Kimyoviy bog‘lanishning hosil bo'lishida elektromanfiyliklari bir-biridan keskin farq qiladigan elementlar(metallar va metallmaslar) ishtirok etsa, kimyoviy bog'lanish turi va uning hosil bo'lish mexanizmi boshqacha bo'ladi. Misol tariqasida Na va Cl atomlari o'rtasida Na—Cl bog'ining hosil bo'lishini ko'rib chiqamiz.

Na davriy jadvalning III davr I gruppa elementi, uning elektromanfiyligi 0,9 ga teng. Cl shu davming VII gruppasi elementi, elektromanfiyligi 3,0 ga teng. Bu atomlar o'zaro ta’sirlashganda Cl atomi Na atomining tashqi elektron qavatidagi bitta elektronni “tortib” oladi.
Na°- ё → Na+ va Cl° + ё → Cl-
Natijada Na+ ioni va Cl- ioni hosil bo'ladi. Bu erkin ionlar o'rtasida o'zaro elektrostatik tortishuv kuchlari yuzaga keladi va Na—Cl (ion) bog'i hosil bo'ladi. Ion bog'lanish deb, qarama-qarshi zaryadli ionlarning elektrostatik tortishuv kuchlari vositasida yuzaga keluvchi kimyoviy bog'lanishga aytiladi.
Ion bog'lanishda ishtirok etuvchi elektron(lar) doimo elektromanfiyligi kam bo'lgan atomdan elektromanfiyligi yuqori bo'lgan element atomiga qarab siljiydi. Ion bog'lanishli moddalar (ko'pchilik tuzlar), asosan qattiq (kristall) holda bo'lib, ular suvli eritmalarda eriganda ionlarga ajraladi (dissotsilanadi). Yuqori temperaturada suyuqlanadi.
Ion bog'lanish to'yinish va yo'nalganlik xossalariga ega emas. Ma’lumki, ionlarsharsimon tuzilishga ega bo'lib, ularda zaryad (ionning butun sirti bo'yicha) bir xil tarqaladi. Shu sababli bir-biri bilan tortishuvi uchun ular fazoda ma’lum yo'nalish bo'yicha joylashuvi shart emas, shu sababli ionlar o'zaro xohlagan holatda tortishadilar. Bunday tortishuv tufayli hosil bo'lgan bog'lanish yo'nalishga ega bo'lmaydi.
Sharsimon zarracha ko'rinishidagi ion(lar) boshqa cheklanmagan sondagi ionlar bilan o'zaro tortishuv kuchlari hosil qiladi va atrofida qarama-qarshi zaryadli boshqa ionlaming bir nechtasini “ushlab” turadi. Bu ion bog'lanishning to'yinmovchanligini ko'rsatadi. Birion atrofida teskari zaryadli nechta ion joylashganini kо‘rsatuvchi son shu ionning koordinatsion soni (k. s) deyiladi. NaCl molekulasi kristallarida harbir Na ioni atrofida 6 ta Cl- va harbir Cl- ioni atrofida 6 ta Na+ ioni joylashgan.

Shunga ko‘ra, Na+ ning koordinatsion soni 6 ga, Cl- ionining koordinatsion soni ham 6 ga teng. Koordinatsion sonning qiymati har bir ionning radiusi (r) ga va r larning nisbatiga bog‘liq bo'ladi. Agar kation radiusi anion radiusidan katta rk>ra bo'lsa, 1 ta kation atrofida bir necha anion joylashadi va kationning koordinatsion soni katta bo'ladi. rk/ra nisbatga ko'ra koordinatsion son 2,4,6,8 va 12 gacha bo'ladi.
Ion bog'lanishga misollar
- NaCl: natriy xlorid
- NaBr: natriy bromidi
- NaF: natriy ftorid
- NaI: natriy yodid
- KF: kaliy ftorid
- KCl: kaliy xlorid
- KI: kaliy yodid
- KBr: kaliy bromidi
- LiI: litiy yodid
- Li2O: litiy oksidi
- MgO: magniy oksidi
- MgS: magniy sulfid
- MgSe: magniy selenid
- CaCl: kaltsiy xlorid
- CaO: kaltsiy oksidi
- CaseSe: Kaltsiy selenid
Ion birikmalari yuqori erish va qaynash nuqtalariga ega
Ion birikmalari yuqori erish va qaynash nuqtalariga ega. Buning sababi, qarama-qarshi zaryadlangan ionlar orasidagi kuchli elektrostatik tortishish tufayli ion bog'larini buzish uchun juda ko'p energiya kerak bo'ladi.

Ion birikmalari oson parchalanadi
Ion birikmalari qattiq, ammo mo'rt. Ularni bir-biriga bog'lab turadigan ion bog'larini uzish uchun juda ko'p kuch talab etiladi, ammo agar etarli kuch qo'llanilsa, ular osongina parchalanadi. Buning sababi, ion bog'lar bir xil zaryaddagi ionlarni iborat. Xuddi shu zaryadli ionlar orasida mavjud bo'lgan kuchli itaruvchi kuchlar ularni bir-biridan qochib ketishiga olib keladi, bu esa ion birikmasini parchalanishiga olib keladi.
Ion birikmalari elektr tokini o'tkazadi
Agar moddada erkin harakatlanadigan zaryadlangan zarralar bo'lsa, elektr tokini o'tkazishi mumkin. Barcha ionli birikmalar zaryadlangan zarrachalarni (ionlarni) o'z ichiga oladi, lekin ular qattiq holatda elektr tokini o'tkaza olmaydi, chunki ionlar harakatlana olmaydi. Ionli modda faqat suvda erigan bo'lsa, ionlarning harakatlanishini ta'minlagan holda elektr tokini o'tkazishi mumkin.
Ion bog'lanish va kovalent bog'lanish o'rtasidagi farq nima?
Kimyoviy bog'lanishning ikkita asosiy turi ion va kovalent bog'lanishdir, ammo ular orasida asosiy farqlar mavjud.

| Ion bog'lanishlar | Kovalent bog'lanishlar |
|---|---|
| Metall va metallmaslar orasidagi bog'lanish | Metallmaslar orasidagi bog'lanish |
| Elektronlarning to'liq uzatilishini o'z ichiga oladi | Elektronlarni almashishni o'z ichiga oladi |
| Elektromanfiyligi sezilarli darajada farq qiluvchi ionlar orasida paydo bo'ladi | Elektromanfiyligi o'xshash bo'lgan atomlar orasida paydo bo'ladi |
