shunchalik mustahkam. Shunchalik yengil. Shunchalik Pro.
Seriya iPhone
Aloqa tarmoqlari 4G LTE / 5G NR
Taqdim etilgan sana 12-sentabr 2023
Boshlang‘ich narx iPhone 15 Pro:
128 GB — $999
256 GB — $1099
512 GB —$1299
1 TB — $1499
iPhone 15 Pro Max:
256 GB — $1199
512 GB — $1399
1 TB — $1599
Savdoga chiqarilgan vaqt 22 sentabr 2023; 3 yil avval (2023-09-22)
Ishlab chiqarishdan olingan 9 sentabr 2024; 2 yil avval (2024-09-09)
O‘zaro bog‘liq modellar iPhone 15
Turi iPhone 15 Pro: smartfon
iPhone 15 Pro Max: planshetga yaqin yirik smartfon (phablet)
O‘lchamlari iPhone 15 Pro: 146,6 mm × 70,6 mm × 8,25 mm
iPhone 15 Pro Max: 159,9 mm × 76,7 mm × 8,25 mm
Og‘irligi iPhone 15 Pro: 187 gramm
iPhone 15 Pro Max: 221 gramm
Materiali Titan qotishmasi
Operatsion tizim Dastlabki versiya: iOS 17
Joriy versiya: iOS 27.2.1
Protsessor 6 yadroli Apple A17 Pro
Grafika 6 yadroli GPU
Tezkor xotira 8 GB LPDDR5
Flesh-xotira iPhone 15 Pro: 128 GB, 256, 512 GB va 1 TB
iPhone 15 Pro Max: 256, 512 GB va 1 TB
Xotira kartasi qo‘llab-quvvatlanmaydi
SIM-karta
  • Ikki eSIM (AQSh)
  • Ikki nano-SIM (Gonkong, Makao va materik Xitoy)
  • nano-SIM va eSIM (barcha hududlarda)
Akkumulyator 13,14 Kl
Quvvatlash
Kiritish usuli sensorli ekran
Displey iPhone 15 Pro: 6.1 dyuym (155 mm), 2556 × 1179 aniqlikda, tomonlar nisbati 19.5:9 (har dyuymga ~460 piksel)
Super Retina XDR OLED, 120 Hz, HDR10, 1000 nit (minimal), 2000 nit (eng yuqori qiymat) — Samsung Display
iPhone 15 Pro Max: 6.7 dyuym (170 mm), 2796 × 1290 aniqlikda, tomonlar nisbati 19.5:9 (har dyuymga ~460 piksel)
Super Retina XDR OLED, 120 Hz, HDR10, 1000 nit (minimal), 2000 nit (eng yuqori qiymat) — Samsung Display
Interfeyslar Wi-Fi 6E (802.11ax (a/b/g/n/ac)), ikki diapazonli, Bluetooth 5.3 (A2DP, LE), ultra keng polosali aloqa (UWB), Globalstar’ning favqulodda vaziyatlar uchun sun’iy yo‘ldosh xizmati (ayrim mamlakatlarda faqat favqulodda vaziyatlarda foydalanish bilan cheklangan)
Havolalar apple.com/iphone-15-pro/
Логотип Викисклада Wikimedia Commons’dagi mediafayllar

iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max — smartfon, ishlab chiqaruvchisi — Apple korporatsiyasi bo‘lib, uning operatsion tizimi iOS 17 va protsessori Apple A17 Pro asosida ishlaydi. Qurilma iPhone 15 va iPhone 15 Plus 12-sentabr 2023-yilda Apple kompaniyasining Wonderlust («Mo‘jizalar sari intilish») nomli maxsus tadbirida Apple Parkda, Kupertinoda bo‘lib o‘tdi. Oldindan buyurtmalar 15-sentabr 2023-yilda boshlandi, smartfonlar esa 22-sentabr 2023-yilda erkin savdoga chiqarildi.

Texnik xususiyatlari

Dizayn

iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max korpuslari tabiiy titan, ko‘k titan, oq titan va qora titandan tayyorlangan.

Rang Nomi
Tabiiy titan
Ko‘k titan
Oq titan
Qora titan

Quvvatlash va ma’lumot uzatish tezligi

iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max iPhone tarixida ilk bor USB-C orqali ma’lumot uzatish USB 3.2 tezligini qo‘llaydi (o‘rtacha 20 Gbit/s / 10 Gbit/s gacha), bu asosiy modellar bilan taqqoslaganda yaxshilanish hisoblanadi: iPhone 14 Pro va iPhone 15/15 Plus, ular faqat USB 3.1 ma’lumot uzatish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi (o‘rtacha 10 Gbit/s / 1,25 Gbit/s gacha).

Biroq USB 3.2 tezligiga erishish uchun qo‘shimcha ravishda original Thunderbolt 4 kabelini $69 ga sotib olish kerak; kabel qurilma to‘plamiga kiritilmagan.

Video chiqishi

Barcha iPhone 15 modellari DisplayPort muqobil rejimini USB-C video chiqishi orqali HDR formatida, 4K gacha.

Lightning ulagichining texnik cheklovlari sababli avvalgi iPhone modellari (iPhone 5 dan iPhone 14 Pro gacha) Lightning raqamli AV-adapteri bilan 1600×900 (1080p dan biroz past) maksimal aniqlikni qo‘llab-quvvatlagan.

Harakat tugmasi

iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max’da ovozni o‘chirish kaliti o‘rniga harakat tugmasi ishlatiladi. Foydalanuvchi bu tugmani kamerani ochish, fonarni yoqish va boshqa ko‘plab vazifalar uchun sozlashi mumkin. Standart holatda yangi tugma avvalgidek qo‘ng‘iroq va jim rejimlar o‘rtasida almashish vazifasini bajaradi.

Akkumulyator

Odatda, iPhone’ning har bir yangi avlodi kattaroq sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 15 Pro modelida sig‘imi 3274 mAh, 15 Pro Max modelida esa 4422 mAh. iPhone 15 Pro Max taqdim etilgan paytda o‘tkazilgan sinovlar natijasiga ko‘ra bozordagi barcha versiyalar orasida eng uzoq ishlaydigan model deb topilgan.

Foydalanish turi Vaqt, soat
Videoni qayta ijro etish 23 gacha (15 Pro) va 29 gacha (15 Pro Max)
Videoni striming orqali tomosha qilish 20 gacha (15 Pro) va 25 gacha (15 Pro Max)
Audioni qayta ijro etish 75 gacha (15 Pro) va 95 gacha (15 Pro Max)

Dasturiy ta’minot

Xuddi iPhone 15 va 15 Plus kabi, iPhone 15 Pro va Pro Max’da oldindan o‘rnatilgan operatsion tizim — iOS 17, u avvalgi avlod iPhone modellari uchun 18-sentabr 2023-yilda taqdim etilgan.

Rasmlar

Havolalar