Filadelfiya haqida

Shahar
Filadelfiya
ingl. Philadelphia
Yuqoridan pastga, chapdan o‘ngga: Saut-strit ko‘prigidan Filadelfiya manzarasi, Mustaqillik milliy tarixiy bog‘i, Filadelfiya shahar hokimiyati binosi, Sosayeti-Hill tumanidagi Delansi ko‘chasi, Pensilvaniya universiteti, Filadelfiya san’at muzeyi
39°57′11″ sh. k. 75°09′48″ g‘. u.HGYaO
Mamlakat  AQSh
Shtat Pensilvaniya
Okrug Filadelfiya
Mer Sherell Parker
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan 1682-yil
Shahar maqomi olgan yil 1701-yil
Maydoni 369,59 km²
Markazining balandligi 12 m
Iqlim turi nam subtropik
Vaqt mintaqasi UTC−5:00, yozda UTC−4:00
Aholisi
Aholisi
  • ▲1 603 797 kishi (1-aprel, 2020-yil)
Zichligi 4555 kishi/km²
Aglomeratsiya aholisi 6 096 120
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi 215, 267
Pochta indeksi 191xx
Boshqa ma’lumotlar
Laqablari «Birodarlik muhabbati shahri», «Kvakerlar shahri», «Amerika Afinasi»

phila.gov  (inglizcha)
Филадельфия на карте
Филадельфия
Filadelfiya
Филадельфия на карте
Филадельфия
Filadelfiya
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar
Логотип Викигида Vikisayohatdagi yo‘lko‘rsatkich

Filadelfiya (ingl. Philadelphia Amerikacha talaffuzi: [ˌfɪləˈdɛlfiə] (tinglash)fayl haqida) — shahar bo‘lib, AQShbo‘yicha aholi soni jihatidan oltinchi va Pensilvaniyashtatidagi eng ko‘p aholiga ega shahar. Aglomeratsiya aholisi 6 096 120 kishi. Shahar Delaver daryosi bo‘yida, Atlantika okeani sohiliga yaqin joylashgan.

Tarix

Shaharga 1682-yilda Uilyam Pennasos solgan. U «Birodarlik muhabbati shahri» laqabiga ega (Φιλαδέλφεια so‘zi yunon tilida « birodarlik muhabbati» degan ma’noni bildiradi), buning sababi shaharni tashkil etgan ko‘chmanchilar protestant jamoasiga mansub kvakerlar bo‘lganidir (AQShda hozir ham norasmiy ravishda Kvakertaun — kvakerlar shahri).

Filadelfiyaning tungi manzarasi

1774-yilda Filadelfiyadagi Karpenters-hollda, Birinchi Kontinental kongress — Buyuk Britaniyaning Amerikadagi 12 ta (jami 13 ta) mustamlakasi vakillari qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mustamlakalarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga erishish uchun bir qator muhim hujjatlarni ishlab chiqdilar. 1776-yilda esa Filadelfiyada Ikkinchi Kontinental kongress Shimoliy Amerikadagi o‘n uch shtat nomidan Mustaqillik deklaratsiyasiniqabul qildi. Ikkinchi Kontinental kongress 1775-yildan 1781-yilgacha Filadelfiyada faoliyat yuritib, AQSh milliy hukumati vazifasini bajardi. Filadelfiya 1776, 1777, 1778—1783 va 1790—1800-yillarda AQShning vaqtinchalik poytaxti.

1780-yilda Filadelfiyada Shimoliy Amerikadagibirinchi bank ochildi. 1811-yilga kelib, Filadelfiyada bir nechta mashinasozlik zavodi ishlagan va ularning barchasida cho‘yan quyish sexlari bo‘lgan. Filadelfiyada 1876-yilgi Butunjahon ko‘rgazmasi.

Shaharning mashhur aholisidan biri Benjamin Franklin.

1951-yildan buyon shahar Filadelfiya okrugining butun hududini egallaydi..

1958-yilda Filadelfiyada Amerikaning o‘rta to‘lqinli suhbat va munozara janridagi WFLN.

XX asrda shahar to‘rt marta (1949, 1951, 1957 va 1994-yillarda) «All-America City Award» (inglizchadan «Butun Amerika shahri» mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uni Milliy fuqarolik ligasitaqdim etadi. Mukofot ba’zan norasmiy ravishda «Faol fuqarolik uchun Nobel mukofoti» deb ataladi. Mukofot AQShda munitsipal maqomga ega bo‘lmagan jamoalar aholisining jamoat hayotidagi, xususan, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishdagi faol ishtiroki uchun beriladi.

