Elektrolitik yacheyka nima

Elektrolitik yacheyka sxemasi. Tadqiq etiladigan jarayon — elektroliz

Elektrolitik yacheyka — elektrokimyoviy qurilma bo‘lib, elektrokimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. U quyidagilardan iborat: ichiga elektrolit solingan idish va unga botirilgan ikkita elektrod.

Tuzilishi

Elektrolitik yacheykaning asosiy tarkibiy qismlari — elektrolit va ikkita elektrod — katod va anod. Elektrokimyoviy ishlarni bajarishda qurilmaga qo‘shimcha ravishda taqqoslash elektrodi o‘rnatiladi. Shuningdek, uning tarkibida boshqa yordamchi elektrodlar, masalan, indikator elektrod ham bo‘lishi mumkin.

Qo‘llanilishi

Elektrolitik yacheykalar sanoat elektrolizyorlari tarkibida yoki elektrod jarayonlarini laboratoriyada o‘rganish, moddalarni olish yoxud tozalash maqsadida elektroliz usulidan foydalaniladigan mustaqil qurilmalar sifatida qo‘llanadi. Ulardan fizik modellashtirishda ham foydalanish mumkin.

Havolalar