| Tabiiy chechak virusi | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | ||||||||
| Ilmiy tasnifi | ||||||||
|
Guruh: Oliy takson (realm): Podsholik: Sinf: Turkum: Chitovirales Oila: Kenja oila: Urug‘: Tur: Tabiiy chechak virusi |
||||||||
| Xalqaro ilmiy nomi | ||||||||
| Variola virus | ||||||||
| Baltimor bo‘yicha guruhi | ||||||||
| I: ikki zanjirli DNK viruslari | ||||||||
| ||||||||
Tabiiy chechak virusi (lot. Variola virus) — viruslarning poksviruslar (Poxviridae) oilasiga mansub tur. Virusning ikki tipi farqlanadi: Variola major — tabiiy chechakning asosiy qo‘zg‘atuvchisi, ikkinchisi esa Variola minor. U faqat odamni zararlaydi.
Tavsif
Virionlar 250—300 × 200 × 250 nm o‘lchamli parallelepiped shakliga ega, burchaklari yumaloqlangan. Virus genomi chiziqli ikki zanjirli DNK molekulasidan iborat bo‘lib, 186—187 ming juft nukleotidni o‘z ichiga oladi.
Tarqalishi
JSST 1980-yilda chechak kasalligi tugatilganini e’lon qilgan. Virusning shtammlari rasmiy ravishda dunyodagi faqat ikkita laboratoriyada saqlanadi: «Vektor» virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazida (Rossiya) hamda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarida (AQSH).
2014-yil iyul oyida virus saqlangan 6 ta probirka sog‘liqni saqlash institutining Merilenddagi omborida karton quti ichidan topildi. Probirkalardagi virus hayotchanligini saqlab qolgan edi. 24-fevral (2015-yil) kuni topilma JSST vakilining nazorati ostida yo‘q qilindi.