Ko'pchilik tajribalar shuni koʻrsatadiki, aksariyat kislota, asos va tuzlarning eritmalari osmotik bosimi, muzlash temperaturasining pasayishi, qaynash temperaturasining ortishi, eritma bug' bosimining nisbiy pasayishi ularning nazariy hisoblangan qiymatiga nisbatan ikki, uch va bir necha marta yuqori bo'ladi.
Buning sababi shuki, bu moddalarning suvli eritmasida (shuningdek, suyuqlanmasida) zarrachalarning soni 2, 3, 5 marta … ko'p, ya'ni kislota, asos tuzlar eriganda (yoki qattiq holdan suyuqlanmaga o'tganda) musbat va manfiy zaryadli ionlarga ajraladi:
- NaCl = Na+ + Cl-
- MgCl2 = Mg+2 + 2Cl-
- Al2(SO4)3 = 2Al+3 + 3SO2
Moddalarni qarama-qarshi zaryadli ionlarga parchalanishi elektrolitik dissotsilanish (ajralish) deyiladi. Eritmada va suyuqlanmada musbat va manfiy zaryadli ionlarga ajralib elektr tokini o'tkazish xossasiga ega bo'lgan moddalarni elektrolitlar deyiladi.
Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, NaCl dissotsilansa, uning 1 molekulasi 2 ta ionga, MgCl₂-3 ta (1 ta Mg+2 va ikkita Cl-) ionlariga, Al2(SO4)3 esa - 5 ta (2 ta Al+3, 3 ta SO2) Shved olimi S. Arrenius elektrolit eritmalarining elektr tokini oʻtkazish xossalarini o'rganib elektrolitik dissotsilanish nazariyasini yaratdi. Uning nazariyasiga koʻra har qanday elektrolit suvli eritmada yoki suyuqlanmada musbat va manfiy zaryadli ionlarga ajraladi:
- (Kat)n (An)m ⇆ nKatm++ mAn-
- elektrolit ⇆ kation + anion
— musbat zaryadli ionlar — kation (elektr toki manbaining manfiy zaryadli qutbi — katodga tortiluvchi ion). Bular H+, NH4- va barcha metallarning ionlaridir.
— Manfiy zaryadli ionlar anion (elektr toki manbaining musbat qutbi anodga tortiluvchi ion) deb aytiladi. Bu ionlarga OH va barcha kislota qoldig'i ionlari kiradi.
Kation va anionlar eritmalar va suqlanmalarda elektr tashuvchi vazifasini bajaradilar va shuning uchun elektrolitlar eritma va suyuqlanmalari elektr oʻtkazuvchanlik xossasiga ega bo'ladi. Elektrolitlar ikkinchi tur o'tkazgichlar deb aytiladi.

Elektrolitlarning suvda dissotsilanish mexanizmi molekulalararo ta'sirning induksion, oriyentatsion turlari va eritma hosil bo'lishining gidratlar nazariyasidan kelib chiqadi.
Suvda erigan elektrolit molekulasi ionlardan yoki qutbli molekulalardan iborat bo'lgani uchun suv molekulalari bilan elektrolit molekulalari (yoki kristall panjaradagi ionlar) oʻrtasida oriyentatsion ta'sir yuzaga keladi va bu ta'sir natijasida kristall panjaraning "tugun" larida joylashgan ionlar o'rtasidagi elektrostatik tortishuv kuchlari (ion bog'lanish) kuchsizlanib, elektrolit musbat va manfiy ionlarga ajraladi.
Agar modda molekulasi qutbli boʻlsa, suv molekulalarining oriyentatsion ta'siri tufayli bunday molekulaning qutbliligi yanada ortadi va natijada elektrolitik dissotsilanadi, musbat va manfiy ionlar hosil bo'ladi.
Keltirilgan sxemadan ko'rinib turibdiki, eritmaga oʻtgan har bir kation yoki anion erkin holda boʻlmaydi. Bu ionlar erituvchi suv molekulalari bilan qurshab olingan, ya'ni gidratlangan holda bo'ladi. Shu sababli bu ionlarni
Кat+• xH2O va An-• yH2O
ko'rinishida yozish kerak.
Masalan: kislotalar dissotsilanganda kation sifatida H+ ionlarini va anion kislota qoldig'ini hosil qiladi:
HCl + nH2O ⇆ 2H+• H2O = H3O+ + Сl- • (n - 1)H2O
HNO3 +mH2O2 ⇆ H3O+ + NO2- •(m - 1)H2O
hosil boʻlgan vodorod ionining gidrati (H+•H₂O) ni H3O+ - gidroksoniy ioni deyiladi. H+ ni gidratlovchi suv molekulalarining soni 1 dan ortiq bo'lishi ham mumkinligi aniqlangan.
Lekin reaksiya tenglamalarini tuzishda bunday yozuv usuli ortiqcha murakkabliklar va behuda qiyinchiliklar tug'dirishi sababli ionli tenglamalarda suv molekulalari yozilmaydi.
Shuni unutmaslik kerakki, faqatgina suv molekulalari dissotsilovchi bo'libgina qolmay, balki koʻpchilik suyuq holdagi moddalar (HNO3, HCOOH - chumoli kislotasi, C₂H₂OH - etil spirti, NH3 - ammiak) ham ionlovchi moddalar (erituvchilar) qatoriga kiradi.
