Ichak infeksiyalari — bu, birinchi navbatda, ovqat hazm qilish yo‘lini zararlaydigan yuqumli kasalliklarning katta guruhidir.
Bu guruhga 30 dan ortiq kasallik turi kiradi. Ulardan eng kam xavflisi — ovqatdan zaharlanish, eng xavflilari esa — vabo, qorin tifi, botulizm, salmonellyoz, brutsellyoz, dizenteriya va boshqalar.
Ichak infeksiyalarining yuqish yo‘llari
Ichak infeksiyalarining asosiy qo‘zg‘atuvchilari: bakteriyalar (qorin tifi, monellez, vabo va h.k.), ularning toksinlari (botulizm), shuningdek, viruslar (enterovirus, rotavirus) va h.k.
Ushbu infeksiya bilan kasallangan bemorlar yoki bakteriya tashuvchilardan mikroblar tashqi muhitga najas, qusuq massalari, ba’zan esa siydik orqali ajralib chiqishi mumkin. Ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarining aksariyati juda chidamli. Ular uzoq vaqt davomida tuproqda, suvda va hatto turli buyumlar yuzasida ham yashay oladi (jumladan, odamlar tez-tez foydalanadigan mobil qurilmalar, oshxona anjomlari, boshqa shaxsiy buyumlar va eshik tutqichlarida). Shuningdek, ichak mikroblari sovuqqa ham bemalol chidaydi, biroq ular baribir issiqlikni va namlikni afzal ko‘radi. Ular quyidagi mahsulotlarda juda tez ko‘payadi: sut mahsulotlarida, qiymalangan go‘shtda, go‘shtli jeleda, shuningdek, suvda (ayniqsa, yoz faslida).
Ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari inson organizmiga og‘iz orqali ovqat, suv yoki iflos qo‘llar bilan tushadi. Masalan, dizenteriya qaynatilmagan (yangi sog‘ilgan) sutni ichish yoki undan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida boshlanishi mumkin, jumladan, qatiq, tvorog yoki smetana. Ichak tayoqchasi odam organizmiga sifatsiz kefir yoki yogurt iste’mol qilinganda tushishi mumkin.. Stafilokokk infeksiyasi, masalan, kremli buzilgan tortlarda uchrashi mumkin. Salmonellyoz qo‘zg‘atuvchilari (fanga ularning 400 ga yaqin turi ma’lum) odamga turli zararlangan mahsulotlar orqali yuqadi. Bunday mahsulotlarga quyidagilar kiradi: tovuq go‘shti va tuxum, qaynatilgan kolbasa, sosiska, yaxshi yuvilmagan yoki iflos suvda yuvilgan sabzavotlar, mevalar va ko‘katlar.
Og‘izdan mikroblar avval oshqozonga, keyin esa ichakka, u yerda ular faol ko‘paya boshlaydi. Mikroblar organizmga tushganidan so‘ng alomatsiz kechadigan inkubatsiya davri boshlanadi, (ko‘p hollarda u 6-48 soat davom etadi).
Kasallik belgilari
Kasallikning boshida odamni quyidagi holatlar bezovta qiladi: holsizlik, lanjlik, ishtahaning pasayishi, bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi — bular odatdagi O‘RK alomatlaridir. Biroz vaqt o‘tgach, quyidagi belgilar paydo bo‘ladi: ko‘ngil aynishi, qorinda to‘lqinsimon sanchiqlar va ich ketishi kuzatiladi, bunda najas tarkibida shilliq, yiring yoki qon bo‘lishi mumkin (masalan, dizenteriyada). Bundan tashqari, chanqoq va qaltirash.
Kasallik belgilarini mikroblarning o‘zi va ular ajratadigan toksinlar keltirib chiqaradi. Ichak infeksiyalari quyidagi o‘tkir kasalliklar ko‘rinishida kechishi mumkin: gastrit (qayt qilish va qorinning yuqori qismidagi og‘riq bilan), enterit (ich ketishi bilan), gastroenterit (qayt qilish va ich ketishi bilan), kolit (najasda qon bo‘lishi va ich kelishining buzilishi bilan), enterokolit (butun ichak zararlanishi bilan).
Ichak infeksiyalarida yuzaga keladigan eng noxush oqibatlardan biri — qayt qilish va/yoki ich ketishi tufayli organizmning suvsizlanishidir. Kuchli suvsizlanish natijasida buyrak yetishmovchiligi va boshqa og‘ir asoratlar, jumladan, degidratatsion (suyuqlik yo‘qotilishi bilan bog‘liq) shok.
Ichak infeksiyalarini tashxislash va davolash
Ichak infeksiyasini o‘xshash alomatlarga ega boshqa kasalliklardan, jumladan, bakterial bo‘lmagan ovqatdan zaharlanishdan (masalan, dori vositalari), o‘tkir appenditsitdan, miokard infarktidan, zotiljamdan, bachadondan tashqari homiladorlikdan va h.k.
Ichak infeksiyasiga o‘xshash belgilar paydo bo‘lsa, zudlik bilan infeksionist shifokorga murojaat qilish kerak. To‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun shifokor bakteriologik tekshiruvni najas yoki qusuq massalarida o‘tkazishni buyuradi. Qo‘shimcha ravishda serologik usullar bilan tashxis qo‘yish mumkin (infeksiya qo‘zg‘atuvchilariga qarshi antitanalarni aniqlash uchun).
Ichak infeksiyalarini davolash kompleks bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mikrob zaharlariga qarshi kurashish, mikroblarning o‘ziga, shuningdek, suvsizlanishga qarshi kurashish. Bundan tashqari, bemorlar to‘g‘ri parhezga rioya qilishlari va maxsus preparatlar, masalan, enterosorbentlar yordamida normal ichak mikroflorasini tiklashlari kerak..