| Dardanellar | |
|---|---|
| turk. Çanakkale Boğazı | |
Bo‘g‘ozning kema bortidan ko‘rinishi | |
| Xususiyatlari | |
| Kengligi | 1,3—27 km |
| Uzunligi | 60 km |
| Eng katta chuqurligi | 153 m |
| Joylashuvi | |
| 40°13′06″ sh. k. 26°27′29″ sh. u.HGЯO | |
| Bog‘laydi | Egey dengizi, Marmar dengizi |
| Ajratadi | Gallipoli yarimoroli hamda shimoli-g‘arbiy qirg‘oq ( Kichik Osiyo) |
| Mamlakat | |
Dardanellar (yun. Δαρδανέλλια, Δαρδανέλια) (turk. Çanakkale boğazı sohilidagi shahar bilan nomdosh bo‘lgan) — dunyo qismlari hisoblangan Yevropa (Bolqon yarimoroli) va Osiyo ( Kichik Osiyo yarimoroli) o‘rtasida, Turkiyadajoylashgan bo‘g‘oz. Dardanellar (Chanakkale) bo‘g‘ozi Egey dengizini va Marmar dengizinibog‘laydi, bundan tashqari Bosfor esa Marmar dengizini Qora dengizbilan bog‘laydi. Yevropa sohilidagi port — Gelibolu, Osiyo sohilidagisi — Chanakkale. Bosfor va Dardanellar bo‘g‘ozlari Qora dengiz (yoki Turk) bo‘g‘ozlari nomi bilan tanilgan.
Qadimgi davrlarda bo‘g‘oz Gellespont deb atalgan (qad. yun. Ἑλλήσποντος, lot. Hellespontus).
Nomi
Dardanellar bo‘g‘ozi yaqin atrofdagi Dardaniya shahrisharafiga nomlangan. Rivoyatga ko‘ra, unga Dardanasos solgan; u dardanlarqabilasining ajdodi hisoblangan. Bo‘g‘oz Gellespont, ya’ni Gella dengizi deb ham atalgan. Bu nom Fessaliya podshosi Atamantningqizi sharafiga qo‘yilgan. U o‘gay onasi Inodan ukasi Friksbilan qochib ketayotganda, bo‘g‘ozdan o‘tish chog‘ida suvga cho‘kib halok bo‘lgan.
Ko‘rsatkichlari
Bo‘g‘ozning uzunligi — 60 km, kengligi — 1,3 dan 27 km gacha (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra — 18,5 km gacha), farvaterdagi chuqurligi 29 dan 153 m gacha.
Suv sho‘rligi Levant va Qora dengizlarida turlicha bo‘lgani sababli bo‘g‘ozda qarama-qarshi yo‘nalgan ikkita doimiy oqim mavjud: chuchukroq Qora dengizning yuza suvlari Yevropa qirg‘og‘i bo‘ylab Marmar dengizidan Egey dengiziga o‘rtacha 1—1,5 uzel tezlik bilan oqadi; sho‘rroq, tubga yaqin O‘rta dengiz oqimi esa Egey dengizidan Marmar dengiziga yo‘naladi. Shunga o‘xshash oqimlar Bosfor bo‘g‘ozida ham mavjud.
Tavsifi

Dardanellar bo‘g‘ozi tarkibiga quyidagilar kiradi[manba 3384 kundan beri ko‘rsatilmagan]
- Galata bo‘g‘ozi — Marmar dengizidan kirish joyi;
- Gelibolu shahri yonidagi shu nomli tor qism;
- Gallipoli bo‘g‘ozi;
- Qizqal’asi bo‘g‘ozi;
- Nagara Qal’a tor qismi (ba’zan Nagara yoki Qal’a deb ataladi) — Nagara Qal’a burni yaqinida Dardanellar yo‘nalishini 90° ga o‘zgartiradi;
- bo‘g‘ozning Ejeabat shahri yaqinidagi qismi;
- tor qism — Chanakkale shahri yonida;
- Sari Sig‘lar qo‘ltig‘i joylashgan qism;
- Kepez Burnu burni yonidagi Kepez tor qismi;
- Kum-Qal’a va Kepez Burnu burunlari orasidagi bir necha qo‘ltiqli qism;
- Kum-Qal’a tor qismi — Egey dengizidan, Kum-Qal’a burni yonidan kirish joyi.
Tarixi
Qadimgi davrlarda bu yerdagi asosiy shahar Abidos. So‘ng Osiyo sohilining turklar qo‘liga o‘tishi (1352-yil) natijasida Abidos o‘rnini port shahar egalladi — Chanakkale.
