Sariq isitma nima

Sariq isitma
Вирус жёлтой лихорадки
Sariq isitma virusi
XKT-11 1D47
XKT-10 A95
XKT-10-KM A95, A95.9, A95.1 va A95.0
XKT-9 060
XKT-9-KM 060.9 va 060
DiseasesDB 14203
MedlinePlus 001365
eMedicine med/2432 emerg/645
MeSH D015004
Логотип Викисклада Vikimedia Commons'dagi mediafayllar

Sariq isitma (amarillyoz; амариллёз) — o‘tkir gemorragik, chivinlar orqali yuqadigan kasallik bo‘lib, virusli etiologiyaga ega tropik zooantroponoz (зооантропоноз) Afrika va Janubiy Amerikada uchraydi hamda chivinlar chaqishi orqali yuqadi. Sariq isitma unutilgan tropik kasalliklar.

Tarixi

Tibbiyot tarixchilari sariq isitma haqida aynan so‘z yuritilgan eng qadimgi manbani aniqlash borasida bir fikrga kelmagan. Ayrimlar bunday manba sifatida 1598-yildagi qaydni keltiradi: Jorj Klifford, , Kamberlend grafining askarlari Puerto-Riko orolida «tropik isitma»dan halok bo‘lgan. Biroq bu yozuvda gap bezgak haqida ham ketgan bo‘lishi mumkin. U o‘sha davrda «tropik isitma» deb ham atalgan va epidemiyalari «yomg‘irli mavsum»da ham avj olgan. Shu sababli odatda hisob Yukatan yarimorolida 1648-yildagi epidemiya tavsifidan boshlanadi.

«Buenos-Ayresdagi sariq isitma epidemiyasidan lavha», rassom Xuan Manuel Blanes kartinasi, 1871-yil

O‘sha davrda Markaziy Amerika va Karib dengizi orollari aholisi og‘ir va takroriy epidemiyalardan aziyat chekardi. Aynan shu davrda Barbados ingliz shifokorlari kasallikni «sariq isitma» (inglizcha yellow fever). Ispanlar esa kasallikni «qora qusish» (ispancha vomito negro deb atashgan. Kasallikdan eng ko‘p aziyat chekkan ingliz dengizchilari va askarlari orasida «Sariq Jek» nomi ishlatilgan.

Muammoning hal etilishi

Chivin Aedes aegypti

14-avgust 1881-yilda Gavana Fanlar akademiyasining ochiq majlisida kubalik shifokor Karlos X. Finley sariq isitma muayyan chivin turi orqali yuqishi haqidagi gipotezasini bayon qildi.chivinlar.

Oradan yigirma yil o‘tib, Gavana shahrida 1900-yilda sariq isitma epidemiyasiga qarshi kurash olib borayotgan paytda, Uolter Rid va Jeyms Keroll sariq isitma Aedes aegypti chivini chaqishi orqali yuqishini tasdiqladi. Uilyam Krouford Gorgas boshchiligidagi guruh chivinlar ko‘payadigan barcha o‘choqlarni tizimli ravishda yo‘q qildi — to‘qson kun o‘tib, Gavanada sariq isitmaning birorta ham holati qayd etilmadi. Bu so‘nggi ikki yuz yil ichidagi birinchi shunday holat edi.

1915-yilda Gavanada va Panamada Uilyam Krouford Gorgas erishgan muvaffaqiyatdan so‘ng, Rokfeller jamg‘armasi G‘arbiy yarimsharda sariq isitmani yo‘q qilish kampaniyasini boshladi. Haqiqatan ham, Shimoliy va Janubiy Amerikadagi shahar o‘choqlari deyarli butunlay tugatildi. Biroq 1928-yilda Rio-de-Janeyro shahrida yana og‘ir epidemiya boshlandi. Shundan so‘ng Janubiy Amerikaning markaziy qismidagi boshqa shaharlarda ham epidemiyalar kuzatildi. Ushbu epidemiyalarning kelib chiqish manbalarini tekshirish natijasida o‘rmonlardagi tabiiy o‘choqlar aniqlandi va sariq isitma Amerikada Kolumb kelishidan oldin.

ham mavjud bo‘lgani tushunildi. 1937-yilda amerikalik virusolog Maks Teyler sariq isitmaga qarshi vaksina yaratdi. Ushbu ishi uchun u fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan 1951-yilda taqdirlandi.