Geografiya

Rejalashtirilishi

Shaharning markaziy qismi XVII asrda Uilyam Pennrejasi asosida qurilgan. Dastlabki rejada ikkita talab hisobga olingan: shahar bo‘ylab yurish qulay bo‘lishi va mahallalar bir-biridan ochiq hududlar bilan ajratilib, yong‘in tarqalishining oldi olinishi.

Filadelfiya sharqdan g‘arbga va shimoldan janubga cho‘zilgan uzun, to‘g‘ri ko‘chalar tarmog‘iga aylandi.

Delaver va Skulkill daryolari shahar ko‘chalari dastlab joylashgan hududning tabiiy chegaralari bo‘lib xizmat qilgan.

Bundan tashqari, Penn shaharda beshta jamoat bog‘ibarpo etishni rejalashtirgan; 1824-yilda ular skverlar deb qayta nomlangan:

Filadelfiya yirik hududlarga bo‘lingan: Shimol[ingl.]), Shimoli-sharq[ingl.], (Shimoli-g‘arb[ingl.]), G‘arb[ingl.], Janub[ingl.] va Janubi-g‘arb[ingl.]. Ular Markaziy tuman[ingl.] atrofida joylashgan.).

Iqlim

Köppenning iqlim tasnifiga ko‘ra, Filadelfiya nam subtropik iqlim mintaqasining shimoliy chekkasida joylashgan (Cfa).

Qish nisbatan yumshoq va juda o‘zgaruvchan bo‘lib, harorat −15 dan +20 °C gacha o‘zgaradi va ko‘pincha mo‘l qoryog‘adi. Yoz esa juda uzoq, dim va issiq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik yil davomida mo‘l tushadi. Umuman olganda, Filadelfiya iqlimi Nyu-York iqlimiga o‘xshaydi.

iqlimiga o‘xshaydi. Filadelfiya iqlimi (1991–2020-yillardagi me’yorlar, 1872-yildan boshlab qayd etilgan rekordlar)
Ko‘rsatkich \ Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal harorat, °C 23 26 31 35 36 39 40 41 39 36 29 23 41
O‘rtacha maksimal harorat, °C 5,2 6,8 11,6 18,2 23,6 28,4 31,0 29,9 26,1 19,6 13,3 7,8 18,4
O‘rtacha harorat, °C 0,9 2,2 6,4 12,5 17,9 23,1 25,9 24,9 21,1 14,6 8,6 3,7 13,5
O‘rtacha minimal harorat, °C −3,3 −2,5 1,3 6,8 12,3 17,7 20,9 19,9 16,1 9,6 3,8 −0,4 8,5
Mutlaq minimal harorat, °C −22 −24 −15 −10 −2 7 11 7 2 −4 −13 −21 −24
Yog‘in miqdori (me’yor), mm 80 70 101 88 85 103 111 109 112 88 74 101 1120
Yog‘inli kunlar soni 11 10 11 11 11 10 10 9 9 9 9 11 121
Quyosh nurlanishi davomiyligi, soat 155,7 154,7 202,8 217,0 245,1 271,2 275,6 260,1 219,3 204,5 154,7 137,7 2498

Diqqatga sazovor joylar

Mustaqillik zali

Filadelfiya va AQShning eng muhim tarixiy diqqatga sazovor maskani — Independens-holl (Mustaqillik zali) hisoblanadi. Bu yerda 1776-yilda Mustaqillik deklaratsiyasi, 1787-yilda esa AQSh Konstitutsiyasi qabul qilingan. Qo‘ng‘iroq minorali ikki qavatli Mustaqillik zali binosi yonidagi maxsus pavilyonda Ozodlik qo‘ng‘irog‘i (Liberty Bell) joylashgan. Bu AQSh mustaqilligining ramzi bo‘lib, uning 8-iyul 1776-yildagi jarangi 4-iyul 1776-yildaqabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasi e’lon qilinganini bildirgan. Shu yerda Huquqlar to‘g‘risidagi billimzolangan Kongress zali ham joylashgan. Shuningdek, bu hududda Qo‘shma Shtatlarning ikkinchi banki, Karpenters-holl, Portretlar galereyasi, Avliyo Iosifning eski cherkovi, Xristos cherkovi va Betsi Rossuy-muzeyi bor. Rivoyatga ko‘ra, tikuvchi Betsi Ross birinchi Amerika bayrog‘ini tikkan.

