Gramm nima

Gramm nima
Massasi 0,98 gramm bo‘lgan ruchka qopqog‘i

Gramm (fr. gramme; ruscha belgisi: г; xalqaro belgisi: g) — o‘lchov birligi bo‘lib, massani o‘lchashda qo‘llanadi. U SGS tizimining asosiy birliklaridan biri, Xalqaro birliklar tizimida (SI) esa massaning ulushli birligidir. Fransiyada ilk bor 7-aprel 1795-yilda joriy etilgan.

Grammning karrali birligi bo‘lgan kilogramm (1000 gramm), SI tizimidagi massa birligi va yettita asosiy SI birligidan biri. Ko‘pi bilan 0,2 % farq bilan u 1 sm³ hajmdagi kimyoviy toza suv massasi bilan teng bo‘ladi; uning harorati eng yuqori zichlikka mos keladi (taxminan +4 °C).

Eng ko‘p qo‘llanadigan karrali birliklar:

  • Kilogramm — 103 gramm (belgisi: kg);
  • Sentner — 105 gramm (belgisi: s);
  • Tonna — 106 gramm (belgisi: t).

Eng ko‘p qo‘llanadigan ulushli birliklar:

  • Zeptogramm — 10−21 gramm (grammning sekstilliondan bir qismi; belgisi: zg);
  • Pikogramm — 10−12 gramm (grammning trilliondan bir qismi; belgisi: pg);
  • Nanogramm — 10−9 gramm (grammning milliarddan bir qismi; belgisi: ng);
  • Mikrogramm — 10−6 gramm (grammning milliondan bir qismi; belgisi: mkg);
  • Milligramm — 10−3 gramm (grammning mingdan bir qismi; belgisi: mg).

Havolalar