Epidemiologiya

 endemik hududlar xavf zonalari
Mamlakatga tashrif buyuruvchilar uchun emlash bo‘yicha viza talablari:  mamlakatga kirayotgan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llanadi  faqat xavf guruhiga kiruvchi mamlakatlardan kelayotganlardan, shu jumladan tranzit yo‘lovchilardan talab qilinadi  faqat xavf guruhiga kiruvchi mamlakatlardan kelayotganlardan, tranzit yo‘lovchilardan tashqari, talab qilinadi  talab etilmaydi

Sariq isitma bilan kasallangan odamning qonini so‘rgan urg‘ochi chivinning yuqumli bo‘lib qolish muddati haroratga bog‘liq: harorat 37 °C bo‘lganda, bu muddat 4 kun; 30 °C bo‘lganda — 9 kun; 23 °C bo‘lganda esa — 20 kun.

Sariq isitma epidemiologik jihatdan ikki shaklda uchraydi: o‘rmon (jungli) isitmasi (zararlangan maymunlardan chivinlar orqali yuqadi) va aholi punktlari isitmasi (kasallikni Aedes aegypti chivini kasal odamdan sog‘lom odamga yuqtiradi). Ikkinchi shakl kasallik avj olishi va epidemiyalarning.

aksariyatiga sabab bo‘ladi. Har yili sariq isitma taxminan 200 ming kishiga yuqadi, ulardan 30 ming nafari vafot etadi. Kasallanish holatlarining qariyb 90 foizi Afrikada qayd etiladi.

Etiologiyasi

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — arbovirus Viscerophilus tropicus nomli bo‘lib, flaviviruslar oilasiga mansub virusdir. Virus zarrachalarining diametri 17—25 nm. Virus muzlatilgan holatda va quritilganda uzoq vaqt (bir yildan ortiq) saqlanib qolishi mumkin. 60 °C gacha qizdirilganda, ultrabinafsha nurlar, efir, xlor saqlovchi preparatlar hamda odatiy dezinfeksiya vositalari ta’sirida tez nobud bo‘ladi.

Alomatlari

Inkubatsiya davri 3 kundan 6 kungacha, kamdan-kam hollarda 10 kungacha davom etadi.

Kasallikning klinik kechishi ikki bosqichli bo‘lishi bilan tavsiflanadi.

Kasallik yengil isitma holatidan tortib, og‘ir gepatit bilan kechadigan gemorragik isitmagacha turli darajada kechadi. Og‘ir shakli to‘satdan boshlanadi va 39—41 °C gacha isitma, titroq, kuchli bosh og‘rig‘i, bel hamda qo‘l-oyoqlar mushaklarida og‘riq, ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechadi. Bemorning tashqi ko‘rinishi o‘ziga xos: jigar zararlanishi tufayli teri sarg‘ayadi (kasallik nomi ham shundan kelib chiqqan); yuzi qizarib, shishadi, qovoqlari bo‘rtadi. Qisqa muddatli yengillik davridan so‘ng shok, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechadigan gemorragik sindrom va o‘tkir jigar yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Kasallik o‘ta tez kechganda bemor 3—4 kun ichida vafot etadi.

Kasallikdan o‘lim ko‘rsatkichi 5—10 % dan 15—20 % gacha, epidemiya avj olgan davrda esa 50—60 % gacha yetadi.

Davolash

Sariq isitmani davolash uchun maxsus dori vositalari mavjud emas. Yordam ko‘rsatish simptomatik davolash bilan cheklanadi; u dam olish, infuzion eritmalar, og‘riq qoldiruvchi dorilarni o‘z ichiga oladi. Qon ketish xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlardan (atsetilsalitsil kislota, naproksen, ibuprofen va shu kabi dorilardan) foydalanmaslik kerak.