Bu diqqatga sazovor joylarning barchasi yashil hududlar bilan o‘ralgan bo‘lib, shahar markazida bir necha bog‘-mahallalarni hosil qiladi.

Boshqa diqqatga sazovor joylar

Filadelfiyadagi Elfrets xiyoboni[ingl.] — AQShdagi eng qadimgi turar joy ko‘chasi. Elfrets xiyobonidagi 32 ta uy (ingl. Elfreth’s Alley) 1728—1836-yillarda qurilgan. Ko‘cha XIX asrda yashagan temirchi va ko‘chmas mulk egasi Ieremiya Elfrets sharafiga nomlangan. Xiyobonda savdogarlar va ularning oilalari, jumladan, kemasozlik hamda kumush va qalay buyumlar yasash ustalari, shishapuflovchilar va mebelchilar yashagan. Xiyobon sayyohlik maskani va XVIII asr ishchi sinfi turar joy mavzesining saqlanib qolgan noyob namunasidir.

Shaharning mashhur diqqatga sazovor joylari quyidagilar: Filadelfiya shahar hokimiyati binosi (Philadelphia City Hall), Filadelfiya masonlar ibodatxonasi (Masonic Temple Philadelphia), Penn-markazi (Penn Center), Pauell uyi (Powell House), Italiya bozori (Italian Market), Akvarama (Acquarama), shuningdek, mamlakatdagi birinchi «Uonameykers» (Wanamaker’s) universal do‘koni. Shaharda AQShning hozirgacha saqlanib qolgan eng qadimgi ko‘prigi — Frankford-avenyu ko‘prigijoylashgan. U 1697-yilda qurilgan bo‘lib, hozir ham avtomobillar va trolleybuslar qatnovi uchun ishlatiladi.

Filadelfiyada, shuningdek, Dengizchilik muzeyi[ingl.]mavjud. Muzeyga 1961-yilda dengizchilik buyumlari kolleksiyachisi J. Uells Henderson asos solgan. Dastlab muzeyda uning shaxsiy dengizchilik buyumlari to‘plami saqlangan. Bugun bu yerda ko‘plab asl kema modellari, haqiqiy o‘lchamdagi qayiqlar va tarixiy kemalar namoyish etiladi. Ular orasida «Olimpiya» — AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining zirhli palubali kreyseri hamda yelkanli Moshulu[ingl.] ham bor.

Falsafa zalida Benjamin Franklin asos solgan AQShdagi birinchi falsafa jamiyatining yig‘ilishlari hozirgacha o‘tkaziladi.

Fairmount Park[ingl.] — dunyodagi eng yirik shahar bog‘laridan biri. Uning hududida mamlakatning eng qadimgi hayvonot bog‘i (1874-yilda tashkil etilgan) joylashgan.

Filadelfiya boshqa barcha shaharlardan ko‘ra Amerika me’morchiligi tarixini yaqqolroq aks ettiradi. Manayunkdagi Meyn-strit XIX asrga oid uylari sababli Amerikaning eng yaxshi o‘nta ko‘chasi qatoriga kiritilgan; bu uylarda do‘konlar, san’at galereyalari va pivo barlari joylashgan.

Muzeylar

Ta’lim

Filadelfiyada Pensilvaniya universiteti (1740-yilda asos solingan), Dreksel texnologiya instituti, Franklin instituti, Tabiiy fanlar akademiyasi (Academy of Natural Sciences) va boshqa o‘quv muassasalari — jami 88 ta universitet va kollej mavjud.

Filadelfiya shahar transporti

Tramvay Filadelfiyada

Avtobuslar, metro, trolleybuslar va tramvaylarni o‘z ichiga olgan Filadelfiya transport tizimi Janubi-sharqiy Pensilvaniya transport boshqarmasi (SEPTA) tasarrufida.

Filadelfiya metropoliteni 1907-yilda ochildi va mamlakatdagi 3-metropoliten sifatida Qo‘shma Shtatlarda faoliyat boshladi.

Filadelfiyada ikkita metro liniyasi va beshta yerosti-yerusti tramvay yo‘nalishi mavjud. Tizimning umumiy uzunligi 84 kilometr, bekatlar soni esa 85 ta.

