Infarkt nima

Taloq va jigardagi infarktlarni ko‘rsatuvchi kompyuter tomogrammasi (oq strelkalar)
Yurak chap qorinchasining old devori infarkti

Infarkt (lot. infarcire — to‘ldirmoq, tiqishtirmoq) — (nekroz) ya’ni a’zo yoki to‘qimaning keskin darajada qon bilan ta’minlanmasligi oqibatida nobud bo‘lishi. Infarkt sabablari: tromboz, emboliya, uzoq davom etuvchi spazm (arteriyalarda) va a’zoning gipoksiya sharoitidagi funksional zo‘riqishi.

Infarktning asosiy sababi bo‘lgan aterosklerozni davolash uchun quyidagi endovaskulyar muolajalar qo‘llanadi, jumladan, stent o‘rnatish bilan angioplastika va aterektomiya (xolesterin pilakchalarini olib tashlash).

Belgilari

Infarkt belgilari quyidagilar bo‘lishi mumkin: ko‘krak qafasining o‘rta qismida, shuningdek, qo‘llarda, chap yelkada, tirsaklarda, jag‘da yoki orqada og‘riq yoxud noxush sezgilar.

Ayrim hollarda, masalan, miokard infarktida og‘riq bo‘lmasligi mumkin.

Kelib chiqish sabablari va xavf omillari

Infarkt rivojlanishining bevosita sababi qon oqimiga to‘sqinlik paydo bo‘lishidir. Bunga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: tromboz, emboliya, arteriyalarning uzoq davom etuvchi spazmi va gipoksiya sharoitida a’zoning funksional zo‘riqishi.

Qon tomirining bo‘shlig‘i qisman berkilganda, infarkt zo‘riqayotgan a’zoning oziqlanishi va uning bir qismining qon bilan ta’minlanishi o‘rtasidagi nomuvofiqlik tufayli yuzaga keladi. Bunday nomuvofiqlik yuqori qon bosimida (gipertoniyada), yurak kasalliklari va nuqsonlarida ham kuzatilishi mumkin. Bunga tomirlarning elastikligi, moslashish va kengayish qobiliyatini yo‘qotishi sabab bo‘ladi.

Ayrim infarkt turlari uchun xavf omillari:

Turlari

Infarkt shakliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

Rangiga ko‘ra:

  • Oq — taloq va bosh miyada uchraydi.
  • Gemorragik halqa bilan o‘ralgan oq infarkt — yurak va buyraklarda uchraydi.
  • Qizil, qonga to‘yingan infarkt — surunkali venoz qon dimlanishi fonida o‘pkada uchraydi.

Oqibatlari

Eng og‘ir holatda o‘lim yuz berishi mumkin. Yiringli erish jarayoni infeksiyaning tarqalishiga, shuningdek, sepsisga olib kelishi mumkin. Infarktning ijobiy oqibatlari qatoriga chandiqlanish, shikastlangan to‘qimalarning biriktiruvchi to‘qima bilan almashinishi kiradi. Nekrozga uchragan to‘qimalar atrofida kapsula hosil bo‘lishi mumkin; uning ichidagi modda kalsiy tuzlari bilan shimilishi yoki suyaklanishi mumkin. Bosh miyada nekroz o‘chog‘i kichik bo‘lsa, chandiq yoki kista hosil bo‘ladi. Infarkt oqibatida shikastlangan a’zo o‘z faoliyatini qisman yoki to‘liq yo‘qotishi mumkin.

Manbalar