1841-yilgi shartnomaga ko‘ra, Dardanellardan faqat turk harbiy kemalarining o‘tishiga ruxsat berilgan. Birinchi Bolqon urushi davrida yunon floti bo‘g‘ozga kiraverishda turk flotini ikki marta mag‘lub etdi: Elli yonidagi jangda (16-dekabr, 1912-yil) va Lemnos yonidagi jangda (18-yanvar, 1913-yil). Shundan so‘ng Usmonli floti Dardanellardan chiqishga jur’at etmadi. Birinchi jahon urushi davrida, 1915-yilda bo‘g‘oz uchun Turkiya va Antanta o‘rtasida uzoq davom etgan shiddatli janglar bo‘lib o‘tdi.
Dardanellar ustidagi ko‘priklar
Dardanellar orqali dastlabki o‘tish yo‘li[ingl.], Abidosdan Sestosgacha cho‘zilgan bo‘lib, miloddan avvalgi 480-yilda, Fors podshosi Kserks I buyrug‘i bilan bir-biriga bog‘langan kemalardan ikkita ponton o‘tish yo‘li qurilgan. Birinchi ko‘prik 360 ta, ikkinchisi 314 ta kemadan iborat bo‘lgan. Qo‘shinlar qaytguniga qadar o‘tish yo‘lini bo‘ron vayron qilgan. Shundan keyingi 2500 yil davomida Dardanellar ustidan boshqa hech qanday ko‘prik qurilmagan.
2016-yilda, transport halqasini qurish loyihasi doirasida, Marmar dengiziatrofidan o‘tadigan yo‘l uchun Dardanellar ustidan «Chanakkale-1915» ko‘prigini qurish ishlari boshlandi. Maxsus jihozlangan kema ko‘prik tayanchlari o‘rnatilishidan oldin burg‘ilashga kirishdi. Loyihalangan ko‘prik Osiyo tomonidagi Kojaveli aholi punktini ( Lapseki tumani, Balikesir viloyati) bilan Yevropa qismidagi Sutluje aholi punktini ( Gelibolu shahri yaqinida, Chanakkale viloyati) bog‘laydi.
18-mart, 2017-yil — Chanakkale shahrida Dardanellar bo‘g‘ozi ustidan avtomobil ko‘prigi qurish loyihasi doirasida ilk tamal toshini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
16-may, 2020-yil — Gallipoli tomonida (Yevropa sohilida) ikkinchi minora qurib bitkazildi. 2021-yil sentabr holatiga ko‘ra, ko‘prikning qatnov qismini tashkil etadigan 67 ta qoplama bloki qurilgan edi; jami 87 ta blok rejalashtirilgan.
18-mart, 2022-yil — osma ko‘prik ochildi. Ko‘prik 80 kilometrlik «Kinali—Tekirdag—Chanakkale—Savashtape» avtomobil yo‘lining bir qismiga aylandi. Qurilish ishlarini Turkiyaning ikkita va Janubiy Koreyaning ikkita kompaniyasidan iborat konsorsium (Daelim, Limak, SK, Yapı Merkezi) olib bordi. Ko‘prik qurilishi 19-fevral (2022-yil) kuni yakunlandi.
Qurilishi tugagach, Chanakkale-1915 dunyodagi eng uzun osma ko‘prik bo‘ldi. Uning asosiy oralig‘i 2023 m, qirg‘oqdan qirg‘oqqacha bo‘lgan umumiy uzunligi 3869 m ni tashkil etadi.
- Kserksning ponton ko‘prigini finikiyalik dengizchilar qurayotgani
- «Çanakkale 1915» ko‘prigi, 28-yanvar, 2021-yil
- «Çanakkale 1915» ko‘prigi, 2021-yil iyun
Adabiyotlar
- Ulyanitskiy V. A. XVIII asrda Dardanellar, Bosfor va Qora dengiz. — M.: A. Gatsuli bosmaxonasi, 1883. — 721 bet
Havolalar
- Chanakkale shahri suratlari. www.pbase.com. Murojaat qilingan sana: 11-dekabr, 2018-yil.
- Chanakkale Onsekiz Mart universiteti. www.comu.edu.tr. Murojaat qilingan sana: 11-dekabr, 2018-yil.
- Gellespont xaritasi. www.fsmitha.com. Murojaat qilingan sana: 11-dekabr, 2018-yil.
- Livius.org: Gellespont. www.livius.org. Murojaat qilingan sana: 11-dekabr, 2018-yil.
- Dardanellar bo‘ylab Gallipoli harbiy yurishiga oid yodgorliklar va xotira obidalari. www.gallipoli.com.tr. Murojaat qilingan sana: 11-dekabr, 2018-yil. Arxivlangan: asl nusxasi 26-iyul, 2011-yilda.