  • Market–Frankford liniyasi[ingl.] xaritada ko‘k rang bilan belgilangan. U shaharning g‘arbiy qismidagi «69-ko‘cha» bekatidan sharqqa yo‘naladi va 46-ko‘chadan o‘tgach, yer ostiga tushib, shahar markazida Market-strit ostidan o‘tadi. «2-ko‘cha» bekatidan so‘ng liniya shimolga burilib, yana yer yuzasiga chiqadi va Frankford-strit ustidagi estakada bo‘ylab shahar chegarasigacha davom etadi. Brod-strit liniyasiga «15-ko‘cha» bekatida o‘tish mumkin. «69-ko‘cha» — «15-ko‘cha» dastlabki qismi 1907-yilda ochilgan.
  • Brod-strit liniyasixaritada to‘q sariq rang bilan belgilangan bo‘lib, shu nomdagi ko‘cha ostidan shaharni shimoldan janubga kesib o‘tadi. Shimoliy oxirgi «Fern-Rok» bekati bundan mustasno, liniya to‘liq yer ostidan o‘tadi; «Fern-Rok» bekatining kirish qismi yer yuzasida joylashgan. Markaziy hududda sharqqa yo‘nalgan tarmog‘i (Broad-Ridge Spur) ham bor. «Siti-holl» bekatida Market–Frankford liniyasiga o‘tish mumkin. Birinchi qismi 1928-yilda ochilgan.
Avtobus Filadelfiyada

Tramvay yo‘nalishlari[ingl.]xaritada yashil rangda belgilangan. Ular shahar markazi ostidagi tunnelda metro liniyalariga parallel harakatlanadi. Markazdan tashqarida esa yer yuzasidan yuradi.

Filadelfiyada avtobus yo‘nalishlari juda ko‘p. Yo‘nalishlarning raqamlanishi yagona tizimga asoslangan.

Shahar atrofi elektr poyezdi SEPTA Regional Rail

Filadelfiya atrofida Regional Rail deb nomlanuvchi 8 ta elektr poyezd yo‘nalishi qatnaydi. Ulardan biri Nyu-Jersishtatining Trenton shahrigacha boradi. U yerdan xuddi shunday elektr poyezdda Nyu-Yorkkayetib olish mumkin. Germaniyadagi S-Bahnkabi, Filadelfiya bu yo‘nalishlarning oxirgi bekati emas, balki ularning barchasi kesishadigan markazdir. Xaritada ular ingichka ko‘k chiziqlar bilan ko‘rsatilgan.

Norristaun tezkor liniyasi — Norristaunga boradigan shahar atrofi tramvay liniyasi. Xaritada binafsha rang bilan belgilangan.

Filadelfiya bilan Nyu-Jersishtatining Delaver daryosi narigi sohilidagi shaharlari o‘rtasida shtatlararo PATCO metro liniyasi qatnaydi (ingl. Port Authority Transit Corporation — Port ma’muriyati transport korporatsiyasi).

Bu liniya shahar markazidan janubi-g‘arbga yo‘nalib, Delaver daryosini Benjamin Franklin ko‘prigiorqali kesib o‘tadi. Xaritada qizil rang bilan belgilangan. Liniyaning birinchi qismi 1938-yilda ochilgan.

Sport

Klublar

Klub Liga Stadion Tashkil topgan yil G‘alabalar
Filadelfiya Flayers NHL Xokkey «Uells-Fargo markazi» 1967 2
Filadelfiya-76 NBA Basketbol «Uells-Fargo markazi» 1946 3
Filadelfiya Yunion MLS Futbol «Pi-pi-el Park» 2008 -
Filadelfiya Fillis MLB Beysbol «Sitizens Bank Park» 1880 2
Filadelfiya Iglz NFL Amerika futboli «Lincoln Financial Field» 1933 3

Stadionlar

Birodarlashgan shaharlar

Mamlakat Birodarlashgan shahar Aloqa o‘rnatilgan yil
 Italiya Florensiya 1964
 Isroil Tel-Aviv 1966
 Polsha Torun 1976
 Xitoy Tyanszin 1980
 Koreya Respublikasi Inchxon 1984
 Kamerun Duala 1986
 Yaponiya Kobe 1986
 Rossiya Nijniy Novgorod 1992
 Fransiya Eks-an-Provans 1999
 Fransiya Lion 2004
 Italiya Abrutso −
 Gretsiya Afina −
 Iroq Mosul −

Filadelfiya madaniyatda

Adabiyot

Filmlar

Bir qator filmlarning voqealari Filadelfiyada kechadi. Jumladan:

Musiqa

Oshxona

  • Chizsteyk — Filadelfiyada o‘ylab topilgan sendvich.

Havolalar