Profilaktika

Emlash sariq isitma tarqalgan endemik (эндемичные) hududlarga boradigan odamlarga tavsiya etiladi. Vaksina tarkibida 17D shtammining zaiflashtirilgan (attenuatsiyalangan; аттенуированный) virusi bo‘ladi. U teri ostiga, yelkaga yoki kurak ostiga, jo‘nashdan kamida 10 kun oldin, enzootik (энзоотичный) hududga yuboriladi. Sariq isitma vaksinasi vaksinologiya tarixidagi eng xavfsiz va yuqori samarali vaksinalardan biri hisoblanadi. Emlanganlarning 95 % ida mustahkam immunitet bir hafta ichida shakllanadi va 30—35 yil davomida (ehtimol, umr bo‘yi) saqlanadi. Hozirda ko‘plab mamlakatlarda qayta emlash har 10 yilda bir marta amalga oshiriladi.

Vaksina quyidagi hollarda qarshi ko‘rsatilgan:

  • muntazam emlashda 9 oylikdan kichik bolalarga (epidemiya vaqtida esa 6 oylikdan kichik bolalarga);
  • homilador ayollarga — sariq isitma avj olgan va infeksiyani yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan davrlar bundan mustasno;
  • tuxum oqsiliga kuchli allergiyasi bo‘lgan shaxslarga;
  • OIV/OITSning simptomatik shakli yoki boshqa sabablarga ko‘ra og‘ir immunitet tanqisligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek ayrisimon bez kasalligi bo‘lgan shaxslarga.

Kasallik yengil kechgan taqdirda ham bemor chivinlar uchun infeksiya manbai bo‘lib qoladi, shu sababli u chivin chaqishidan to‘liq himoyalanishi kerak. Buning uchun bemor yotgan karavot atrofiga metall yoki dokadan tayyorlangan to‘rlar o‘rnatiladi. Bemorni bunday izolyatsiya qilish dastlabki 4 kun davomida zarur, chunki bu muddatdan keyin u chivinlar uchun infeksiya manbai bo‘lmay qoladi.

Nospetsifik profilaktika chivin chaqishining oldini olishni va dezinseksiya (дезинсекция) ishlarini yaqin atrofdagi suv havzalarida ham olib borishni o‘z ichiga oladi..

Xalqaro tashabbuslar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tashabbusi bilan sariq isitmaga qarshi profilaktik emlash ishlari olib boriladi. Ushbu tashabbus YUNISEF ko‘magida amalga oshiriladi va 9 oylikdan boshlab bolalarni muntazam emlashni, shuningdek, xavf darajasi yuqori hududlarda 9 oylik va undan katta yoshdagi barcha aholi guruhlarini ommaviy emlash kampaniyalarini, epidemiologik kuzatuvni hamda kasallik avj olishiga qarshi choralarni o‘z ichiga oladi.

Sariq isitmaga qarshi vaksinalar bilan ta’minlash bo‘yicha Xalqaro muvofiqlashtiruvchi guruh (XMG) emlash, vaksinalarni saqlash va taqsimlash ishlarini tashkil etadi. Guruh JSST tashabbusi bilan tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga «Chegara bilmas shifokorlar», Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi va BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ham kiradi. XMG xavf darajasi yuqori mamlakatlarda kasallik avj olganida tezkor choralar ko‘rish uchun sariq isitma vaksinalarining favqulodda zaxirasini saqlab turadi.

JSST Ekspertlar kengashi muntazam yig‘ilishlarda vaksinalari sariq isitmaga qarshi kurashda rasman qo‘llanadigan ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi. Ushbu ro‘yxatga quyidagilar kiradi:

  • Dakar shahridagi Paster instituti (Senegal) (maqomi: faol)
  • Sanofi Pasteur (Fransiya) (maqomi: faol)
  • Bio-Manguinhos/Fiocruz (Braziliya) (maqomi: vaqtincha to‘xtatilgan)
  • Rossiya Fanlar akademiyasining M. P. Chumakov nomidagi Immunobiologik preparatlarni tadqiq etish federal ilmiy markazi (maqomi: vaqtincha to‘xtatilgan)

Havolalar